Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

UYLANMAGAN YIGITLAR UCHUN FIKR-MULOHAZA !!!

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 1 119

UYLANMAGAN YIGITLAR UCHUN FIKR-MULOHAZA !!!
"SEVIB UYLANASIZMI ? YOKI OTA-ONANGIZ TOPGAN QIZGA UYLANASIZ ???" (YIGITLAR UCHUN) Assalom-u Aleykum ! Bugungi bu maqolam yigitlar uchun. Odatda o'g'il bola har bir xonadonning me'rosxo'ri hisoblanadi. Har bir yangi oilada farzand O'g'il bola tug'ilsa, xonadonda o'zgacha olam, xuddi cheksiz bayramdek quvonchlar hadya etadi. Boshlang'ich hayotdan, katta hayotga qadam qo'yish fursati yetib kelganda, Ota-ona farzandining orzu-kamolini ko'rishga intiladi. Kelin qilishni, xonadonlarida nevara-chevaralarni ko'rishni niyat qilishadi. Biz ulg'aydik, Balog'atga yetdik. (Allohga shukur) Endi bizda katta hayotga qadam qo'yish vaqti keladi. Biz bunga tayyormizmi ??? Ota-onamizning orzu-niyatlari, qolaversa o'zimiz uchun ham baxtli hayot hisoblangan Oila qurishga tayyormizmi ??? Kimlardir "Ha" desa, Kimlardir "Yo'q", Kimlardir hali bu mavzuga jiddiy qarashmagan ham ... Yana kimningdir esa sevgan qizi bor ... Sevgan insonda oila haqida tushuncha biroz ko'proq bo'ladi. Yurakdan sevgan yigit, hayotini baxtli onlarini sevgan qizi bilan ta'savvur qiladi. U bilan baxtli oilalardan biri bo'lish haqida qayg'uradi. Yigit sevgan qizi bilan, katta hayotni tasavvur qilada. Ammo uning ota-onasi boshqa qizga uylantirishni ko'zlagan bo'lsachi ? Yigitda turli xil muammolar paydo bo'la boshlaydi. Ota-onasiga qanchalik tushuntirmasin ko'ndirolmadi. Ota-onami ? Yoki Sevgan qizi ??? Shu savol tinmay yuragiga ozor beradi. Ota-onasiga qarshi chiqadimi ? Muammolar bir talaygina ... Ota-ona bizni voyaga yetkazdi. Ular bizni baxtimiz haqida qayg'urishadi albatta. Lekin aksariyat hol hisoblangan, sevgi tuyg'usiga kelganida unga ahamiyat berishmaydi. Buni o'tkinchi his-tuyg'u deb qarashadi va o'zlariga mos bo'lgan oila bilan "Quda" bo'lishga harakat qilishadi. Biroq ko'ngli o'zga bir oilaning qizida bo'lgan yigit qanday qilib o'z sevgan yoridan voz kechishi mumkin ? Voz kechish shunchalik osonmidi o'tkinchi tuyg'u deb qarashsa ??? Sevgi o'tkinchi tuyg'u bo'lsa, nega sevgan qiziga erisholmay boshqasiga uylangan yigitlar baxtli emas ??? Hozirgi kunda Yosh, iste'dodli xonanda, xotira kuychisi hisoblangan "Farruh Hamroyev" ni bilsangiz kerak. Shu xonandani bir qo'shig'ida "Bir yigitni sevgan qiziga yetolmay, o'zga bir qizga uylangani va baxtsiz ekani" tasvirlab berilgan. Qo'shiq nomi aniq esimda yo'g'-u lekin qisqacha mazmunini keltirib beraman. Unda "Yigitni sevgan qiziga erisholmay, o'zga bilan baxtsiz yashayotgani, yonida jufti haloli bo'lsada unga mehr ko'rsata olmay qiynalayotgani, yotsa ham tursa ham faqat sevgan qizi haqida o'ylab xayolidan ketkaza olmayotgani" keltirib berilgan. Ha, yigit kishini sevgisi chin bo'lsa, yurakdan sevarkan ... Yuragidagi sevgi mehridan uni ayirish kerakmi ? Ayirdilar ham ... (Bunga turlicha sabab bo'lishi mumkin. Bir Ota-ona emas) Endi e'tibor bersak: sevgan qizi bilan emas, o'zga oilaning qizi bilan yashash yigit kishiga qanchalik og'ir ... Unutish osonmi axir ? Bu hollarni Ota-onalar bilisharmikan ??? ... "Sevib" oila qurganlar qanchalik baxtli ? Sevib uylangan yigitlarni aksariyatini baxtli desak bo'ladi. Chunki sevishib yurgan insonlar birga bo'lishni va baxtli oila qurishni orzu qiladilar. Alloh bergan bu ajib tuyg'uning sinovlariyu-mashaqqatlaridan o'tishdi. Baxtli bo'lishga haqlilar ! "Ota-onalari" topgan qizga uylanganlarichi ? Ularni ham baxtli oilalardan deb atasak bo'ladi. Ota-onasi topgan qizga uylangan yigitlarning ko'pchilgini sevgan qizi yo'q. Bu yanada yaxshi. Bor mehrini sevimli ayoliga va oilasiga bag'ishlaydi. Shu o'rinda endi savol tug'uladi. Biz qanday oila qurmoqchimiz ? Sevibmi ? Yoki Ota-onamiz topgan qizga ... ? Iye, qiziq savol bo'ldiku. Ota-onamiz topgan qizga uylansak, Sevgini keragi yo'q deganday gapku ! Unda sevgi nimaga kerak ? Oila qurilgandan keyin ayolimizni sevish uchunmi ??? Ayrimlarning aytishicha haqiqiy sevgi oila qurilgandan so'ng kelarkan. Iye unaqada uylangungacha bo'lgan sevgi "Soxta" demoqchimisiz ? Qoyil !!! Sevgini qalbakisi ham bo'larkanda ... Hammasi o'zimizga bog'liq emasmi axir?! Sevgi so'rab kelarmidi ... Hozirgi kunga kelib ko'pchilik sevishib oila qurishmoqda. Bu albatta yaxshi ... Lekin hammaga har xil ekan. Dunyo qarashlarimiz har xil bo'lganidek ... Xo'sh, hurmatli saytdosh do'stlarim. Siz qanday oila qurmoqchisiz ???

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Maqola menga judda yoqti sevib uylangan yahshi.


Добавить комментарий

avatar