Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

UNI UNUTGIM KELMAYDI . . .

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 355

UNI UNUTGIM KELMAYDI . . .
Men unga turmushga chiqishni istayman. U ham menga uylanishni orzu qiladi. Ammo orzularimiz ushalmay qolishi mumkinligini ikkimiz ham xayol qilmaymiz.

Bir kuni oyim mendan sira kutilmaganda:

— Kim bilan uchrashib yuribsan? — deb so‘rab qoldilar.

To‘g‘risini aytdim. Gaplarimni eshitib, oyimning jahli chiqdi.

— Kelib-kelib shunaqa bolani topdingmi? — deb baqirdilar.

Oyimga uning nimasi yoqmaganini bilmasdim.

— Gap shu: o‘sha bilan boshqa uchrashmaysan!

— dedi oyim keskin tarzda.

— Gapimni yana bir marta qaytarishga majbur qilmaysan, degan umiddaman.

Oyimga qarshi hech nima deyolmadim. Lekin u bilan uchrashmaslikni tasavvur qilolmasdim. Unga qo‘ng‘iroq qilmaslikka urinsam ham, chidolmasdim. Yuragim qo‘ymasdi...

Oyim gaplariga quloq solmayotganimni bilib, meni yana ogohlantirdilar. Lekin menga bu gaplar ham ta’sir qilmadi: o‘z bilganimdan qolmadim.

Oyim axiyri qattiqroq chora ko‘rishga qaror qildilarmi, meni hatto o‘qishga ham jo‘natmay qo‘ydilar.

— Gapimga kirmaganing uchun jazo bu!

— dedilar darg‘azab bo‘lib.

— To aqlingni yig‘ib olmaguningcha uyda o‘tirasan!

Shunda chidolmadim. Oyimga dilimdagini, aniqrog‘i, usiz yasholmasligimni, bu urinishlaridan hech qanday natija chiqmasligini, uni hech qachon unutmasligimni aytdim. Oyim ilk bor yuzimga tarsaki tushirdilar. Yonog‘im lovullab ketganday bo‘ldi. Ammo aytganlarimdan pushaymon qilmadim.

Oyim meni shu yo‘l bilan jazolamoqchilar, uni unutishimni istayaptilar. Lekin uyda o‘tiramanmi yoki u bilan har kuni, har soat ko‘rishamanmi, baribir, unutish qo‘limdan kelmaydi. Uni unutishni istamayman ham...

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar