Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

" Sevgi - nima o'zi ??? "

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 571

" Sevgi - nima o'zi ??? "
Assalom-u Aleykum ! Bugun men eng dolzarb mavzulardan biri hisoblangan " Sevgi nima o'zi ??? " degan mavzuda bir maqola yozishga qaror qildim. " Sevgi qanday tuyg'u ??? " Eh, bu ta'rifining cheki yo'q bir davomiy haqiqat ! Aslida yolg'ondek ko'rinsada, bu ayni haqiqat ! Keling bunga yaqqol misol keltiraman ... Hayotda siz kelib oddiy insonlardek yashab yurgandiz. Go'yoki bu hayotda do'stlaringiz, ota-onangiz, yaqinlaringiz bilan birga ekaniz va o'zingiz xohlagan sharoitda yashab yurganizni hayot kechinmalari shundan iborat deb hisoblaysiz. Ammo ... Bir kun kelib qalbingizda qandaydir o'zgacha his tuyg'ular paydo bo'la boshlaydi. Bunga o'zingiz ham hayron qolasiz. Go'yoki siz boshqa olamda yashayotgandeksiz ... Qandaydir o'zgarishlar, his tuyg'ularga berilish, insonlarga yaxshilik ila boqish, va eng muhimi o'zingizga e'tibor berib qoladigan darajada o'zgarishlar kuzatiladi. Bu - " Sevgi " degan tuyg'u ila vujudga keladi. Siz kimnidir sevib qoldiz ... Endi faqat o'sha inson haqida o'ylab, xayollar sura boshlaysiz. U bilan birga bo'lish siz uchun naqadar baxt, ekandek tuyuladi. Bu " Muhabbat ! " Bu " Sinov ! " Demak endi siz sinovga tayorlaning ! Sizda ko'plab muammolar paydo bo'la boshlaydi. Bu muammolar " Sevgining mingdan bir sinovidir ! " Bu sinovlarni yenga olgan har qanday inson " Baxtli hayotga " haqlidir !!! Ba'zida esa bu sinovlarni barchasiga dosh berganlar ham birga bo'lishdek baxtga yeta olishmaydi. Nima uchun ??? Bunga sabab ularning Ota-onalarimi ??? Yoki taqdirning mashaqqatli kechinmalarimi ??? Har ikki savol ham, aslida shu savollarning javobidir ! Nega deysizmi ? Negaki Ota-onalar ham bunga gohida sababchi bo'lishsa, gohida taqdir ham bunga izn bermaydi. Lekin taqdirimizni qay holatda yaratish ham o'zimizga bog'liq. Faqat to'g'ri yo'ldan dadil borsak bo'lgani. Sevgiz uchun chekinmang ! Chunki chindan sevsangiz, shuni o'zi ham bir buyuk baxt ! Alloh qalbingizga shu ajib tuyg'uni soldi. Undan to'g'ri yo'l ila foydalaning ! Siz chekinsangiz bu tuyg'u o'z-o'zidan Armonga yuz tutadi va hayotda ancha tushkunlikga tushishingizga sabab bo'ladi ... Chekinmang ! Faqat bunga yarasha sevimli yoringizga va oila a'zolarigizga vafodor, mehr ila !!! Xulosa qilsam : " Seving, Seviling ! Faqat chindan seving ! Chindan sevmagan bo'lsangiz, "Sevaman" demang. Hech bo'lmasa "Hurmat qilaman" deng ! Manashundagina Alloh bergan tuyg'uga loyiq hisoblanasiz ! Inson sevib qolsa, qalbiga o'zgacha olam kirib kelgandek bo'ladi go'yo. Bunda esa: "Sog'inch", "Mehr", "Baxt", "Hijron", "Azob", "Ayriliq" ... kabi his-tuyg'ulardan iborat olamni qalbimizga kirib kelishi bizni tubdan o'zgartirib yuborishga qodir ... Xuddi afsungarlikdek ... Sehrlanib qolamiz ... "Sevgi" - tuyg'usi bor azizlar ! Unga ishonish, ishonmaslik o'zimizga bog'liq ! Qalbingizning nafisligi, chin muhabbatingizga yetishishingizni Allohimdan tilab qolaman ...

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar