Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.05.2016

Ispaniya futbol klublari UEFAning navbatdagi rekordini o‘rnatdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 433
Ispaniya futbol klublari UEFAning navbatdagi rekordini o‘rnatdi

Ispaniya futbol klublarining xalqaro maydondagi ishtiroki tobora yaxshilanib borayotgani, mamlakatning UEFA koeffitsentlar jadvalidagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi “Chempionat”.

Yevropa Chempionlar Ligasining finaliga bir emas, ikkita ispan klubi yo‘llanma oldi. Bu natija Yevropa Ligasida ham takrorlanishi mumkin edi. “Sevilya” musobaqaning finaliga ketma-ket uchinchi bor yo‘llanmagani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Angliyaning “Liverpul” klubidan mag‘lub bo‘lgan “Vilyarreal” o‘z tarixida to‘rtinchi bor Yevropa Ligasining yarim finalida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Shunga qaramay, Ispaniya klublari har ikki musobaqaning yarim finalidan keyin 0,429 ochko ishlay oldi. Buning natijasida Ispaniya joriy mavsum hisobidan reytingdagi ochkolari sonini 23,357 ga yetkazdi. Bu esa 1 ta mavsumda jamg‘arilgan ochkolar rekordini yangiladi.

Qayd etish kerak, avvalgi rekord ham Ispaniyaning o‘ziga tegishli bo‘lib, 2013/14-yilgi mavsum davomida mamlakat futbol federatsiyasi UEFA reytingida 23,000 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi.

23,357 balli rekord hali hammasi emas. Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Real” hamda “Atletiko”, Yevropa Ligasining hal qiluvchi o‘yinida esa “Sevilya” ishtirok etishi inobatga olinsa, Ispaniya bu ko‘rsatkichini yanada yaxshilab oladi.

Ma’lumot uchun, UEFA koeffitsentlar jadvalidagi ballardan kelib chiqib, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi uchun mamlakatlarga kvota ajratadi. Unga ko‘ra Yevropada Ispaniyadan keyingi o‘rinni Germaniya egallab turibdi. 2015/16-yilgi mavsum hisobidan mos ravishda Angliya, Rossiya, Italiya, Fransiya, Portugaliya, Ukraina, Belgiya hamda Chexiya 10 talikdan joy olgan.

UEFA klublarining 2015/16-yilgi koeffitsentida ham Ispaniyaning ikki klubi — “Real” hamda “Barselona” yetakchi, uchinchi pog‘onada Germaniyaning “Bavariya” klubi bor. Klublarning umumiy reytingida “Real” peshqadam bo‘lsa, keyingi uch o‘rin “Bavariya”, “Barselona” va “Atletiko”ga tegishli.

Assotsiatsiyasilar reytigida ham Ispaniya peshqadamlikni hech kimga bermagan. Keyingi o‘rinlar Germaniya, Angliya, Italiya va Portugaliyaga nasib qilgan.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar