Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.05.2016

Yosh otalar uchun eng yaxshi kompaniyalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 220
Yosh otalar uchun eng yaxshi kompaniyalar

Yosh otalarga mo’ljallangan Fatherly onlayn-platformasi har yili AQSh kompaniyalari o’z xodimlariga farzandli bo’lganlarida taqdim qiladigan imtiyozlar va yordam pullarini kuzatib boradi va “yosh otalar ishlashi uchun eng yaxshi 50 ta kompaniya“ ro’yxatini tuzadi.

2015 yilda bu ro’yxatdan o’rin olgan kompaniyalarning yarmi farzandga qarash uchun 1-2 haftalik maosh to’lanadigan ta’til taklif qilishgan.

2016 yilda tadqiqot o’rtacha ta’til davomiyligi 7,5 haftagacha oshganini ko’rsatdi – 35 foiz kompaniya o’zlarining farzandli bo’lgan erkak xodimlariga 6-8 haftalik ta’til taklif qilishmoqda.

Fatherly vakillarining ta’kidlashicha, milleniallar, ya’ni yangi ming yillik arafasida (1980-2000 yillar) tug’ilgan yosh otalar farzandli bo’lganlaridan keyingi birinchi oylarni o’z oilalari bilan o’tkazishni afzal ko’rishadi. Farzandni parvarishlash bo’yicha maosh to’lanadigan ta’tillardan tashqari, kompaniyalar yosh otalarga qayishqoq ish tartibi va bolani parvarishlash bo’yicha xarajatlarni qoplashni taklif qilishadi, deb yozadi “Kun“.

2016 yildagi ro’yxatdan o’rin olgan birinchi o’ntalik quyidagicha ko’rinish oldi:

1. Netflix — maosh saqlanib qolinadigan 52 haftagacha davom etadigan ta’til.

2. Spotify — farzand tug’ilgandan keyingi uch yil ichida istalgan vaqtda olish mumkin bo’lgan, maosh saqlanib qolinadigan 24 haftalik ta’til.

3. Facebook — maosh saqlanib qolinadigan 17 haftalik ta’til, farzand tug’ilganlik uchun 4 ming dollar bonus, umumiy miqdori 20 ming dollarlik imtiyozlar.

4. Patagonia — maosh saqlanib qolinadigan 12 haftalik ta’til, bolani uyda va ish bilan bog’liq safarlarda parvarishlash bo’yicha yordam.

5. Pinterest — maosh saqlanib qolinadigan 16 haftalik ta’til, 5 oy qayishqoq ish tartibi.

6. Google — maosh saqlanib qolinadigan 12 haftalik ta’til, bolalarga qarash bo’yicha 4 ta bolalar markazi.

7. Microsoft — maosh saqlanib qolinadigan 12 haftalik ta’til va bolani o’qitish uchun 20 foizlik moliyaviy yordam.

8. Bank of America — maosh saqlanib qolinadigan 12 haftalik ta’til.

9.LinkedIn — maosh saqlanib qolinadigan 12 haftalik ta’til, bolani parvarishlash uchun har yili beriladigan 2 ming dollarlik yordam puli.

10. Twitter — maosh saqlanib qolinadigan 10 haftalik ta’til.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar