Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Sevgisiz janchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 201

Sevgisiz janchi
Bugun men ilk marotaba Hayot deb atalgan janggohda jarohatlandim.
Sababi esa Aql deb nomlangan zirhimdan voz kechib, sevgi amriga bosh ekkan qalbimga bo’y sunib qurolsiz maydongan chiqqanim bo’ldi.
Raqibim o’z so’zida turmay ko’ksimga qarata Nomardlik kamoniga Xiyonat o’qini otdi.
U nishonda adashmadi. Meni yerga qulashimni kuta boshladi… Men esa u tomonga mardona yurishda davom etdim… Ikkinchi o’qni uzdi… yana bexato… Men hamon u tomon odimlardim. Biroq shu onda unga Xiyonat o’qini tutgan malakka ko’zim tushdiyu, ko’ksimga qadalgan uchinchi o’q meni yerga qulatdi.
Ular tomonga so’ngi marotaba boqqanimda ular g’alabadan shodlagan chexralarini ko’rdim va hushimni yo’qottim…
O’zimga kelganimda Hijrondek qaro tunda Ayriliq saxrosida ko’ksimga qadalgan uch o’q bilan yolg’iz yotardim… Shu axvolda qancha yotdim bilmadim… Birdan yuzimga Umid atalmish oyning zarrin nurlari tushdi. Tanamdagi bor kuchimni to’plab ko’ksimga qadalgan uch o’qni birma bir sug’urib oldim… Uch o’q bilan birga ko’ksimdagi Mehr, Do’stlik va Sevgini ham chiqaribman.
Ular yana o’zlarini qalbimga joylashimni so’rashardi… Mehr va Do’stlikni bir chetga surib Sevgini yana ko’ksimga joylamoqchi bo’lib turganimda… Nogoh esgan Tasodif shamoli sabab men jangga kiymay chiqqan Aql deb nomlagan zirhim uchib kelib ko’ksimga tegdi. Og’riqqa dosh berolmay yerga yeqildim… Yana hushimni yoqottim…
Bir maxal yaralgan ko’ksimni nimadir titkilayotganini his etdim. Ko’zlarimni ochdim. Shu onda ko’ksimga turgan shaqolni ko’rdim … Uni ikkala qo’lim bilan mahkam ushladimda irg’itib yubordim… Men o’zimni o’ngaldim va Sevgini qayta ko’ksimga joylamoqchi bo’layotganimda qayerdandir shu so’zlar eshitildim.
«Sevgini bo’y sunib mehr va do’stlikdan voz kechyapsan… Bir marta uni gapiga kirib Aqllingdan kechganing kamlik qildimi? Mayli shunday qilaver lekin, Aqlsiz, Mehrsiz, Do’stliksiz biroz avval ko’ksingni titkilayotgan Telba deb nom olgan Shaqolga aylasannnnnnn))))»
Men hammasini anglab yetdim… Mehr va Do’stlikni ko’ksimda joyladim ustidan esa Aql zirhirini kiydimda yo’lga tushdim.
Ayriliq sahrosi va Hayot janggohi chegarasida qo’limda o’sha uchiga sevgim qadalgan o’q bilan turibman. Agar sevgimni tanlasam hayot janggohiga Shoqol bo’lib qaytishimga to’g’ri keladi… Men esa Shaqol bo’lishni istamay, Sevgimni Ayrilliq sahrosida ortimdan ergashib kelgan shaqollar tomon otib yubordim. Hayot janggohiga kirar chog’im so’ngi bora sevgimga qaradim, afsus u endi Ayriliq sahrosining yangi Shaqoliga aylangan edi

Mana bugun yana jang qilyapman sevgi uchun emas Do’stlik va Mehr uchun. Men ishonamanki bu jangda albabtta g’alaba men tomonda bo’ladi…

Maqola muallifi: Shukurullo

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar