Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.05.2016

Rasman: “Lester” klubi o‘z tarixida birinchi bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 131

Klaudio Ranyeri boshchilik qilayotgan Angliyaning “Lester” futbol klubi Premyer-liganing 36-turida “Manchester Yunayted” bilan durang o‘ynab, chempionlik masalasini hal eta olmagandi. Bu borada lesterliklarga endilikdagi sobiq chempion “Chelsi” yordam berib yubordi.

Rasman: “Lester” klubi o‘z tarixida birinchi bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi

36-turning so‘nggi o‘yini bo‘lgan London derbisida “Tottenhem” ochko yo‘qotsa, “Lester” avtomatik tarzda mamlakat chempioni bo‘lishi kerak edi. Maurisio Pochettino shogirdlari ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsada, yakunda “Chelsi” o‘z irodasini namoyish etib, “Tottenhem”ni ochkolardan mosuvo qildi. Buning natijasida “Lester” o‘z tarixida birinchi bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kelasi turni “Everton”ga qarshi o‘tkazadigan “Lester” futbolchilari Angliyaning yangi chempioni sifatida maydonga olqishlar bilan chiqib keladi. Shu tariqa sobiq chempion “Chelsi” 38-turga kelib o‘z maydonida yangi chempion jamoani xurmat yo‘lakchasi bilan qarshi olish vazifasidan ozod bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” so‘nggi ikki turni “Sautgempton” va “Nyukasl” klublariga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuvlarda qanday natijani qayd etmasin, London klubi endilikda “Lester”ga yeta olmaydi. Qolgan ikki turda Pochettino jamoasi o‘zidan uch ochko ortda qolayotgan “Arsenal” bilan kumush medallar uchun kurashadi.

Angliya Premyer-ligasi

36-tur bellashuvi
2-may, dushanba
“Chelsi” — “Tottenhem” 2:2

Gollar: Harri Keyn, 35 (0:1). Son Xyun Min, 44 (0:2). Gari Kexill, 58 (1:2). Eden Azar, 83 (2:2).
“Chelsi”: Asmir Begovich, Branislav Ivanovich, Sesar Aspilikueta, Gari Kexill, Jon Terri, Nemanya Matich (Oskar, 78), Villian, Jon Obi Mikel, Sesk Fabregas, Pedro Rodriges (Eden Azar, 46), Diyego Kosta.
“Tottenhem”: Ugo Lyoris, Kayl Uolker, Denni Rouz (Ben Devis, 82), Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen, Erik Dayer, Mussa Dembele, Erik Lamela, Kristian Eriksen, Son Xyun Min (Rayan Meyson, 65), Harri Keyn.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar