Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.05.2016

Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi AQShdagi qiynoqlar haqidagi maxfiy ma’ruza nusxasini o‘chirib…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 251
Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi AQShdagi qiynoqlar haqidagi maxfiy ma’ruza nusxasini o‘chirib…

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) xodimi Senat tomonidan tayyorlangan AQShda so‘roqlar chog‘ida qiynoqlar qo‘llanilishi haqidagi ma’ruzaning elektron versiyasini o‘chirib yubordi, deb yozadi Daily Mail.

Maxsus xizmatdagilar 6,7 ming sahifalik hujjat tasodifan o‘chirib yuborilganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, ehtiyotsizlik tufayli, hisobot saqlanayotgan qattiq disk ham yo‘q qilingan.

Ta’kidlanishicha, hodisa o‘tgan yilning yozida sodir bo‘lgan, ammo endigina bu haqda ma’lum bo‘lgan. Dastlab ma’ruza yagona nusxada bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa, keyinroq razvedka boshqarmasidagi manba muassasa ixtiyorida hisobotning kamida yana bitta nusxasi borligini, u bosh qarorgohdagi seyfda saqlanishini aytdi.

Vaziyat senator Diana Faynstaynni xavotirga soldi. U MRB rahbari Jon Brennan va AQSh bosh prokurori Loretta Linchga xat yuborib, unga hujjat nusxasini taqdim etishni talab qildi.

2014-yil oxirida AQSh Kongressi mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llangani haqida rasmiy hisobot e’lon qilgan, shundan so‘ng prezident Barak Obama “Amerika qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan” bunday uslublardan ortiq hech qachon foydalanilmasligini ma’lum qilgandi.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar