Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.05.2016

Oksford Universiteti haqida ma’lumotlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 941

Oksford Universiteti (ingl University of Oxford) – Buyuk Britaniya, Oksfordshir grafligiga mansub Oksford shahrida joylashgan. Yevropaning eng qadimgi universitetlari ro’yhatida ikkinchi o’rinni egallab turibdi, Buyuk Britaniyadagi birinchi universitet hisoblanadi. Aniq asos solingan yili ma’lum emas, shuni aytish mumkinki XI asrda ham talabalarga dars berilgan. Buyuk Britaniyaning eng yuqori darajali 20 Universiteti tarkibiga kiradi.

Haqiqiy nomi: University of Oxford
Xalqaro nomi: University of Oxford
Shiori: Dominus Illuminato Mea(lotinchada) – Xudo – mening yorug’ligim
Asos solingan yili Aniq yili ma’lum emas, 1096 – yildan o’qish ishlari olib borilgani ma’lum.
Rektor: Endryu Gamilton
Talabalar soni: 20.330
Joylashuvi: Oksford, Oksfordshir, Buyuk Britaniya.
Rasmiy sayti: www.ox.ac.uk

Unversitet fakultetlardan, 38 ta kollejdan hamda 6 ta kollej nomini olmagan yopiq o’quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o’tkaziladi.
Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167 – yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o’qishlarini taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o’qishga majbur bo’lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo’lib, u 1249 – yilda Universitet Kolledji (ingl University College) ga asos slogan. Bo’lajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo’lib o’z faoliyatini olib borgan.

Oksford kartasi, 1605 – yil Universitetga qabul: Yangi o’quv yili boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level) abiturientlar bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo’lajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab to’lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt; tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o’qishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning o’zida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yo’l qo’yilmaydi.

Oksford Universiteti haqida ma’lumotlar

Universitet tuzilishi:

Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq o’quv muassasalaridan tashkil topgan. Hozirda Oksfordda 20000dan ortiq talaba o’qisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin ko’payib ketadi. Oksford rektori – ser Kris Patten. Qizlar 1920 – yildan boshlab qabul qilina boshlangan. 70 – yillardan o’g’il va qiz bolalarni ajratib o’qitish bekor qilingan. Oksford o’qituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin o’qituvchi mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati a’zolari, 100 tasi esa Britaniya akademiyasi a’zolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yo’nalishlari – ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan.
Bo’linmalar:
— Qadimgi tarix;
— Filiologiya, lingvistika va fonetika;
— Qo’lyozmalar va rassomchilik san’ati;
— Ingliz tili va adabiyoti;
— O’rta asr va zamonaviy tillar;
— Musiqa;
— Teologiya;
— San’atlar tarixi;
— Tibbiyot tarixi;
— Antropologiya;
— Biokimyo;
— Arxeologiya;
— Geografiya;
— Botanika;
— Zoologiya;
— Matematika; >br> — Statistika;
— Kimyo;
— Geologiya;
— Muhandislik fani;
— Fizika;
— Anesteziya;
— Kardiologik tibbiyot;
— Klinik laboratoriya fani;
— Klinik tibbiyot;
— Klinik farmokalogiya;
— Genetika;
— Oftalmologiya;
— Pediatriya;
— Psixiatriya;
— Jarrohlik;
— Tajribaviy psixologiya;
— Odam anatomiyasi va genetikasi;
— Patologiya;
— Fiziologiya;
— Afrika;
— Braziliya;
— Zamonaviy Xitoy;
— Yaponiya;
— Rossiya va Sharqiy Yevropa;
— Janubiy Osiyo;
— Iqtisodiyot;
— Huquq;
— Menejment;
— Siyosat va xalqaro aloqalar;
— Qo’shimcha ta’lim;
Oksford faqatgina Universitetgina emas, balki dunyo bo’yicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan joy hamdir. Universitet 100dan ortiq kutubxonalar, muzeylar va o’z nashriyotiga ega. 300dan ortiq to’garaklar mavjud. Bulardan tashqari sportga ham kata e’tibor beriladi.

Qiziqarli fakt: Oksford elektron qo’ng’irog’i

Oksford Universiteti haqida ma’lumotlar

— Oksford Universitetidagi Klerendon Laboratoriyasidagi g’aroyib elektron qo’ng’iroq 1840 – yildan buyon to’xtamasdan chalinib turibdi. U elektr kuchlari tortishishi hisobiga ishlab kelmoqda, shuning uchun qo’ng’iroq ko’p energiya talab qilmaydi. Qo’ng’iroq qanday tuzilganini hech kim aniq bilmaydi. 173 yildan beri ishlab kelayotgan qo’ng’iroqni tarixdagi eng uzoq davom etib kelayotgan tajribalardan biri deb aytsa ham bo’ladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar