Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.12.2015

Ikki vazir voqeasi

Автор: Ertak Комментариев: 0            Просмотров: 345

Bor ekan, yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir tadbirkor shoh yashagan ekan. Uning ikki vaziri bo‘lgan ekan. Vazirlar ko‘p ovqat yer, ko‘p uxlab, kam harakat qilib yashashar ekan. Bir-birlariga bosh og‘rig‘idan, darmonsizlikdan shikoyat qilisharkan. Podsho: «Vazirlarimni nima jin urdi, to‘nkaga aylanib qolishyapti-ku», — deb ajablanibdi. Bir kuni shoh vazirlari bilan otda ketayotib, yoshi saksondan oshgan, soch-soqoli qorday oppoq bir qariyaga duch kelibdi. Qariya chaqqon harakat qilib, ketmon bilan yer chopayotgan ekan. Shoh qariyadagi g‘ayrat bilan vazirlaridagi sustlikni solishtirib, u bilan gaplashgisi kelibdi va yaqin borib:
— Hormang, dehqon ota, — debdi, — g‘ayrat qilib qolibsiz-da!
— Salomat bo‘ling, kelinglar, mehmonlar! Ha, olma ko‘chati ekyapman, juda serhosil olma ekan. Tutib qolsa, sizlarday yo‘l yurib, chanqab kelayotgan odamlar yeb bahra oladi.
Dehqon otaning so‘zi shohga ma’qul tushibdi. Boylik berib sinab ko‘raychi, ishdan aynirmikan», deya dehqonga bir hamyon tillo beribdi.
Vazirlar bo‘lsa dehqonga:
— Ana endi sira ishlamay, oyoq uzatib,shu tilloni yeb yotaversangiz bo‘ladi. Ishlab, o‘zingizni urintirishingizga hojat qolmadi.
Baribir bu ko‘chatlarni o‘tqazganingiz bilan hosilini ko‘rish nasib bo‘ladimi, yo‘qmi, -deyishibdi.
— Mehnatga o‘rgangan odamman, bekorchilikni yomon ko‘raman, — debdi dehqon, elga foydasi tegmagan, kishilarni quvontirmagan odam odammi? Bu tillolarni ham shu atrofni obod qilishga sarflayman. Iltifotingiz uchun sizga katta rahmat, shohim,- debdi dehqon.
Oradan bir necha kun o‘tgach, shoh vaziriga buyuribdi: «Chol nima qilayotgan ekan? Borib biling. Keyin unga: «Shoh, sizga ikkita semiz o‘rdak yubordi. 0‘rdaklarning har biridan yuztadan pat yulib olar ekansiz», deb ayting».
Vazirlar kun issig‘ida terlab-pishib borib qarasalar, tashlandiq, qarovsiz joy tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketibdi. Dehqon ota bir necha hasharchilar bilan yerni haydab, chopib, qovun-tarvuz ekib, turli daraxtlar o‘tqazayotganmish. Vazirlar shoh buyrug‘ini dehqonga aytgan ekanlar, u kulimsirab: «Shoh so‘zini bajarmasak, siz ham,men ham jazo olamiz. Otdan tushing, yeng shimarib ishimizga yordamlashing. Shohning «ikki semiz o‘rdak» degani – sizlar bo‘lasizlar, «yuztadan patini yuling» degani ularni yuz kun ishlating, degani bo‘ladi», -debdi chol.
Vazirlar shoh buyrug‘ini bajarishga majbur bo‘lishibdi. Yuz kun o‘tgach, ular ancha xipcha tortib, chaqqon, sog‘lom kishilarga aylanib qolgan ekanlar. Mehnat ularning tanlariga ham, kekkayish kasalliklariga ham davo bo‘lgan ekan.

T. G‘oyipov



Teglar: Ertaklar

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar