Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.05.2016

Er-xotinlar orasidagi farq necha yosh bo’lishi kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 428
Er-xotinlar orasidagi yosh farqining eng maquli 3-5 yosh yoki undan kamrog’i hisoblanadi. Agar bu farq 10 va undan ortiq yosh bo’ladigan bo’lsa, bu har ikkalasi uchun ham muammolar olib kelishi aniq. Agar sizlar erkin fikrlovchi insonlar bo’lganingiz bilan ham yaqinlaringiz boshlarida boshqacha o’y-hayollar tug’ilishi tayin. Yosh orasidagi farq sizning muhabbatingizga to’sqinlik qilmasligi uchun bir necha oddiy qoidalarga rioya qilganingiz foydadan holi bo’lmaydi.

Bir-biringiz bilan rostg’oy bo’ling

Hamisha muammo borligini tan olishni o’rganing. Yosh orasidagi farq muhim ahamiyatga ega.
Agar biringiz farzand ko’rishni xohlasa, ikkinchingiz esa buni xohlamasa (uni yoki uning farzandi bo’lsa yoki bu qarorga avvaldan kelgan bo’lsa) bu masalani avvaldan kelishib oling. Bundan tashqari, sizning juftingiz ancha yoshi katta bo’lganligi sababli bir necha yildan so’ng keksayib qolishini anglang. Buni aytish qiyin bo’lsada, haqiqatdan ham shunday bo’lib chiqishini unga ta’kidlab o’tishni unutmang. Bilingki munosabatlarda rostg’oylik bo’lgani oilani mustahkam bo’lishiga sababchi ekanligini unutmang.

O’z oilangiz vakillarini qat’iy fikrlarini tinglashga tayyorlaning

Oilangiz vakillari sizni tanlovingizni oqlashi yoki qoralashi haqida fikr yurgazing. Ko’pgina insonlar turmush quruvchilar orasidagi yosh farqiga ahamiyatli bo’lib, bu ishlarni noto’g’ri deb baholashlari mumkin. O’zingizning tanlovingiz haqida oila a’zolaringizga xabar berish bilan birga, ularning tanqidiga ham tayyor turing. Baxtli bo’lish o’zingizni qo’lingizda, agar siz baxtli bo’lsangiz, juftingiz ham baxtli bo’lishini o’ylang.

E’tiboringizni o’zgalar xulosasiga ahamiyat bermaslikka o’rganing

“Unga faqat pullari kerak”, “vaqt o’tishi bilan uning aqli kirib, o’zidan yoshroq ayolni topadi” — degan fikrlar o’zgalar hayolida bo’lishi turgan gap. “Bu sening otangmi?” yoki “Bu sening og’lingmi?” degan savollarga xafa bo’lmaslikni va bularga e’tibor bermaslikni o’rganing. O’z yoringiz bilan baxtli hayot kechirayotganingiz haqida o’zingizni yaqinlaringiz va do’stlaringizga to’g’ri tushunturib qo’yish uchun sizdan ko’p kuch va mashaqqat talab etilmaydi. Chin do’stlaringiz sizni to’g’ri tushunsalar, soxtalarini fikrlari o’zlariga havola.

O’z sabablaringizni toping

Siz nima uchun shu inson bilan birga bo’lmoqchisiz? U uchunmi? Uning yoshi yoki jamiyatda egallagan o’rni uchunmi? Yoki boshqa sabablari ham bordir? Agar sizni yoshi katta yoki kichiklar qiziqtirib kelgan bo’lsa, ruhshunos bilan maslahatlashganingiz ma’qul. Yoshlar farqi muammo bo’lmasada, juftingiz shaxsi ikkinchi o’ringa tushganini sezsangiz, bu sohaning mutaxassisi yordami sizga kerak bo’lishi aniq.

O’zingizga umumiy qiziqish va ishtiyoq axtaring

50 yoshlik aktyor Aleks Bolduin aytganidek “Yigirma besh yoshlik ayol bilan tongda uyg’onishdan yomonroq hol bo’lishi mumkinmi?” “Unga hech narsa deyolmaslikdan ko’ra yerga kirib ketgan ma’qul emasmi”. Umumiy qiziqishlar, suhbat uchun mavzular, aqliy rivojlanishdagi farq, oilada bir-birini tushunmaslikka olib keladi. Shu sababli munosabatlaringiz yaxshi rivoj topishi uchun birgalikda — surat olish, otda sayr qilish yoki kaktus o’stirish kabilar bilan shug’ullanganingiz ma’qul.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Teglar: Psixalogiya

Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar