Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Ayriliq azobi yohud kuygan yurak nolasi . . .

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 764

Ayriliq azobi yohud kuygan yurak nolasi . . .
Ayriliq azobi yohud kuygan yurak nolasi . . .

Qalbimga beozor bo'lib joylashganman senga xalaqit bermay nafas olishingda, bu dunyoda faoliyat yuritishinda tinmay qatnashaman, men senga ozor bermayman-ku, nega sen yillar mobaynida azoblab kelmoqdasan? Yashading, sevilding va shu birla sevding seni ko'zingdagi quvonchla bilan quvnab zavq urib yashadim. Sening go'zal tabassuming uchun shosha-shosha ishladim, sen ham meni unutmay tez-tez yuz beradigan visol bilan menga orom berarding nazarimda sen ham Men ham, u ham baxtiyor edi. Kundan kun xar bir diydorda uning ismini menga aytib bitding, endi men u va sen uchun yashardim baxtli edik. Ammo . . . oradan vaqtlar o'tib sening shaxlo ko'zlaring yordamida men pul, boylik, tillolarga ko'milgan ammo meni mehrimga erisha olmagan bir yigitni ko'rdim. Negadur meni borlig'imda kuchli og'riq uyg'ondi, yashash uchun xoxishing yo'qday go'yo . . . Mendan qaynab chiqayotgan nido ko'zlaringdan yosh bo'lib oqardi. Mana bugun oq libos kiyding men baxtiyor edim nahot endi siz va biz ikki yurak birlashamiz? Nahot yuraklarimiz va qo'llarimiz birlashadi . . . ? Yo'q ne ko'z bilan ko'rayki kelishgan ammo o'zga inson seni qo'lingdan tutdi. Nahot boylik, pullar seni qo'lingda tillo uzuk bo'lib taqildi. Qo'y yig'lama azoblanma farishtam men chidayman uning o'chmas qilib yozgan ismi uchun yashayman. Azob bo'lsada, qiyin bo'lsada, uraman urishda davom etaman. Bugun ko'zingda yana quvonch ko'rdim biz ona bo'ldik, Lekin shu baxt ham meni azoblardan xolos etmadi. Senga bo'lgan mehrimni ortishiga olib keldi. Mening, bizning vujudimizdan tug'ilgan kichik insonga sening noming berildi. Zora shu kichik bolakayning quvonchi tabbassumi mendagi azobni yuvib ketsa, men yashamoqdaman, ishlamoqdaman umidlar ila urmoqdaman. Iltimos meni azoblardan xolos et . . . Qutqar

Bu bir Ayriliq azobida kuyib yongan yurakning nolasi edi . . . e'tiboringiz uchun rahmat!


Tunlari hayoling bezovta qilib,
Hijroning og'ritgan armon bo'laman
Ko'zingdan tomchilab oqqan yosh bo'lib,
Ko'ksinga sanchilgan og'riq bo'laman

Shirin hayollaring o'g'irlab ketgan,
Ko'zlaring aldagan yolg'on bo'laman
Qalbing tubidagi sog'inib yotgan
Seni sog'intirgan inson bo'laman

Maqola muallifi: Mubina

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar