Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.11.2016

Sevib qoldingiz! Mana, buning 15 isboti!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 67
Sevib qoldingiz! Mana, buning 15 isboti!

Dabdurustdan ro`y beradigan voqealar har doim ham yoqimli bo`lavermaydi. Lekin istisno holatlar ham borligini inkor etolmaymiz. Masalan, sevgimuhabbat borasida. Dugonajon,  siz qanchalik tan olishdan bosh tortmang, sevib qolganingizni ko`zlaringiz oshkor etyapti. So`zlarimizga ishonmayapsizmi?..

1. Kardiogramma natijalariga ko`ra, yuragingiz urishi o`zgargan. Bu o`zgarishga kasallik emas, balki kimdir sababchi.

2. Xayolan o`z familiyangizdan voz kechib, ismingiz «u»ning familiyasi bilan qanday jaranglashini takror va takror o`ylayverasiz.

3. Ijtimoiy saytlarga tez-tez kiradigan bo`lib qolgansiz. Har kirganingizda «u»ning profillarida mehmon bo`lmasdan ketolmaysiz. Vaziyat shu darajadaki, “u” haqidagi ma`lumotlarni uyqudaligingizda so`rashsa ham aniq aytib bera olasiz.

4. Har ehtimolga qarshi shkafingizdagi uchta eng-eng chiroyli, bejirim ko`ylaklarni yuvib, dazmollab qo`ygansiz. Birinchi, ikkinchi va uchinchi uchrashuvlarga tayyor turishni ma`qul ko`rgansiz, shundaymi?

5. Melodrama janridagi filmlar, romantikaga boy asarlarga befarqligingiz qaerda qoldi? Endi esa ularni ertadan kechgacha tomosha qilishdan, o`qishdan charchamayapsiz.

6. Internetda o`tirib «u»ning ismi yonidagi ICQ belgisi qachon yashil rangda yonishini kutishdan charchamasligingizga tasanno.

7. Sizga o`z ishi bilan qo`ng`iroq qilgan yaqin dugonangizga bir soat davomida faqatgina bir mavzu, “u” haqida tinmay gapirasiz. Xayrlashish oldidan esa aslida nimaga qo`ng`iroq qilganini so`rashingizga dugonangiz o`rganib qolgan bo`lsa kerak?

8. Har doimgidan ertaroq uyg`onib, pardoz, turmak va kiyimlaringizga ko`proq vaqt ajratyapsizmi? To`g`ri-da, axir “u”ni har daqiqada uchratib qolish ehtimoli bo`lsa.

9. “U” yoqtirgan musiqa guruhining hamma qo`shiqlarini erinmay birma-bir eshitib chiqdingiz, to`g`rimi? Qoyil!

10. Nutqidagi har bir so`z, hattoki, “Salom” ham siz uchun xuddi hushomaddek tuyuladi.

11. Jurnal yoki gazetani qo`lga olishingiz bilan, eng avvalo, uning burji uchun berilgan munajjimlar bashoratiga ko`z yugurtirib, o`zingizniki bilan bog`lashga harakat qilasiz.

12. Uzoq o`ylab aniq bir qarorga kelgansiz: tug`ilgan kuniga va tanishgan kuningizning bir yilligiga nima sovg`a olishni rejalashtirib qo`yganingizga ancha bo`ldi.

13. Qisqagina suhbatingiz davomida “Ko`rinishim qanday?” degan savol miyangizda tinimsiz aylanishidan hayronmisiz?

14. Biron tadbir yoki kechada uni uchratib qolsangiz, tinchligingiz yo`qoladi. “Salomlashaymi yoki yo`q? Oldiga borsammikan? Yoki meni ko`rib qolishini kutaymi? Meni ko`rgani bilan raqsga taklif qilarmikan? Balki u meni haqimda umuman o`ylamayotgandir!» degan xayollar sizni qiynaganidan o`zingizni qayerga qo`yishni bilmaysiz.

15. Sevgi-muhabbat borasida gap ketganda, dugonalaringizni “oh-voh”lariga ensa qotirib o`tirishlaringiz qayerda qoldi?

 

Jimsiz… Demak, gaplarimiz yolg`on emasligi aniq. Sevgi siz uchun begona bo`lmasa, dunyodagi baxtli insonlardan birisiz. Axir sevib-sevilishga, baxtli bo`lishga har birimiz loyiqmiz.

manba: Darakchi.uz



Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar