Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.05.2016

Futbolga oid Qiziqarli Faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 945
Futbolga oid Qiziqarli Faktlar

Futbol tarixi juda boy va qiziqarli. Arxivlarni titkilash asnosida har qadamda muxlislarni qiziqtiradigan ma’lumotlarga duch kelish mumkin. Quyida hukmingizga ana shunday qiziqarli, hayratlanarli ayrim faktlarni qisqa va lo‘nda holda havola etyapmiz. O‘ylaymanki, bu kabi ma’lumotlar sizni qiziqtirmasdan qolmaydi. Zero, qisqa va lo‘nda gapga nima yetsin?
— «Milan»ning afsonaviy futbolchisi Nils Lidxolm «A» seriyasida 367ta o‘yinda 81ta gol urgan va biror marta sariq kartochka olmagan.
— 1989 yilgi Libertadores kubogi finalida Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» klubi posboni Rene Igita penaltilar seriyasida 1ta gol uradi va 4ta zarbani bartaraf etadi.

— «Chayon zarbasi» muallifi Rene Igita odam o‘g‘irlashda ayblanib, qamoqqa tushgan. Aslida u do‘stining qizini garovdan qutqarishda asosiy rolni bajargan. Ya’ni vositachi bo‘lib, 64 ming dollar miqdorida mukofot olgan. Bu Kolumbiya qonunlariga ziddir. Butun mamlakatda uning yonini olganlar ko‘p bo‘ldi. Igita esa o‘zini oqlash uchun qamoqxonada ochlik e’lon qiladi. Oqibatda ozodlikka chiqariladi.

— «Qora o‘rgimchak» laqabli buyuk darvozabon Lev Yashin faoliyati davomida 150tadan ortiq 11 metrli jarima zarbasi yo‘nalishini topgan.

— «Milan» forvardi Aleshandro Patoning Stefani Briti bilan nikoh to‘yiga Braziliya prezidenti Ignasio Lula ham tashrif buyurgan.

— Oliver Kan 2008 yili «Men», deb nomlangan kitobini nashr qildirdi. Lekin u kiperning avtobiografiyasi emas.

— Robin van Persi «Feyenoord» safida o‘ynab yurgan kezlari «Gollandiya go‘zali» tanlovi g‘olibasi Sandra ismli qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 2 hafta qamoqda o‘tirib chiqadi. Keyinchalik uning aybsizligi isbotlangan.

— Paolo Maldini yoshligida «Milan»ning ashaddiy raqibi – «Yuventus»ga muxlislik qilgan.

— Paolo Maldini 2008 yilning 17 fevralida o‘zining 1000-rasmiy o‘yinini o‘tkazdi. Ularning 981tasida 1-daqiqadan maydonga tushgan va 916tasida almashtirilmagan. Umuman, «Milan» faxri faoliyati davomida jami 1042ta uchrashuvda qatnashgan.

— Karles Puyolning otasi yo‘l ishchisi bo‘lib ishlagan va asfalt yotqizayotganida traktor ostida qolib ketib, fojiali tarzda olamdan o‘tgan.

— Kakaning to‘liq ismi-sharifi – Rikardo Izekson Dos Santos Leyta. Kaka esa laqab: u futbolchining ukasi Rodrigo (Digao) tomonidan berilgan.

— Fernando Torres 19 yoshidayoq «Atletiko» sardori bo‘lgan.

— Pele bilan tengdosh bo‘lgan Gennadiy Krasnitskiy 1963 yili sobiq ittifoq klublar terma jamoasi safida Braziliya darvozasiga gol urgan – jarima zarbasidan.

— Braziliya terma jamoasi massajchisi Mario Ameriko «sariq devlar» bilan 25 yil faoliyat ko‘rsatgan. U 1950-1975 yillarda jamoa massajchisi bo‘lib ishlagan va naq 7ta mundialda (!) ishtirok etgan yagona shaxsdir.

— Ronaldoning JCh-2002 finalidagi o‘ziga xos soch turmagi The Sun nashri tomonidan futbol tarixida eng yaxshisi, deb topilgan.

— Manchester TV 1998 yildan, Milan Cannel 1999 yildan, Chelsea TV esa 2001 yildan o‘z namoyishlarini boshlagan.

— «Buyuk derbi», ya’ni «Palmeyras» va «Korintians» jamoalari o‘rtasida 1974 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga 120522 muxlis tushgan. Bu o‘ziga xos rekorddir.

— «Turk klassikosi» ishtirokchilaridan «Fenerbaxche» Yevropa, «Galatasaroy» esa Osiyo hududida joylashgan.

— «Shalke-04» Adolf Gitlerning sevimli jamoasi bo‘lgan.

— Urugvayning «Penyarol» va «Nasonal» jamoalari birgalikda jami 85 marta mamlakat chempioni bo‘lishgan va Libertadores kubogida 8 bora g‘olib chiqishgan.

— «Penyarol» va «Nasonal» jamoa-lari bahsida (1990 yil) hakam 22ta qizil kartochka ko‘rsatgan, buning ustiga, 9 nafar futbolchi va bir murabbiy hibsga olingan.

— Gretsiyaning AYeK (Konstantinopol atletika ittifoqi) klubini Turkiyadan haydalgan qochoqlar tashkil qilishgan.

— Rayan Giggz faoliyatini Manchester shahrining ikkinchi klubi – «Manchester Siti»da boshlagan.

— 1968 yili Chempionlar kubogi turnirida g‘olib chiqqan «MYu» 1974 yili kutilmaganda quyi ligaga tushib ketgan.

— «Milan» bilan ko‘plab yutuqlarga erishgan murabbiy Arrigo Sakki bir paytlar poyafzal sotuvchisi bo‘lgan.

— 1943 yili Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan «Barselona»-«Real» bahsida o‘ta jangovar hisob qayd etilgan – 5:5.

— Grands Scotch Whisky kompaniyasi sport tarixidagi eng salbiy xarakterli shaxslarni aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida maxsus so‘rov o‘tkazadi. Unda «Temir Mayk» – Mayk Tayson 1-o‘rinni olgan. Ikkinchi o‘rin esa 1986 yilgi JChda inglizlar darvozasiga qo‘li bilan gol urgan Maradonaga berilgan.

— Marko Materatssi bolaligida basketbolchi bo‘lishni orzu qilgan, afsonaviy Maykl Jordan uning sportdagi kumiri hisoblanadi. Markoning aynan Jordan o‘ynagan 23-raqamni o‘ziga olgani bejiz emas.

— 1995 yili jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan liberiyalik Jorj Veada oz emas, ko‘p emas naq 15 nafar (!) aka-uka va opa-singli bo‘lgan.

— Alan Shirer yoshligida duradgor bo‘lishni orzu qilgan.

— O‘tmishda «Liverpul» va «Tottenxem» klublarida nom qozongan mashhur himoyachi Neyl Riddok 2002 yilning dekabrida ortiqcha vazni sabab «Suindon Taun» klubi safidan chetlatilgan. 95 kilogrammli (!) bechora futbolchiga 86 bichimdagi trusadan birortasi to‘g‘ri kelmagach, rahbarlar unga jamoadan ketishni maslahat berishgan.

— Afsonaviy darvozabon Dino Zoff professional faoliyatidagi debyut uchrashuvida 5ta (!) gol qabul qilgan…

Manba: furqatyusupov.blogspot.com

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar