Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

Eringizga aytib bo`lmaydigan 5 jumla

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 147
Eringizga aytib bo`lmaydigan 5 jumla

Ba`zan birgina so`z insonlar o`rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkin… Turmush o`rtog`ingizga esa quyidagi gaplarni aytishdan ehtiyot bo`ling.

«Gullar uchun rahmat, lekin menga sariq rangdagilari yoqmaydi!»

Turmush o`rtog`ingiz sizga umuman yoki uzoq vaqt davomida gul sovg`a qilmasligini istasangiz, u tanlovda adashgani haqida baralla aytaverishingiz mumkin. Yaxshisi, guldastani minnatdorlik bilan qabul qiling, qulay imkoniyat tug`ilganidagina sizga ma`qul keladigan gulllar qaysi ekanligini eslatib qo`ysangiz bo`ladi. Masalan, gul rastasi qarshisidan o`tib ketayotib, «Dadasi, qarang! Qip-qizil atirgullarni, odamning ko`zini quvnatadi-ya!»

«Axir va`da bergan edingiz-ku…»

Ishdan uyga qaytishda jufti halolingiz televizor pulti uchun batareykalar xarid qilishi yoki dam olish kunlari oshxonadagi jo`mrakni tuzatishi lozim edi. Lekin sevimli futbol  jamoalarining o`yinini o`tkazib yuborish va bu vaqtda biror ish bilan mashg`ul bo`lish erkakning ko`ngliga sig`ar ekanmi? Va`daboz eringizni qilgan va qilmagan ishidan asabiylashib, «zahringiz»ni sochishga shoshilmang. Maslahatimiz, jahlingizga erk bermang. Hamma «ayb»ni bo`yningizga olib, iltimosingizni yana bir karra eslatishdan foyda ko`proq bo`ladi: «Esim qursin, sizga televizor pulti uchun batareyka olib kelishni aytish yodimdan ko`tarilibdi. Endi nima qilamiz…»

«Menga oshiq bo`lgan sinfdoshimni qo`rib qolsam, deng…»

Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, ayollar turmush o`rtog`ining sobiq ma`shuqalari haqida imkon qadar ko`proq ma`lumotga ega bo`lishga intilishadi. Negaki, bu raqibasidan yaxshiroq bo`lish uchun turtki vazifasini o`tar ekan. Erkaklar esa buning aksi, rafiqasini ortidan izma-iz yurgan yigitlar haqida umuman eshitishni istamaydi. Shu sababdan, o`tmish bilan bog`liq har qaysi erkak tanishingizni ko`rganingizni juftingizga aytavermang. Hamda gapdan-gap chiqqanida ham zinhor-bazinhor bu mavzuda gaplashmang, ortiqcha shubha-gumon uyg`otish sizga foyda keltirmasligi aniq.

«Bu ishni qilasizmi, yo`qmi?»

Hech qachon erkak kishiga uning nima qilishi kerakligi haqida zarda yoki buyruq ohangi bilan gapirmang. Buning oqibatida, erkak nazarida siz qattiqqo`l onaga aylanib qolasiz. U esa sizning qiyofangizda faqatgina mehribon va zaif rafiqani ko`rishi lozim. Shuning uchun turmush o`rtog`ingizni yordamisiz qo`lingizdan hech ish kelmasligi haqida gapiring. Hamda u yoki bu masalani hal etish faqatgina uning qo`lidan kelishini ta`kidlang. Bu ishni imkon qadar muloyimlik bilan amalga oshiring. Erkaklar o`zini yagona qahramondek his qilishni juda yaxshi ko`rishadi. Buni yana bir karra e`tirof etsangiz, istagan narsangizga, shubhasiz, erishasiz.

«Mendan boshqasi bo`lganida, aslo chidamasdi…»

Biz, odatda, bu gapimizdan keyin erimiz «Juda omadliman-da, sabrli va bebaho rafiqam bor!» deb o`ylashini istaymiz. Afsuski, bunday bo`lmaydi-da… Aksincha, turmush o`rtog`ingiz «Nima qilsam ham, hammasiga chidar ekan!» deya xulosa qiladi. Erkak xayoliga bu fikrni kelishiga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi, negaki, bu faqat sizga zarar etkazadi. Tushkunlikka tushib qolishingiz hech gap emas. Agar oilangizda ko`nglingizga o`tirmaydigan biror narsa yuz berayotgan bo`lsa, bu haqida oshkor qiling. Sabr-toqatli ayol barcha erkak uchun qulay, biroq u bilan yashash biroz zerikarli. O`zini qadrlaydigan va hurmat qiladigan ayol o`z navbatida juftining ham hurmatini qozonadi va sevimli yori bo`ladi!

manba: Darakchi.uz



Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar