Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Ayollarning erkaklar bilan munosabatda yo`l qo`yadigan 3 ta xatosi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 244
Ayollarning erkaklar bilan munosabatda yo`l qo`yadigan 3 ta xatosi

Rossiyalik mashhur psixolog, psixoterapevt Mixail Litvak kitobi asosida ayolning 3 asosiy muammosini tahlil qilamiz.

Hozirgi zamon oilasini 3 ga ajratishimiz mumkin.

1.  Ahil er-xotin;
2.  Bir-biriga chidab yashaydigan er-xotin;
3.  Bir-biriga hayolan yoki jismonan xiyonat qiladigan er-xotin.

Demak, ahil oila deganda unda er-xotin bir-birini tushunishga harakat qiladigan oilaga aytsak, bir-biriga chidab yashaydigan oilaga bola-chaqa, uzoq yillar, qaynona-qaynota, kuchsizlik va o`zbekchilik deb yashab kelayotgan er-xotinni kiritishimiz mumkin.

Baxtli va baxtsiz oila degan tushuncha hayotda uchramaydi. Chunki har bir oila hayot davomida baxtli va baxtsiz damlarni boshidan kechiradi.

Bir-biriga hayolida yoki jismonan xiyonat qiladigan er-xotinlar hozirgi kunda ko`payib bormoqda. Bunday oilalarda erkak jismonan xiyonat qiladi yoki bo`lmasa kamida ko`chada boshqa ayollarga xavas bilan qarab yuradi. Undan tashqari shunday oilalar borki, unda xotin boshqa ayollarning eriga, topish-tutishiga, muomilasiga, ko`rinishiga va boshqa uning uchun ijobiy xususiyatlariga xavas bilan qaraydi. O`z eri bilan boshqani erini solishtirib yuradi. Bu ham hayoliy xiyonat desak adashmaymiz.

Ahil bo`lmagan oilalarning asosiy sababchisi etib Mixail Litvak ayolning 3 muammosini belgilaydi:

1. Ayol o`z erini tarbiyalashni istaydi.
2. Uni uradigan, so`kadigan er bilan ham muloyimgina bo`lib yashashda davom etaveradi.
3. Aybi ko`p erkakni hurmat qilib yashayveradi.

Ushbu muammolarni birma-bir ko`rib chiqsak.

1. Erkak uchun ayol avallambor malham bo`lishi kerak. Suyanchiq, tayanchiq bo`la oladigan ayolni erkak hurmat qiladi. Lekin yosh bolani tarbiya qilgandek eriga aql o`rgatadigan, tuppa-tuzuk erini bir yo`lga solishni yoki uni o`zgartirishni maqsad qilgan ayol erkakni nafratini uyg`otishi hech gap emas. Erkak hadeb ayolidan tarbiya ko`raversa, u ayoliga o`z onasidek qaraydigan bo`lib qoladi. Uni jinsiy istamay qoladi. Undan o`zini zaifdek his eta boshlaydi. Natijada esa, o`z qadrini o`z ko`zida oshirish uchun so`kish, qo`pol gapirish, siltash, sovuqqon bo`lishni boshlaydi.

2. Ayol qadrini bilmasa, hech qaysi erkak uni qadrlay olmaydi. Litvakning aytishicha, turmush qurishdan oldin ayol ham, erkak ham avallo o`z qadrini bila olgan bo`lishi lozim. O`zbek oilalarida tug`ilgan qizning qadri juda past bo`ladi. «Qiz tug`ilibdi», deb, noliydigan, qizni kamsitib katta qiladigan ota-onalar juda ko`p. Bunday oilada katta bo`lgan qiz o`zini qadrini bilmaydi. Er uni so`ksa ham, ursa ham, men shunga loyiqman deb o`ylaydi. Chidashni afzal ko`radi. To`g`ri, ajrashish bilan muammo hal bo`lmaydi. Chunki bunday ayollar ajrashgani bilan keyin erga tega olmaydi, tekkan taqdirda ham yana kamsitiladi. Chunki u hali o`zini qadrlashni bilmaydi. Ajrashish ham kerak emas, chidash ham mumkin emas. Ayol o`zini seva bilishi lozim. Erining so`kishiyu, qo`l ko`tarishlariga chek qo`yish yo`lini izlashi kerak. Bunga oddiy holdek, hammani eri shunday deb, qarashi noto`g`ri. Eri ursa, «Dadasi ovqat eysizmi,»degandan ko`ra, arazlab, hafa bo`lib, erkalanib, yosh boladek nozlanib, kerak bo`lsa, artist bo`lish talab etiladi. Erkak, yonida bir pol latta emas, o`zini seva biladigan boshi tik ayolni ko`ra olsa, unga oyoq artishi qiyinroq bo`ladi.

3. Ichadigan, yuradigan erkak bilan indamay yashab yuradigan ayollar ham kam emas. Shu erkak bilan yashashga biron sabab bordur yashashda davom etadi. Yashayversin, lekin ichish, xiyonat qilishlariga chidash kerak emas.

U holda «Ichmang», «Yurmang» deb eriga kim ayta olar ekan? Ayta olgan taqdirda ham kim unga quloq solar ekan? Qaddi rostlangan ayol! Hurmatga sazovor ayol. Boshi egilgan, o`zini supurgidek his etadigan, ota-onasidan yoshligida ko`plab kamsitishlar olgan ayol emas. Erkak yonida o`ziga ishongan, ko`zlari chaqnab turgan, ruhan kuchli ayolni ko`rsa, uni hurmat qila oladi.

O`zbek ayollari esa ruhan kuchsiz bo`lib, erkakdek jismoniy kuchi ko`p bo`ladi. O`zi bemalol 20 kg kartoshkani bozordan olib kelaveradi. Bunday ayol erini ko`zida ayolligini bora-bora yo`qotadi. Bunday ayolning gapi erkak uchun bir tiyin bo`lib qoladi. Erkak ichishdan, hiyonat qilishdan bosh tortishi uchun u yonidagi ayolning gapini eshita olishi kerak. Yonida haqiqattan AYoLni ko`ra olsa, eshitadi. Albatta eshitadi.

Dunyoning manaman degan podshohu ulamolari ayolining birgina gapi bilan butun bir davlatning siyosatini o`zgartirib yuborgani barchaga ayon bo`lgan tarixiy faktdir.

Nahotki, oddiy bir erkakni ayol o`z kuchi, mehri, shirin so`zi va ayyorligi bilan yo`lga sola olmasa? Shuni unutmaslik kerak, bu 1 kunlik ish emas.

Ayolning ushbu 3 maummosi tufayli oilalarda ko`plab kelishmoqvchiliklar yuz beradi. Oiladagi ahillik 90 foiz ayolga bog`liq desak adashmagan bo`lamiz. Ayol birinchi navbatda o`ziga nazar tashlashi lozim. Lekin o`zini aybini izlash uchun emas, o`zidagi ayollik kuchni, ayollik qadrini, ayollik go`zalligini topish uchun.

Yuqorida ta`kidlangan 3 muammodan holi bo`lgan ayol oila aravasini ravon yo`ldan olib bora oladi.

manba: Uzbaby.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Sevgi haqida hammasi     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar