Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.05.2016

Insonlar bilan muloqot qilishning 20 ta oltin qoidasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 741
Insonlar bilan muloqot qilishning 20 ta oltin qoidasi

Agar har bir inson ularni noaqal 1 martta o’qiganda dunyo yaxshiroq va mehribonroq bo’lar edi. Bugun Gooper.uz da Jon Maksvelning “Yetakchilik. Insonlar bilan munosabatlar o’rnatishning 25 sharti” kitobidan foydali qoidalarni e’tiboringizga taqdim etamiz. .

1. Ko’zgu qoidasi. Boshqalarni muhokama qilishdan avval o’zimizga e’tibor berishimiz kerak.

2. Og’riq qoidasi. Barcha narsadan hafa bo’lgan inson, boshqalarni ham hafa qiladi.

3. Yuqori pog’ona qoidasi. Qachonki atrofdagilarimizga ular bizga qilayotgan muomaladan ko’ra yaxshiroq munosabatda bo’lsak biz ancha yuqori darajaga ko’tarilamiz.

4. Bumerang qoidasi. Qachon biz boshqalarga yordam bersak, o’zimizga ham yordam bergan bo’lamiz.

5. Almashtirish qoidasi. Boshqalarni bizni o’rnimizga qo’yishdan ko’ra, o’zimizni ularning o’rniga qo’yishni o’rganishimiz kerak.

6. O’rganish qoidasi. Biz uchratgan har bir inson bizni nimagadur o’rgatishga qodir.

7. Qiziqish qoidasi. Odamlar o’zlariga qiziqish bildirgan insonlargagina qiziqadilar.

8. 10 ball qoidasi. Insonlarning yaxshi sifatlariga ishonch, odatda ularda ham shunday sifatlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.

9. Yaqinlik qoidasi. Avval insonlarga g’amxo’rlik qilish, so’ngra ular bilan yaqin munosabatda bo’lish kerak.

10. Qaytish qoidasi. Ishonch – barcha munosabatlarning asosidir.

11. Lift qoidasi. Munosabatlar jarayonida biz insonlarni pastga tushurishimiz yoki yuqoriga ko’tarishimiz mumkin.

12. Holat qoidasi. Hech qachon holat siz uchun munosabatdan ko’ra muhimroq bo’lishiga yo’l qo’ymang.

13. Sayqallash qoidasi. Barcha munosabatlarda madaniyatga e’tibor berish kerak.

14. Sabr qoidasi. Boshqa insonlar bilan birga sayohat qilish doimo bir o’zingizning sayohatingizdan ko’ra sekinroq kechadi.

15. “Bo’b” qoidasi. Qachon bobda barcha narsa bilan muammosi bo’lsa, asosiy muammo uning o’zi bo’ladi.

16. Ochiqlik qoidasi. Munosabatlarda o’zingizni yengil tutishingiz boshqalarga siz bilan onson muloqotga kirishishga imkon beradi.

17. Himoya qoidasi. Jangga tayyorlanayotganingizda shunday chuqur o’ra qazingki unga do’stingiz ham sig’sin.

18. 101 foiz qoidasi. Biz 1 foizgina rozi bo’lgan ishni topib, unga 100 foiz kuchimizni sarflashimiz kerak.

19. Hamkorlik qoidasi. Hamkorlikda ishlash g’alabaga erishish imkoniyatlaringizni oshiradi.

20. Nishonlash qoidasi. Do’stlarimiz bilan munosabatlarimiz nafaqat ularning omadsizliklarida ularni qo’llashimizda, balki g’alabalarida ham ular bilan birga qanchalik hursand bo’lishimizga qarab baholanadi.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar