Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.12.2015

Birlashgan o‘zar

Автор: Ertak Комментариев: 0            Просмотров: 338

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir dono chol o‘tgan ekan. Cholning to‘qqiz o‘g‘li bo‘lgan ekan. Ammo ular inoq emas ekan. O‘g‘illar otasining so‘zini tinglashmas, har qaysisi o‘z bilganini qilar ekan.
Katta o‘g‘illari kichiklarini urar, kichiklari esa kattalarini ko‘rarga ko‘zi yo‘q ekan.
Kishilar bu og‘a-inilardan kulishar, dono cholning farzandlari inoq emasligini bilib, ularni tutib olib kaltaklashar ekan.
Kunlarning birida dono chol o‘rmonga borib, to‘qqizta xivich kesib kelibdi va o‘g‘illarini chaqirib, ularga shunday debdi:
— Ey bolalarim, men sizlarning kuchingizni sinamoqchiman. Sizlar mana shu to‘qqizta xivichni birga qo‘shib sindirib ko‘ringlar-chi!
Farzandlar galma-galdan xivichlarini bir yo‘la sindirishga urinishibdi, ammo hech biri buning uddasidan chiqa olmabdi.
Oxiri hammasi charchagandan keyin, ota o‘g‘illarining har biriga bittadan xivich beribdi. Shunda ular har bir xivichni osonlik bilan sindirishibdi.
Shundan keyin dono chol o‘g‘illarini yoniga o‘tqazib, ularga:
— Bolalarim, agar siz ahil, hamjihat bo‘lib yashasanglar, hech bir dushman sizni yenga olmaydi, agar janjallashib yursangiz, yengilasiz, — debdi.
Chol vafot etibdi. Uning o‘g‘illari bir-birlari bilan inoq bo‘lib yashay boshlabdilar.
O‘shandan buyon qirg‘izlarda «Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar» degan maqol saqlanib kelar ekan.



Teglar: Ertaklar

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar