Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.09.2016

Erkaklarga ayollardagi qanday fazilatlar yoqadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 260
Erkaklarga ayollardagi qanday fazilatlar yoqadi?

Ayollardagi qator fazilatlar borki, ular barcha erkaklarga yoqadi.

1.Samimiylik
Ba’zan boshqalarga shu qadar yoqishni istab, o‘zimizni boshqa ko‘rsatamiz. Haqiqatda esa biz hech kimni qiziqtirmaymiz, deb o‘ylaymiz. Kamchiliklarimiz shunchalik ko‘pki, bizni payqashlari uchun boshqa insonga aylanishimiz juda oson.

Futbolni “befoyda mashg‘ulot” deb hisoblaydigan erkak kishi bilan terma jamoaning oxirgi o‘yinini “qiziqish” bilan muhokama qiladi, shaxsiy qiziqishlari kishining hiqildog‘iga keladi. Bir necha yil o‘tgach esa, erkak toza havodagi sayr o‘rniga televizorda futbol matchini ko‘rishni tanlashi uni nega achchiqlantirishi taajjubga sola boshlaydi. Erkaklar yoqish istagidan ko‘ra ko‘proq to‘g‘rilikni qadrlashadi. Ularga ayolning samimiy bo‘lishi muhim. Darvoqe, har qanday vaziyatda asl holida bo‘lish qobiliyati o‘zingizga yetarli munosib ekanligingizni bildiradi.

2.Muloyimlik
Qizlardagi yoqimli nazokati erkaklarni magnit kabi o‘ziga tortadi. Balkim, bu o‘zaro bog‘liqlik onalik muhabbatidir, erkaklar o‘zlarining qo‘pol kuchini ayollarning nozik munosabatlari bilan tenglashtirish muhim bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham aslida fakt faktligicha qoladi – go‘zal jins vakillari ayollar doim erkaklarni rom etib kelgan. Yubka kiygan bo‘lsa yonida ikkinchi erkak kerak emas. Muloyim va yoqimli qiz bilan erkak kishi o‘zini mustahkam devordek his etadi, buni esa sevishadi.

3.Minnatdorlik
Sizning unga nisbatan mehrli so‘zingiz va ishlaringizni tushunib turib, “rahmat” aytishlik bu majburiyat emas, balki sizni baxtli qilish istagidir. Mana erkaklar nimani aslida qadrlashadi. Ehtimol, sevimli insoningiz bilan “agar sen uchun nimadir qilmasam, buni payqaysan, agar nimadir qilsam, e’tibor ham bermaysan, xuddi men majburman” degan gaplarni bir necha marta eshitgandirsiz. Bu uni juda ham ranjitadi. Shu sababli u ogohlantirishsiz axlatni tashlab kelsa va gul sovg‘a qilsa, samimiy ravishda xursand bo‘lib, minnatdorlik bildirishni unutmang. Erkaklar minnatdor bo‘ladigan ayollarga yuz marta ko‘proq xursandchilik bag‘ishlashni aytishadi.

4.Ziyraklik
U ishdan charchagan va jahli chiqqan holatda ishdan qaytganini ko‘rsangiz, ziyrak bo‘ling – so‘roqqa tutmang, munosabatlarni oydinlashtirmang. Bunday vaziyatda hatto o‘zi istamagan taqdirda ham qo‘pollik qilishi mumkin. Erkaklar ayollarda aynan ziyraklikning yo‘qligi yo‘q joyda ko‘plab janjallarni keltirib chiqishini aytishadi.

Ularning fikricha, ideal sherik sevimli insonini aniq his etadi va qaysi vaqtda jiddiy suhbat qurish yoki sukut saqlash kerakligini tushunadi. Albatta, ziyraklik haqida so‘z yurita turib, bir qancha misollarni keltirib o‘tish mumkin. Misol uchun, erkak kishi kasal bo‘lib qolganida ishga ketayotganida cho‘ntagiga dorisini solib qo‘ysangiz, u buni albatta qadrlaydi.

5.Xushchaqchaqlik
Biz siz bilan uzoq vaqt davomida xushchaqchaq bo‘lish qiyinligini tushunamiz. Lekin erkaklarning e’tirofiga qarshi chiqib bo‘larmidi, hayotga kulib qaraydiganlar yoqar ekan, yengil ruhiy ko‘tarinkilikka erishib, barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil kerak.

Tinmasdan hayotdan nolib, asabni egovlaydigan ayol chiroyli gul dastasida faqatgina uning narxini ko‘radi (“biz avtomobilga pul yig‘ayapmiz, nega pul sarflaysiz” deb ezmalik qiladi) – bularning barii erkak kishini cho‘chitadi. Keyin esa uning xushchaqchaq hamkasbi birdan janjalingizning sababchisi bo‘lishidan ajablanmang. U faqat sizni ko‘rishni istagan bo‘lishi mumkin, lekin siz ignangiz bilan har qanday istakni qaytarib yuborasiz.

6.Tinglay olish qobiliyati
Erkaklar nimadirni gapirib berayotganda ayollarning qiziqishli qarashlarini ko‘rishni sevishadi. Gapni bo‘ladigan, esnaydigan, boshqa mavzuga o‘tishni taklif qiladigan ayol faqat umidsizlik chaqiradi. Uning har bir so‘zini ilg‘ab oladigan va yana boshqa nimadir so‘zlab berishni so‘raydigan ayolga ketish istagi tug‘iladi.

7.Ishonish qobiliyati
Agar u bir marta bo‘lsa ham sizga xiyonati haqida o‘ylashga sabab tug‘dirsa, qatiqni ham puflab ichadigan bo‘lasiz, lekin zinhor haddan oshirib yubormang. Ko‘p erkaklar o‘zini oqlashga chidab tura olishmaydi, ayniqsa bu ishni qilmagan bo‘lishsa. Do‘stlari bilan barda o‘tirganda sizning ishonchsizligingiz va har 15 daqiqada qo‘ng‘iroq qilishingiz o‘zini sirtmoqlangan kuchukdek his etishiga majbur etadi. Bunday vaziyatda tez orada “badjahl bekadan” qochish istagi tug‘ilib qolmasmikan?



Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar