Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.05.2016

Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari 9/11 teraktlari haqidagi maxfiy ma’lumotlar chop etilishiga…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 262
Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari 9/11 teraktlari haqidagi maxfiy ma’lumotlar chop etilishiga…
CIA Director John Brennan pauses while speaking at the Overseas Security Advisory Council's (OSAC) 30th annual briefing at the State Department in Washington November 18, 2015. REUTERS/Kevin Lamarque - RTS7SA3

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennan 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar  haqidagi ma’ruzaning maxfiy qismi chop etilishiga qarshi chiqdi, --[rss.rbc.ru]-[top_stories_brief_news]]deb yozadi “RBK”. Brennanning bayonoti NBC telekanali efirida yangradi.

MRB rahbari so‘zlariga ko‘ra, kongressning tekshiruvi “dastlabki hisobot” bo‘lgan, xolos. Oxir-oqibat unda ko‘tarilgan masalalar 9/11 teraktini tekshirish bo‘yicha komissiya tomonidan “to‘liq tadqiq qilingan va o‘rganilgan”.

“Komissiya a’zolari Saudiya hukumati yoki alohida saudiyalik amaldorlar ‘Al-Qoida’ga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatganini isbotlovchi hech qanday dalillar bo‘lmagani haqida aniq aytib o‘tdi”, — dedi Brennan.

“O‘ylashimcha, ba’zi odamlar Saudiya Arabistonining ishtirokini ko‘rsatib berish uchun tasdiqlanmagan, tekshirilmagan axborotga yopishib olishi mumkin, buni esa men juda juda noto‘g‘ri deb hisoblayman”, — deya qayd etdi u.

Teraktlar tekshiruvi haqidagi hisobot 2002-yilda e’lon qilingan, ammo uning 28 sahifalik qismi prezident kichik Jorj Bush qarori bilan maxfiy bo‘lib qolgan edi. AQSh OAVlari ushbu qismdan xabardor bo‘lgan kishilarga tayanib, u yerda Saudiya Arabistonining ba’zi jismoniy va yuridik shaxslari teraktlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida gapirilishini yozgan edi.

Aprelda hisobotning 28 sahifalik qismidan “o‘ta maxfiy” belgisi olib tashlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar