Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Gunohrang sevgi...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 212

Gunohrang sevgi...
Hayot ummonida "Baxt oroli” tomon o’z kemamda maqsad yelkanlarini mayin esayotgan orzu shamoliga ixtiyoriga topshirib suzib borar ekanman notanish orol qirg’og’ida yolg’iz sayr qilayotgan bir qizga ko’zim tushdi. Nega shunday malak kimsasiz orolda yolg’iz sayr qilayotganini bilish istagi uyg’ondi qalbimda. Kemamni to’xtatdim. Qiziqish qayig’ini suvga tushurdim. Ishtiyoq eshkaklarini eshgancha orol tomonga suza boshladim. Orol qirg’oqlariga qadam qo’ygan cho’gimda meni go’zallikda tengi yo’q malaklar qarshi olishdi. Men xattoki ularga e’tibor beymay yolg’iz sayr qilayotgan qiz tomonga oshiqdim. Nihoyat uni oldida paydo bo’ldim.
- Yaxshi qiz ! Nega yo’lgiz sayr qilyapsiz? Yo kimnidir kutayapsizmi?
- Men sizni kutayotgan edim yaxshi yigit
– uning bu javobidan qalbimda nimadir uzilganini his ettim.
- Qanaqasiga?
- Shunaqasiga! Siz "Baxt oroli”ga ketyabsiz to’g’rimi ? Bu orol siz izlagan oroldir. Men esa sizning Baxtingizman.
- Agar siz meni Baxtim bo’lsangiz bu orolda bir umr qolishga roziman - deb javob berdim, chunki uni shu o’tgan qisqa fursat ichida sevib qolgan edimda. U meni orol ichkarisiga boshladi. Men so’zsiz unga ergashdim. "Baxt oroli” juda chiroyli ekan atrofni hayrat ila tomosha qilib, "Baxtim”ni uyiga yetib kelganimni sezmabman. Bizni o’rta yoshdagi go’zal bir ayol qarshi oldi.
- Opa men sizga aytgan edimku meni baxtim izlab keladi deb! Siz ishonmagan edingiz. Mana u yigit – deb meni opasiga tanishtirdi. "Baxtim”ni opasi juda hushchaqchaq ekan. Biroz chanqagan edim. Chanqog’imni bosish uchun suv so’radim. "Baxtim”ni opasi esa manga qadah to’la may tutdi
- Uzr opa men may ichmayman.
- O’z baxtini topgan yigit ichmasa kim ichadi. Bu oddiy may emas. Bu MUHABBAT SHAROBI "yigit” – deya meni ichishga undadi. Men yana rad etmoqchi edim, lekin:
- Baxtim men uchun bir qultum iching – deya erkalana boshlagan "Baxtim” sabab qadahni qo’limga oldimu, bir ko’tarishda bo’shattim. Ichimda olov yona boshladi. O’zimni nazorat qilolmay qoldim. Xuddi olovga moy sepgan kabi "Baxtim” ham alambalo qiliqlar qila boshladi. Men uni bag’rimga bosdim u qarshilik qilmadi. "Baxtim”ni opasi shu onda menga yotoqxonani ko’rsatdi. Men Bahtimni ko’targancha ko’rsatilgan xona tomonga yurdim. Ertalab ko’zimni ochsam u yonimda yo’q edi biroq Baxtimni opasi menga jimayib qarab turgan ekan.
- Opajon singlingiz qani?
- Sizga nonushta tayorlayapti.
- MUHABBAT SHAROBI bormi? Yana ichgim kelayapti opajon!
- Kechagi oxirgisi edi. Ko’chamizni tugashida bozor bor o’sha yerda sotadi.
- Men hozir – dedimu kiyimni egnimga ilib bozor tomonga chopdim. Baxtimni opasi esa meni qaytarishga rosa urindi biroq uddalay olmadi. Sharob sotuvchisidan MUHABBAT SHAROBI harid qilib ortimga qaytar chog’da ko’chani bir chekkasida chamasi menga tengdosh eti suyagiga yopishgan, yerda yuztuban yotgan telbanoma bir yigitni odamlar bir qultim suv so’rab qilayotgan nolasi eshittim. To’g’risi unga rahmim keldi. Yoniga bordim:
- Iltimos. Bir qultim suv bering birodar?
- Uzr. Hozir oldimda suv yo'q lekin sharob ichaverasizmi?
- Bir oydan buyon na ovqat yedim na biror nima ichdim. Yolvaraman sharob bo’lsa ham mayli bering iltimos.
- Mana xoxlaganizcha iching – deya unga MUHABBAT SHAROBI tutqazdimda Bozorga yo’l olmoqchi bo’lganimda uni bergan savoli meni to’xtashga majbur qildi.
- Siz ham baxt orolini izlab safarga chiqib, qirg'oqdagi Baxtingizni uchratibsizda birodar?
- Buni qayerdan bildingiz?
- Ey birodar Men ham siz kabi baxt orolini izlab safarga chiqib, qirg'oqdagi Baxtimni uchratib, siz menga xozir bergan MUHABBAT SHAROBIni ham ichganman.
- Tushunmadim! Bu bilan Meni Baxtim sizni ham Baxtiz bo’lganini aytmoqchimiz menga ?
- Ha shunday. Hozirda sizi Baxtiz bo’lib turgan o’sha go’zal Sizdan avval meni Baxtim edi. . Birinchi kundanoq Baxtizman deb uyiga boshlagan ham manga opasi bilan ilk marotaba MUHABBAT SHAROBIni ichirgan ham, turli maqsadlari yo’lida noz karashma ila meni bor budimni ishlatishga majbur aylagan ham va nihoyat meni tuzalmas dardga mubtalo etib shu kuyga tushushimga sabab bo’lgan ham o’sha ekanligini aytmoqchiman. Nimalar bo’layapti o’zi Baxtimni gaplariga ishonaymi yo mana bu telbani xaqiqatigami bilolmaymay boshim qotgan mahalda Onajonimni gaplari yodimga tushdi. "Bolam Baxtga osonlikcha erishilmaydi buni unutma. Osonlikcha qo’lga kiritilgan baxt xech qachon senga vafo qilmaydi va seni tubsizlikka boshlaydi. Mashaqqatlar ila yetishgan baxting esa bir umr seni oldinda bo’ladi va seni baxtiyor qiladi ” Xammasi boshidan o’ylay boshladim. Birinchi suxbatdanoq rozi bo’lgani uyiga boshlagini opasi esa menga MUHABBAT SHAROBI ichirgani va gunohga boshlagani …..
- Birodar nimalarni bunchalik o’ylab qoldiz hali ham kech emas O’z kemangizga shoshiling bu lanati oroldan tezroq keting. Aks xolda uni noz karashmalari oldida telba bo’lib mani holimga tushasiz.
- Ahir man uni sevib qoldim Baxtimdan qanday voz kechib ketaman
- Bidodar bu Faxsh oroli Siz Baxtim deyayotgan qiz Foxisha u bilan faqat gunoh ishlar qilinadi. Gunohlar orasida tug'ilgan sevgi xaqiqiy sevgi emas, GUNOHRANG SEVGI bo’ladi. Tezroq keting bu Faxsh orolidan gunohlariz ko’paymasindan
- Telba yigit shu so’zlarni aytdi bir ikki marta qattiq yo’taldi keyin jim bo’lib qoldi.
Men esa achchiq xaqiqatdan qotib qolgan edim. Shu holda qancha vaqt turdim bilmadim. O’zimga kelganimda esa telba yigit indamay yerda yuztuban jim yotardi.
- Rahmat senga menga xaqiqatni aytganing uchun – deb uni bag’rimga bosmoqchi edim biroq…. Endi kech Telba yigitni joni uzilgan edi… Faxsh orolini tark etar ekanman ortimga so’ngi bor boqdim. Orol qirg’og’ida esa meni sobiq Baxtim yo’lg’iz sayr qilar edi… Beixtiyor shu so’zlar u bilan birga qolishni istayotgan qalbimdan otilib chiqdi: Xayr endi Faxsh orolida tug’ilgan GUNOHRANG SEVGIM

Maqola Muallifi: Shukurullo Xo’jamberdiyev

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar