Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Agar ota-onang rozi bo'lishmasa, bu yerlardan qochib ketamiz ! (3-qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 609

Agar ota-onang rozi bo'lishmasa, bu yerlardan qochib ketamiz ! (3-qism)
Maftun qo'rqib, dadasiga ham, onasiga ham "Sevgan yigitim bor" deb aytolmasdi. Biz yashirincha gaplashib yurardik. Ammo, bu hol qachongacha ? Bir kun kelib, buni bilishlarini, Maftuna ikkimiz juda ham yaxshi bilardik. Shuni o'ylab, Maftuna ko'p yig'lardi. "Nahotki biz ham, boshqa sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz ?" deya ... Uni ovutish maqsadida "Bizni faqatgina O'lim ayirishi mumkin" derdim. Aynan shu gaplarimga, Shayton: -"Chuchvarani xom sanabsan, Jo'jani kuzda sanaymiz" degandir ... Kechga yaqin, ishxonadan chiqib, uyga qaytayotgandim. Bir payt telefonim jiringlay boshladi.
-Alo ? Eshitaman ?
-Otabekmisan ?
-Salom, ha Otabekman.
-Valekum Assalom. Bo'shmisan ? Gaplashib olishimiz kerak.
-Tushunmadim ? Kimbu o'zi ?
-Maftunani taniysanmi ?
-Maftunani ? Ha taniyman.
-Maftuna kim bo'ladi senga ?
-Iye, kim bu o'zi ? Nega so'rayapsiz ?
-Men Maftunani otasiman.
-A ... Nima ? ...
Buni eshitib, qattiq shokga tushdim. Nima deyishni bilmay, qotib qoldim. Maftunani otasi meni ismimni, telefon raqamimni qayerdan bilibdi deya o'zimga-o'zim savob bera boshladim. Maftunani otasi men bilan yuzma-yuz gaplashib olishi kerakligini aytib, bir manzil berdi. Xo'p deb, aytilgan manzil tomon otlandim. Yo'lda ketyapman-u, yuragim qandaydir qo'rquv sezganday, tez ura boshladi. Eh, nima desam ekan endi otasiga ? ... "Qizizni sevaman, uylanmoqchiman deymanmi ?" ... 20 minutlar o'tib, aytilgan manzilga yetib bordim. Kech tushib bo'lgandi. Atrof qop-qorong'u. Qanaqadir eski uylar, endi qurilayotgan uchastkalar ... Xullas yetib bordim. G'ishtlar ortida bir mashinaga ko'zim tushdi. Asta-sekinlik bilan mashinaga yaqinlasha boshladim. Bir payt, mashinadan bir govdali kishi tushdi va men tomonga qarab turardi. U Maftunani otasi edi. Kelib salomlashdim. Otasi menga birin-ketin savol bera boshladi ...
-Qayerdansan ?
-Men ... Haligi ... .....dan.
-Tushunarli. Hoynahoy Ismimni, telefon raqamimni, qayerdan bilibdila deb o'ylab turgan bo'lsang kerak. Maftuna bugun mehmonxonaga telefonini zaryadkaga qo'ygan ekan. Kelsam, telefoni musiqa chala boshladi. Ozroq kutdim, musiqa o'chmadi. Odatda qizimni telefoniga tegilmasdim. Bu safar olib, musiqani o'chirmoqchi bo'ldim. Sms kelgan ekan. Qiziqib ochib ko'rmoqchi bo'ldim. Chunki sms kimdan kelganligini ko'rsatadigan joyda, "Jurnalistim" yozuvi turardi. Kim ekan deb ochdim. Qanaqadir sevgi izhorimiyey, she'rmiyey yozilgan ekan. Oxirida esa, Otabek yozuvi turardi. Shunda barchasini tushundim-ki, Maftunani hayoli o'qishda emas, sevgida ekan ... Jurnalistmisan ?
-Aaa-a ... Haligi ... Yo'q, hechqanaqa jurnalist emasman. Haligi ... Qizingiz, meni shunday deb chaqiradi. Aypki buyurmaysiz ...
-Hmm ... Qizim bilan, qachondan tanishsizlar ?
-A ... Haligi ...
-Namuncha haligilading ?Xo'sh ?
-Uzr ... 5 oycha bo'ldi.
-5 oy degin ? Tushunarli. Shuncha paytgacha yashirib kebsizlarda. Nima, bundan keyin ham yashirincha gaplashib yurmoqchimidizla ?
-Kechiring ... Oldinroq aytishga jur'atimiz yetmadi ...
-Jur'atimiz yetmadi de ... Unda qachon yetardi ? Tuyani dumi yerga tekgandami ? Hmm ... Hozir aytadigan gaplarimni ikki qulog'inga ham, yaxshilab quyib ol. Maftuna qizimni, bir oshnamni o'g'liga beraman ! U bilan qalin oshnamiz. Bir paytlar, bolalarimiz tug'ilganda, ikkimiz ham, bir yilda farzandlik bo'lgandik. Avval u o'g'illik bo'ldi. Oradan 3 oy o'tib, men qizlik bo'ldim. Ya'ni Maftuna qizim tug'ildi. Shunda o'rtog'im bilan, ahdlashganmiz, bolalarimiz katta bo'lishsa, quda bo'lamiz deb. Nima demoqchiligimni tushungandirsan-a ? Ortiqcha hoy-u havaslarga berilmasdan, u bilan oralaringni ochiq qil ! Bu yurishlaring barchasi befoyda ! Shunda o'zinga ham yaxshi bo'ladi. Bekorga vaqtingni sarflab, urinma. Maftuna men aytgan odamning uyiga kelin bo'ladi ! Shuni unutma yigitcha !!!
-A ... ... ..... . ... ...
Bu so'zlar, yuragimga shu qadar og'ir botdiki, nafasim ortga qaytdi. Axir, qanday qilib sevgimdan voz kechardim ? Shu savol ich-etimni kemira boshladi. Xuddi, qalbimni yulib olishgandek bo'ldi. Qo'limga bir tomchi suv kelib tushdi. Nahotki men yig'layapman ? Ko'zimdan yosh chiqganini hatto sezmadim. Bu ko'z yoshimmi ? Yoki yuragimdan qon, ko'z yosh bo'lib chiqyaptimi ? Otasiga nima deyishni bilmay, turgan joyimda toshdek qotdim ... Maftunani Otasi esa, mashinaga o'tirdi-da, endi ketmoqchi bo'lib, birdan to'xtadi. Mashina oynasini tushurib:
-Ha, yana bir gap, bu yerga kelganimni, uchrashganimizni, Maftuna bilmaydi. Sen ham bu haqda unga gapirmaysan. Men ham unga hechnarsa demayman. Bu gaplar o'rtamizda qolsin, tushunarlimi ? O'zing bir ilojini qilib, u bilan orangni ochiq qil ! Shunday qil-ki, Maftuna seni ko'z yoshsiz unutsin. Telefon raqamingni o'zgartirasanmi, buyerlardan ko'chib ketasanmi, o'zing bilasan. Agar qizimni ko'zida bir tomchi ko'z yosh ko'rsam, mendan yaxshilik kutma ! Omon bo'l !!!
Shu so'zlarni aytib, Maftunani otasi ketdi ... Ko'z oldim qorong'uda yanada qorong'ulashib ketdi. Qalbimdagi sevgiga, armon xanjar sanchgandek bo'ldi. Go'yo, yuragimdan ayirishgandek, turgan joyimdan qimir etmay, qotib qoldim. O'z-o'zimga savol bera boshladim. Bu nimasi axir ? Taqdir ustimdan kuldi-mi ? Ahdlashganman, dedilami ? Otasini va'dasi deb, beg'ubor sevgimizdan endi voz kechamanmi ? Nima uchun ? Uni taqdiri, o'zgaga oldindan taqdir qilingan ekan, nega taqdir bizlarni qalbimizni birlashtirdi ? Hammasiga aybdor o'zim. Uni sevib qolgan o'zim. Gapirgan ham o'zim. Allohim, o'zing sabr ber menga ! Endi nima qilaman ? Sevgimni unuta olamanmi ? Shu savollar bilan yarim kechada uyga yetib keldim. Uydaman, lekin ko'zimga uyqu kelmadi. Ertalabgacha o'ylab chiqdim. Erta tongda ko'zim ilinib uxlab qolibman.
-Akajon ? ... Tura qoling, nonushta tayyor. Akajon ?
-A ? ... Ha-ya ... Hozir.
-Nega buyerda yotibsiz ? Nega o'rnizda yotmadiz ?
-Ha, haligi ... O'rnimda edim, biroz vaqtli turib, shuyerga o'tirgandim. Ko'zim ilinib qolibdi. Shahnoz, soat nechchi bo'ldi ?
-Hozir qaraychi ... 8:15 bo'libdi.
-Men ketdim. Oyim va dadam qayerdala ?
-Uydala, qayerga shoshilyapsiz ?
-Ishga ketdim.
-Voy, nonushta qilmaysizmi ? Namuncha shoshilmasangiz ?
-Yo'ldan biron nima yeb olarman. Bir zarur ishim bor edi. Men orqa eshikdan chiqib ketaman. Dadam so'rasalar, ishga ketdila degin xo'p singiljon ?
-Voy, nimalar bo'lyapti o'zi akajon ?
-Keyin aytaman. Bo'pti men ketdim ...
Qo'l yuzimni yuvib, to'g'ri istirohat bog'iga otlandim. Maftunaga telefon qilib, o'qishga bormay, birinchi uchrashib olishimiz kerakligini aytdim. Biroz xavotirlanib, u ham yo'lga chiqdi. Istirohat bog'idagi o'rindiqlarning birida o'tirib, nima qilish haqida o'ylay boshladim. Maftunga nima deyman ? ... Garchi og'ir bo'lsada, men sevgimdan voz kechib ketishim mumkin. Ammo beg'uborim voz kecha oladimi ? Buni yuragi ko'tara olarmikan ? Eh, bu kabi o'ylovlar yurak bag'rimni tilka-pora qilmoqda ... Bir payt kimdir qo'li bilan, ikki ko'zimni yopib oldi ...
-Topingchi kimman ?
-Voo-oy, hechnarsani ko'rmayapman-ku.
-Shuning uchun ham aytiyapman-da, xo'sh, kimman ?
-Bu nozikkina qo'llar, faqatgina meni beg'uborimda bor ! Meni Maftunim !
-Ooo-o, zo'rsiz-u ! Baribir bilib oldiz-a ... Qalesiz ? Kutdirib qo'ymadimmi ?
-Yo'q, o'zim ham endi keldim.
-Unda yaxshi. Otabek aka, negadir ko'zlariz qizarib ketibdi. Tinchlik-mi ?
-Tinchlik Maftun. Kechqurun biroz yozishlarim bor edi. Ko'p o'tirganimdan bo'lsa kerak.
-Xoo-o, birdan ilhom kelib qoldimi deyman ?
-Yo'q, ish yuzasidan yozishlarim bor edi ...
-Voy, nega buncha ko'p ishlaysiz ? O'zizni uruntirmang. Shunchalik zarurmidi ? Ertasi kuni ham yozaverardiz. Bunaqada, kasal bo'lib qolasiz-u ! Iltimos, o'zizni asrang.
-Xo'p Maftun ...
-Endi gapiring, nega o'qishga bormasligimni, uchrashishimiz kerakligini aytdiz ? Tinchlikmi ishqilib ?
-Tinchlik Maftun. Negadir seni ko'rgim keldi ...
-Xayriyatey ! Biron gap bo'libdimi deya, qo'rqib ketibman. Otabek aka, negadir kayfiyatiz yo'q ? Rostdan ham, hechgap bo'lgani yo'qmi ?
-Ha, hechgap bo'lgani yo'q. Shunchaki o'zim. Hammasi joyida.
-Negadir unaqaga o'hshamayaptida ... Ha mayli, qani bo'lmasa, bitta tabassum qiling-chi ! Qani-qani-qani ko'rmayapman.
-Xo'p ...
-Bu boshqa gap. Kayfiyatizni tushurmang.
-Maftun ? ...
-Labbay ?
-Bir ikkita savol beraman, javob bera olasanmi ?
-Xo'p, harakat qilaman. Qani aytingchi ...
-Shunchaki tasavvur qilib, javob ber xo'p ?!
-Xo'p bo'ladi.
-Maftun, tasavvur qil, agar taqdirda yo'limiz ayro bo'lsa, nima qilarding ? Ya'ni, agar birga bo'lolmasak ?
-Voy Otabek aka, Xudo saqlasin-ey ! Nega unaqa deyapsiz ?
-Shunchaki o'zim. Shu mavzuga fikringni bilmoqchi edim xolos. Xo'sh, fikringni aytchi ...
-Otabek aka, bu savolni bir berdingiz, boshqa bermang iltimos ! Shundog'am bu haqda o'ylasam, yuragim qattiq og'riy boshlaydi. Undan ko'ra, baxtli kunlar haqida fikrlashaylik ...
-Maftun, sen shu savolimga fikringni ayt bo'ldi, bu haqda boshqa umuman so'ramayman, gapirmayman ham ! So'z beraman !
-Faqat boshqa bu haqda gapirmaslik sharti bilan !
-Xo'p ... Qani endi fikringni aytchi ...
-Odatda yashirincha gaplashamiz, lekin bir kun kelib dadam bilib qolishlaridan qattiq qo'rqaman. Qachondir bilishlari aniq. Lekin men sevgimdan ayrilishni xohlamayman ! Avval aytib o'tganimdek, dadam o'zlarini og'aynilarini o'g'liga, meni mo'lljallayaptila. Lekin u bolani dadam bilmaydila. U juda ham qo'pol, qanaqadir mafiyalarga, g'arazli kishilarga o'xshaydi. Bilasizmi, sizga aytmagandim, bir kuni o'sha bola va uni oila a'zolari uyimiz kelgandi. Dadam bizlarni atayin uchrashtirmoqchi bo'ldila. Lekin men gaplashmadim. Menga qo'pol-qo'pol muomilalarini, bezbetligini eslasam, undan nafratlanib ketaman. Qanday qilib unga turmushga chiqishim mumkin ? Dadam ham, bir gapga turib olganla, "Shu yigitni kuyov qilaman" deb. Qanaqadir va'da qilgan ekanla o'rtog'lariga. Lekin men, qanaqadir va'dani deb, sevmagan insonimga turmushga chiqishim kerakmi ???
(Yig'lab yubordi)
Sizdan ayrilib qolishim haqida o'ylasam, yuragim negadir tinmay og'riy boshlaydi. Sizdan ayrilishni istamayman Otabek aka ! Dadam nima desala ham, men faqat sizni deyman ! U bola bilan baribir baxtli bo'lolmayman. Unga majburan berishsa, sizsiz begona xonadonda yashay olmayman. Undan ko'ra o'lga ... .....
-Jim !!! O'lim dema beg'uborim ! Axir shu so'zni yomon ko'rarding-ku ! Nega endi o'lim deyapsan ?
-Nima qilamiz unda Otabek aka ? Nega siz ham yig'layapsiz ? Siz yig'lamang !
-Yig'lamayapman Maftun. Menga e'tibor berma. Sevishganlarning ko'p qismati .... afsuski "Ayriliq" bilan tugaydi. Men shunchaki bu mavzuga fikringni bilmoqchi edim. Bo'ldi, fikringni bildim. Hammasi joyida beg'uborim ! Xudo xohlasa, bundan keyin ham shunday bo'ladi ! Maftun, qo'ygin yig'lama. Ko'z yoshlaringni baxtli kunlarimizga asrab qo'ygin xo'p ? Inshaalloh bu quvonch ko'z yoshlari bo'lsin ! Maftun, avval ham aytganman, hozir ham aytaman: "Bizni faqatgina o'lim ayirishi mumkin !" O'zim ham O'lim deyapman-mi ? ... Allohim o'zi meni kechirsin-u, sendan ayrilgandan, sensiz o'zgasi bilan baxtsiz yashagandan ko'ra, umrim hazon bo'lsin !!!
(Davomi bor)

Maqola muallifi: "Otabek_6002"

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar