Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Yangramoqda uyingda yor-yor sadosi, Mening ko'nglimda alam savdosi . . .

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 342

Yangramoqda uyingda yor-yor sadosi, Mening ko'nglimda alam savdosi . . .
Ushanda Universitetning 4 kursini muvaffakiyatli tugatgan paytim edi. Endi kanikulda xuzur kilib dam olaman deb yurgan kunlarimning birida, tongda ung bikinim sanchib uygondim. Vrachlar tashxisi buyicha «kurichak» ekanligimni eshitdimu, «kapalagim uchib ketdi», ammo oyimning «xudoga shukr, bundan jiddiyrogi bulganda nima bulardi», deganlaridan, bu unchalik xavfli emas ekan deb uyladim. Jarroxlik operatsiyasidan kutilib chikkach, vrachlar kursatmasiga kura bir oy ogir mexnatdan uzok yurishim lozim ekanligi bois uyda telivizor kurib yotishdan boshka ish kilmadim xisobi.
Shunday kunlarning birida da’fatdan telefon jiringlab koldi. Tojik shevasidagi kungirokday ovozda bir kiz avval salom berdi, sung uzining muddaosiga kuchib, uni bizning kishlogimizdan ikkita bola telefon kilib bezovta kilayotganligi, xamda ularni kimligini bilib berishimini iltimos kildi. Bu iltimosini xolisona bajarmok uchun aytilgan nomerlarni terdim, xech kim javob bermadi. Biroz utgach, kiz mendan natijani suradi va bezovta kilganligi uchun kechirim suradi. U juda zerikayotganligini aytib, «siz bilan gaplashib tursam karshi emasmisiz» deb suradi. Meni tanimasligi, bugungi suxbatimizga esa oddiygina tasodif sabab bulganligini, endi bu telefon nomerlarini umrbod esda saklashini kushib kuydi. Kechga borib telefon yana jiringladi. Usha kiz! U bu safar xaligi bolalarni bezovta kilishlariyu uzining unashtirayotganligi va akasi yukligi sabab «sizni akam katori kurib maslaxat surasam nima deysiz ?», deb suradi. Men unga «fakat sizni yaxshi kuradigan yigitga turmushga chiking, agar siz uni yaxshi kursangizu u yaxshi kurmasa kadringizga etmaydi», deb maslaxat berdim.
Ertasiga xuddi usha payt yana telefon jiringladi. Darrov esimga usha kiz keldiyu gushakni kutardim.
-Allo, assalomu alaykum, kimning xonadoni bu ?
-Va alaykum assalom, Komilovlarniki. Kim kerak edi ?
-A… Unda kechirasiz, menga boshka birovniki kerak edi…
Balki ushanda telefon gushagini kuyib kuyganimda shuncha vokealar bulmas edib ammo ushanda kitmirligim tutib gapga solgandim.
-Kechirmasam-chi?!
-Unda…, unda uzim kechiraman! Yaxshimisiz Rustamjon aka, siz ekanliginigizni sezib tursamda shubxalangandim. Zerikib telefon kilayapman, bezovta kilmadimmi?
…Shu zayil kunlar utaverdi. Vaziyat shu darajaga etdiki, men xar okshom beixtiyor telefon kungirogini kutadigan bulib koldim. U bilan doim suxbatimiz «kechirasiz - kechirmasamchi» kabilidagi «parolimiz» bilan boshlanar va uzok davom etaradi. Shu urtada ta’til xam tugadi. Bu orada uning ismi Shaxnoza ekanligi, uzi va oyisi bolalar yaslisida ishlashlari, dadasi injener ekanligini va bitta ukasi borligini bilib oldim. Ba’zida men unga xazillashmayotganday oxangda kelinoyingiz unday, kelinoyingiz bunday, kabilidagi gaplarni gapirsam xam u begubor kular va siz meni akamsiz axir deb kuyardi. Ammo uzining unashtirilish vokeasiga xech kaytmasdi…
Xar xafta oxirida ukishdan kaytganimda Shaxnoza kungirok bilan kutib olar, xol axvol surar va uzining ishlari xakida gapirardi. Shunday suxbatlarning birida u tush kurganligi va unda uzini kelinchak meni esa kuyov kurganligini kula-kula aytib berdi. Men tushga xar narsa kirishi mumkin dedim.
Men Shaxnozani engiltak kizlardan deb uylamasdim, chunki u shunday bolalarcha beguborlik bilan suzlardiki, shubxa kilishga uzimdan uyalar edim. Bora-bora men uning ovoziga maxliyo bula boshlaganimni xis kildim. Uning uzbekchani tojik shevasidagi mayin talaffuzi zamirida oppok, pok ruxi mujassam edi guyo. U meni sexrli dunyoga boshlab kirdi. Nixoyat men uni bir kurmokchi bulib undan manzilgoxini suradim. Shunda u dadasidan chuchishi, shu tufayli kuchada xam zarur ishi bulmasa yurmasligini aytdi. Ammo uchrashishga karor kildik. Yangi yil okshomida shaxar kuchasida bekor kezdim. Ertasiga Shaxnoza uxlab kolganligini, va’dasi esiga tushgach esa kech bulganligini ming bor iltijo bilan tushintirdi. Men kechirdim.
Men uni sevib kolganman deyishimga asos yuk edi, shunchaki, urganib kolgan edim xalos. Bir kun u kuvnok ovozda endi chindan xam unashtirilayotganligi, u yigit poytaxtda turishi, tagida mashinasi borligiyu, kazolarni ugillaridan ekanligini aytdi. Men kotib koldim. Oldingiday xazil deb uylasamda bir zum kugirchogini kizgongan bolakay axvoliga tushib koldim. Uzimni kulga olib uni tabrikladim. U tuy kunini aytib, albatta, aka katori tuyimga katnashishingiz shart, deb ogoxlantirdi. Xafta oxirigacha ukishda kanday yurganligimni bilmayman. Uyga keldimu intizorlik bilan uning kungirogini kuta boshladim. Ammo telefon gung edi. Shundagina men uning telefon nomerini xech suramaganligimga afsuslandim. Kun buyi uzimni xar xil ishlar bilan ovutib yurdim. Kech kirdi xamki telefon gung. Nixoyat, telefon tilga kirdi. Odatdagi savol-javoblardan sung u jim bulib koldi. Men xayron edim. Etibor berib uning oxista yiglayotganligini sezdim... Sababini surashim bilan, u guyo alanga olib ketdi:
-Xa Rustamjon aka, ertaga tuy! Kuvnang, uynang, kuling sizga bari-bir emasmi. Siz xech narsani tushunmaysiz, tugri, biz oddiy tarbiyachi kiz sizday Universitetda ukigan yigitga kim bulibmiz? Baxt tilaysiz, kani usha baxt? Axir uni yukligini bilib turib menga tilayapsiz-a?! Shu paytgacha uylamadingizmi, bu kiz nima uchun bunchalar kup sim kokib koldi deb? Tugri, men sizni kurmaganman va bunga yolgiz parvardigor xam guvox. Ammo siz kay xolda bulmang men sizni… gan edim! Uzuk-uzuk tovush eshitildi. Yuk, bulishi mumkin emas! Bu yolgon, uylardim men. Shu zayil uz-uzim bilan bir soatcha gaplashib turdim. Kutganimday telefon yana jiringladi:
-Rustamjon aka, men sizni uylanmaganligingizni bilar edim, chunki uylangan kishi yarim kechagacha allakanday kiz bilan telefonda valaklashib utirmaydi, bu sizning yul kuygan xatoingiz. Endi aytingchi dadamning aytganlariga kirib, yigitlarga kiyo bokmadim, fakatgina siz bilan jonsiz gushak orkali tanishib men nimaga erishdim? Meni kechiringu, sizga kuyov bulmish yigit tugrisida yolgon gapirgandim. U uzimizning maxalladan, tijoratchi yigit. Mashinasi yuk, oddiy oilaning farzandi. Men nolimayman, ammo mening kunglimchi? Siz zur berib meni uzingizdan uzoklatmokchisiz, tushunaman, xavotirlanmang sir sirligicha kolib ketaversin. Fakat bir narsa - tuyimga keling,sizdan utinib surayman!…Xech bulmasa mening xurmatimga sazovor bulgan kimsani bir marotaba bulsa xam kuray, iltimos!
-Shaxnoza, akl bilan ish kuring, u yigit bilan baxtli bulasiz va keyinchalik bu gaplarga uyalib xam kolasiz. Kechiring, ammo men tuyga borolmayman.
Chindan xam men bu tuyga borishni ich-ichimdan istamasdim.
-Agar kelmasangiz, meni kechiringu ota-onangiz yuziga oyok kuygan bilan barobarsiz, mening gapim tamom.
-Yuk, bunday demang, men bari bir… bormayman.
-Oxirgi marta iltimosimni bajaring, inson! Mayli siz xam uylanib, baxtli buling, shirin farzandlarni suyukli otasi buling. Fakat…fakat bitta, sizni jonidan ortik suygan inson –«singlingiz» borligini esdan chikarmang, iltimos! Men sizni intizorlik bilan kutaman, bog kucha 20-uy! Agar xudo nasib kilib, ugil kursam sizga va’da beraman, ismini Rustam, Rustamjon kuyaman…
Yigi, yigi va yana yigi…Ich-ichimdan tugyon urib kelayotgan kuch bugzimga kelib tikildi. Kuzimdan tomchi yosh gushakka tomdi.Shu tun uyku uz pardasini kursatmadi. Ming azobda tong ottirdim. Kun xam bema’no utdi. Kechga yakin tuyga bormasam bulmasligini xis kilib, yulga chikdim.
Bog kuchaning muyulishida tuy taraddudi shunday kurinib turardi. Asta yakinlashib, tuyxonga kirdim. Odamlar gavjum, tuyxona bezatilib, stollar terilgan. Xali tuy bazmi boshlanmagan ekan. Bir oz utgach, xamma shoshib kolganda sezdimki, kelin-kuyov kelayapti... Men kariyb bir yil davomida telefondagi xamsuxbatimni kurishga intizor bulsamda uzimni tutdim. Bardoshim etarmikan? Ana kuyov kurindi. Xursand, ogzi kulogida, juralariga xazilnamo gapirib kuyadi. Va nixoyat kuzim oklikka burkangan, ok kabutarday kiyingan kelinga tushdi... Vo ajab, naxot shu guzal, begubor chexra, xurkaknigox, oxu kuzlar men bilan bir yil xamsuxbat buldi. Kuyovning bilagidan oxistagina tutgan kullar kimtinganday, bir bir uzilib kolar, ikkinchi kuldagi guldasta esa zir titrardi. Ana, u atrofga bir zum sinchikovlik bilan karab chikdi. Bu kuzlar… Kimnidir izlayotgan kuzlardan tomayotgan tomchilar, bilmadim, gavxarmi inju. Guzallik va muxabbat namunasi maxzun nigoxlari ila unga fakat xissiz gushak orkali tanilgan va sevgisiga sazovor bulgan kimsani kidirmokda edi. Men esa uning maxzun nigoxlari ta’kibidan uzimni kuyarga joy topolmasdim…
Oradan kup yillar utdi. Xar safar kishlokka borganimda usha tun, alam va nadomatla urib sindirilgan va keyinchalik elimlab kuyilgan telefon gushagiga kuzim tushadi. Uni bir necha bor yangisiga almashtirishga axd kilganman, ammo negadir, xar gal bu fikrdan kaytaman. Kim bilsin, balki uni usha kunlar xotirasi bulib kolishini istagandirman…

Kishlokdan kaytar ekanman, mashina magnitolasidan kunglimga xamoxang dardli kushik taraladi...

Ikkimiz yoshlikdan berkinib uynab,
Xamon topolmaymiz bir-birimizni.
Sen xam yurgandirsan uzingni kiynab,
Esdalik suratga tukib yoshingni.
Naxot arazlading mendan usha tun,
Berkindingu,seni topmayman xamon.
Daraging bilmasdan dilim buldi xun,
Kaylarda yuribsan, bormisan omon ?!
Charx agar aylansa ortga teskari,
Bunchalar uzimni kiynamas edim.
Kuzdan kochirmasdim seni xech kachon, Berkinmachok sira uynamas edim!!!

Manba: Yulduzcha.com


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar