Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Bu yerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (4-qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105

Bu yerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (4-qism)
Maftun, avval ham aytganman, hozir ham aytaman: "Bizni faqatgina o'lim ayirishi mumkin !" O'zim ham O'lim deyapman-mi ? ... Allohim o'zi meni kechirsin-u, sendan ayrilgandan, sensiz o'zgasi bilan baxtsiz yashagandan ko'ra, umrim hazon bo'lsin !!! Maftunani o'qishiga kuzatib qo'ydim va ishga qaytdim. Ishxonadaman-u, lekin hayolim ishda emas ... Hayolim parishon edi. Buni dadam sezib, uyga borib, biroz uxlab olishimni ta'kidladila. Kimlardir menga gapiryapti, lekin, hayolimda o'ylovlar kuchliligidan, hechkimning gapini eshitmasdim. Ishxonadan chiqib, uyga qaytdim. Xonamga qamalib olib, nima qilish kerakligini o'ylay boshladim. "Ey Allohim, menga madad ber ! Bunday vaziyatda nima qilishim kerak ? Qanday yo'l tutay ? Menga yo'l ko'rsat, Robbim !" Qanday qilib bo'lmasin, aniq bir yo'lni tanlashim kerak ... Bir payt, xonam eshigi taqqillay boshladi ...
-Akajon, eshikni oching ! Iltimos, nega qulflab oldiz ? Ocha qoling, iltimos ...
-Shahnoz, hozir gaplashadigan ahvolda emasman. Biroz yolg'iz qolmoqchiman. Keyin gaplashamiz.
-Yo'q ! Hozir gaplashamiz ! Sizga nimadir bo'lgan. Xavotirlanib ketyapman. Oching eshikni ! ...
-Hechnima bo'lgani yo'q singlim ! Yolg'iz qolmoqchiman dedim-ku, biroz charchaganman.
-Akajon, bir-ikki og'iz gapim bor xolos.
-Iltimos singlim, keyin gaplashaylik ! ...
-Yo'q ! Gaplashmasam, ketmayman ! Nega bunaqa qilyapsiz ? Ocha qoling eshikni.
-Ob-bo, namuncha qaysarsan-a ? Xo'p, hozir.
Kiraqol ...
-Rahmat akajon ! (Kulib)
-Xo'sh, nima gaping bor ?
-Sizga nimadir bo'lgan. Sezib turibman ...
-Hechnarsa bo'lgani yo'q menga ...
-Maftuna bilan arazlashib qoldingiz-mi ?
-Shuni so'rash uchun, keldingmi singlim ?
-Yo'q, unday emas ! Sizdan xavotir oldim. Sezib turibman, nimadandir qattiq xavotirdasiz va o'sha xavotirni, ichingizga yutyapsiz. Akajon, nima bo'ldi ? Iltimos, mendan yashirmang. Shu paytgacha, bir-birimizdan hechnarsani sir tutmaganmiz. Endi nega sir saqlayapsiz ? Bu bilan o'zizni yanada qiynayapsiz. Nimagadir tushkunlikga tushib qolgansiz ...
-Singiljon, menga hechnima bo'lgani yo'q. Xavotir olma. Ko'rib turibsan, soppa-sog'man. Faqat charchaganman xolos. Endi boraqol. Men uxlamoqchiman. Keyinroq bafurcha gaplashamiz xo'p.
-Yo'q ! Ketmayman ! Nimadan xavotirda ekanizni aytmagunizcha ketmayman !
-Shahnoo-oz !!! Nega buncha qaysarsan ? Axir keyin gaplashamiz dedim !
-Xo'p ... Yaxshi yotib turing ... (Xafa holda)
-Singiljon, meni kechir. Biroz qizishib ketdim ... Men ahmoqni kechir, iltimos ...
-Hechqisi yo'q akajon. Xohlamasangiz mayli, keyinroq gaplasharmiz.
-Kel, o'tiraqo. Mayli gaplashamiz singlim. To'g'ri, meni eng yaxshi sirdoshimsan. Bu uchun senga mingdan-ming rahmat. Biroz dardlashaylik. Sen haqsan. Ichimdagi xavotirni, ichimga yutyapman. Bilmadim, to'g'ri qilyapmanmi, yo'qmi ... Bir birimizga chin mehribon bo'lib, katta bo'ldik. Esingdami, yoshligimizda dadam meni urishayotganlarida, kelib meni himoya qilganding. "Akamda ayb yo'q, urushmang" deb ...
-Esimda akajon. O'shanda sizga jahl qilayotgan edila. Bunga qarab turolmagandim.
-Shundan so'ng, qalbimda senga nisbatdan o'zgacha mehr uyg'ondi. Sendek singlim borligidan doim quvonaman. Senga bo'lgan ishonchim, ummondek cheksiz ! Shu uchun ham, sendan bor dardlarimni yashirmaganman. Oyim va Dadamdan ham, ko'proq sen bilan chiqishaman. Minnatdorman singlim.
-Qo'ysangiz-chi akajon. Shunga ham rahmat deysizmi ? Singilingizman, sizni hurmat qilish, meni burchim va bundan faxrlanaman. Qolaversa siz ham, shu kungacha menga mehribon aka bo'lib keldingiz. Har doim yaxshi muomilada bo'lgansiz. Nimanidir olib bering deganimda, bir marta ham, yo'q demagansiz.
-Iye, yolg'on gapirmang singiljon ! Yo'q derdim-ku !
-Xooo-o, yo'q deb meni qo'rqitardiz-da, ertasi kuni keltirib berardiz. Manashu xarakteriz biram ajoyib-ki ...
-Hmm ...
-Sizni juda ham yaxshi ko'raman. Oyim va dadamdan ham ko'proq, sizni yaxshi ko'raman akajon ! Bu gaplarimdan erib ketmang tag'in ?!
-Hey-hey-hey, bo'ldi ! Ko'p maqtab yubormadizmi singiljon ? Hozir muz kabi, erib ketaman-ku ... Rahmat singlim.
-Yana nima uchun rahmat deysiz ?
-Ko'nglimni biroz bo'lsada, ko'targaning uchun.
-Hechqisi yo'q akajon. O'zingiz menga aytardiz-ku, "Doim kulib yur, nima bo'lgan taqdirda ham, qalbingdan quvonch ruhini so'ndirma" deb. Men xuddi siz aytganizdek qilyapman. Hozir shu gaplarni o'zingizga ham aytgan bo'lardim. Doim kulib yurishizni istayman akajon !
-O'zimni mehribon singlim. Barchasi uchun rahmat senga.
-Sizga ham rahmat akajon ! Endi ayting, nimadan buncha xavotirdasiz ?
-Aa-a ... Haligi ...
-Xo'sh ?
-Ko'p ishlabman shekilli. Boshim og'ridi. Shunga biroz yolg'iz qolmoqchi edim.
-Rostdanmi ?
-Ha, rost ...
-Akajon, tilingiz yolg'on so'zlayotgan bo'lsada, ko'zlaringiz haqiqatni ta'kidlab turibdi. Nega yolg'on gapiryapsiz ? Bilib turibman, Maftuna bilan janjallashib qolgansiz. Shunaqami ?
-Yo'q, unday emas ! Qayerdan olding bu gapni ?
-Unda nega g'amginsiz ? Bundan boshqa sabab ham bo'lishi mumkinmi ?
-Haligi ... Singlim, kel shu haqda gaplashmaylik. O'zingdan gapir, o'qishlaring yaxshimi ?
-Akajon, gapni boshqayoqga burmang. Baribir aytmadiz-a ? Ha, mayli. Maftunadan so'rayman "Akam nega g'amginla, o'rtangizda biron gap bo'ldimi ?" deb.
-Yo'o'q ! Singiljon, unga indamagin. Shundog'am u ko'p qiynalyapti. Uni battar azobga qo'yma, iltimos !
-Unda, nima gapligini ayting ?
-Xo'p, aytdim ham deylik, senga nima naf bundan ?
-Vooy, nega unaqa deysiz ? Singlizman-ku ! Dardingizni aytib, biroz yengil tortarsiz deyman-da. Bunaqa ichizga yutaversangiz, kasal bo'lib qolishiz tabiiy. Men buni xohlamayman. Mayli menga aytmasangizda, do'stingiz Elyorgami, Jamshidgami birortasiga ayting, to xonangizga qamalib olguncha ...
-Xo'p xonimafandi, boshqa istaklari yo'qmi ?
-Voy, kesatmang !
-Shahnoz ?
-Labbay akajon ?
-Bo'pti, senga aytganim bo'lsin. Faqat aytadigan gaplarim, Oyim va Dadamni quloqlariga borib yetmasin. Kelishdikmi ?
-Kelishdik ! ...
Singlimga, Maftunani otasi bilan uchrashganimni, qaltis vaziyatda qolganimni hammasini aytib berdim. Singlim biroz o'ylanib qoldida, so'z boshladi:
-Akajon, shuncha dardingiz bor ekan, bir og'iz ham gapirmaysiz. Sizga hozir qanchalik og'ir ekanini tushunib turibman. Ochig'i, men ham, bir nima deyishga o'ylanib qoldim. Balki otasi bilan uchrashganizni Maftunaga aytganiz yaxshidir ? Nima deysiz ?
-Yo'q. Maftun buni ko'tara olmaydi. Jahl ustida o'zini biron nima qilib qo'yishdan qo'rqaman. Otasi va'dasidan qaytmoqchi emas.
-Unda, yana bir yo'li bor.
-Qanaqa singlim ?
-U yigit bilan gaplashing.
-Qaysi yigit bilan ?
-Otasini qalin oshnasini o'g'li, kuyov qilishmoqchi bo'lishayotgan yigit bor-ku, o'sha bilan ...
-Xo'sh, keyinchi ?
-U yigitga tushuntiring, Maftunani yaxshi ko'rishizni, Maftuna ham sizni yaxshi ko'rishini ayting. Agar yaxshi inson bo'lsa, sizni albatta tushunadi.
-Yaxshi inson deysanmi singlim ? Qaniydi shunday bo'lganida ...
-Iye-ha ? Unday emasmi ? U yigitni ko'rganmisiz ?
-Yo'q, lekin Maftunani aytishicha, u juda ham qo'pol, qanaqadir g'arazli kishilarga o'hsharkan. Seningcha, bunday kishilar sevgini tushunarmidi ?
-Vooy ... Buyog'i yomon bo'libdi-ku ... Mayli, nima bo'lganda ham, bir gaplashib ko'ring. Noumid shayton deydilar. Zora tushunsa ...
-Xo'p singlim. Gaplashganim bo'lsin.
-Manabu boshqa gap ! Ko'p ham siqilmang. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi.
-O'zimni aqilli, mehribon singlim. Minnatdorman ! Sen bo'lmaganingda nima qilardim ...
-Qo'ysangizchi akajon. Meni o'rnimda boshqa birov bo'lganda ham, yordamini ayamasdi.
-Baribir sen boshqachasan singlim. Boringa shukur !
-Sizni ham borizga shukur akajon. Xo'p, men ketdim. Siz biron soat mizg'ib oling. Hozir tort pishirishni boshlayman. Tayyor bo'lgandan so'ng, sizni uyg'otaman xo'p ?!
-Tashakkur singiljon ! Ko'nglim ancha taskin topdi.
-Xursandman akajon. Bo'sh kelmang !
Shu so'zlarni aytib, Singlim xonadan chiqib ketdi ... O'shanda singlim menga eng katta dalda bo'la oldi. Uning so'zlaridan, qalbimda qanaqadir umid uchqunlari paydo bo'ldi. Shundan so'ng, o'sha bola bilan gaplashishga qaror qildim. Ammo u bolani qanday topsam ekan ? ... Maftundan uyini manzilini so'rasammikan ? ... Elyor bilan bog'lanib, unga ham bor gapni aytdim. U bola bilan uchrashish yo'lini qidira boshladik. Elyor, Maftunadan so'rashimni ta'kidladi. "U bola bilan, ish yuzasidan uchrashmoqchi edim" deb ayt dedi. Oxiri rozi bo'ldim. Boshqa ilojimiz ham, yo'q edi. Maftunaga qo'ng'iroq qilib, turli bahonalar bilan, bir amallab u bolani manzilini oldim. Vaqtni ketkazmay, o'sha zahotiyoq, Elyor bilan yo'lga chiqdik. Uyi biroz uzoqda ekan. Chamasi 1 soatlarda mashinada yetib bordik. Hashamatli qurilgan uy, atrofida 4 ta 5 ta mashina, ulkan favora ... Xullas boy-badavlat ekani yaqqol bilinib turardi. Uyidan, 50-100 metr uzoqroqda turib, kuzata boshladik. O'rtog'im borib, u bola uyda bor-yo'qligini bilib kelishini aytdi. Xo'p deb, biroz kutib turdim. Elyor ularning darvozasi tomon borib, uy qo'ng'irog'ini bosdi va kim bilandir videosignal orqali gaplasha boshladi. Biron daqiqa o'tib, Elyor qaytib keldi. Undan nima bo'lganini so'radim. Elyor ularning xizmatchisi bilan gaplashganini va yaqin orada uyga kelishini aytdi. Shu yerda turib, uning kelishini kuta boshladik. Chamasi bir yarim soatlar kutib turdik. Vanihoyat u bola uyga keldi. Mashinadan tushayotgan vaqtda, Elyor bilan uning oldiga bordik. Maftuna aytganicha bor ekan. U qanaqadir g'arazli kishilarga o'hshardi. Gaplashib olishimiz kerakligi haqida ko'rsatma berib, telefon raqamimni berdim. Bo'sh vaqtida qo'ng'iroq qilishini ta'kidladim. U bola nima gapligiga qiziqib, "Hozir bo'shman, gaplashamiz" dedi. Ha mayli, bir tomondan shunisi ham yaxshi. Unga 2 soatdan so'ng, kafeda kutishimni aytdim. Yo'q demadi va rozi bo'ldi. Elyor bilan uyga qaytdik. Elyorni uyiga qo'yib, o'zim ham uyga qaytdim. Oradan hali 1 soat o'tar-o'tmas, u bola menga qo'ng'iroq qilib, aytgan kafemda kutib o'tirganini aytdi. Shunchalik ham qiziqqon bo'ladimi ? Men ham yo'lga chiqib, kafega yetib bordim. Xuddi kimnidir yeb qo'ygudek, atrofga sovuqqonlik bilan, tikilib turardi. Oldiga bordim. Biroz suhbatlashdik ...
-Kimsan ? Menda nima gaping bor ?
-Birinchidan, senlamasdan gapir ! Sendan 3 yosh kattaman ! Hurmat qilsang, men ham hurmat qilaman !
-Nima ? Menga buyruq beryapsanmi ? Qanday gaplashsam, shunday gaplashaman ! Ishing bo'lmasin. Endi muddooga o't ! Menda nima ishing bor ?
-Ha mayli, hurmat qilmasang o'zingga ! Muomilangga yarasha, muomila ko'rasan ! Muddooga o'tsam, Maftuna haqida gaplashib olmoqchi edim.
-Nima ??? Maftunani sen qayerdan taniysan ? Kimsan o'zing ?
-Qizishma ! Hozir hammasini aytib beraman.
Unga bor gaplarni gapirib berdim. Maftunani ko'ngli menda ekanini, meni ko'nglim esa, Maftunada ekanini birma-bir aytdim. O'ylagan narsam bo'ldi ... Sevgini tushunmasa kerak deb o'ylagandim. Ha o'ylaganimcha bo'ldi. Sevmagandan keyin, sevgini qayerdan bilsin ? Tag'in "Maftuna, mani sevgilim, uni sevaman" deyishiga o'laymi ? Meni tushunmay, dag'dag'a qilib ketdi ...
-O', menga qara, Maftunani sevasanmi, Maftuna seni sevadimi, menga buni ahamiyati yo'q ! Men unga uylanaman, tushundingmi ! Qayoqdagi sevgilaring bilan, jahlimni chiqarma ! Hozir indamayman, lekin Maftuna bilan seni ko'rsam, ayab o'tirmayman ! Uni tinch qo'y ! O'zinga jabr qilma tushunding ?!
-Shunaqa de ... Jabr qilma deysanmi ? Kimga jabr qilmay ? O'zimgami yoki Maftunaga ? Yoki bo'lamasam, sengami ? Qo'rqitmoqchi bo'lyapsanmi hali ? Bilib qo'y, men bu hayotda 2 ta narsadan qo'rqaman. Birinchisi: Allohdan, Ikkinchisi: Maftunani yo'qotishdan ... Hayotim mazmuni Maftuna ! Undan hechqachon voz kechmayman !
-O', kulgimni qistatma ! Voz kechasan ! Shunday voz kechasanki hali ... Voz kechmay ham ko'rchi ... !
-Nima qilasan ? O'ldirtirib yuborasanmi ? Qo'lingdan keladigani faqat shumi ? Senda, hech bo'lmaganda Vijdon yoki Alloh degan tushuncha bormi ? O'zimga ham hayronman-da ... Senda vijdon nima qilsin ? O'lim bilan ham, qo'rqitaman deb ovora bo'lma ! Maftuna uchun, o'limga ham roziman.
-Kimga aql o'rgatiyapsan ? Shunchalik zo'rmisan ? Bo'pti, ko'ramiz kim-kimni yengarkin. Qarab tur, Maftuna seniki emas, meniki bo'ladi ! Buni shunday qoldirmayman ! Hali meni kimligimni bilmaysan ! Mana endi ko'rasan ! Xayr !!!
Shu gapini aytib, u chiqib ketdi. Eh, dunyoda shunaqa ham razil kishilar bor-a ? U ham inson-ku ! Nega tushunmaydi ? Sevgi nimaligini bilmay turib, uyalmay "Sevaman" deydiya. Ahvol yanada jiddiy tus oladigan ko'rinadi. Ammo, ortga chekinish yo'q ! Beg'uborim uchun, hamma narsaga tayyorman ! Allohim, o'zing madad ber menga ! Inshaalloh, oxiri baxayr bo'lsin ! ...

(Davomi bor) . . .

Maqola muallifi: Otabek - 6002

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar