Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.05.2016

La Liga. Bilbaoning “Atletik” klubi kuchli to‘rtlikka kirish uchun yana bir…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 91
La Liga. Bilbaoning “Atletik” klubi kuchli to‘rtlikka kirish uchun yana bir…

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turida zafar quchgan Bilbaoning “Atletik” klubi 4-o‘rinni egallab turgan “Vilyarreal” bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirib oldi.

Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etishdan umidini uzmagan klublar — “Atletik” hamda “Selta”ning o‘zaro o‘yinida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuv debyuti Vigo klubi uchun omadli kelib, “Selta” hisobda oldinga chiqib olgandi.

37-daqiqaga kelib bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi, oradan uch daqiqa o‘tib esa “Selta” futbolchisi Gustavo Kabralni maydondan chetlatdi.

36-turdan keyin “Atletik” 58 ochkoga ega. Bugun, 1-may kuni tunda “Valensiya”ga qarshi maydonga tushadigan “Vilyarreal” hisobida 61 ochko bor. Qayd etish kerak, “Vilyarreal” Yevropa Ligasidagi yurishini davom ettirayotgan bo‘lsa, “Atletik” chorak finalda musobaqa bilan xayrlashgan.

57 ochkosi bor “Selta” ham Chempionlar Ligasidan umidini uzmagan. “Valensiya”ga qarshi o‘yinda “Vilyarreal”ning ehtimoliy g‘alabasi Vigo jamoasining kuchli to‘rtlikka kira olmasligini ta’minlab beradi.

Ispaniya La Ligasi
36-tur bellashuvlari
1 may, yakshanba

“Atletik” — “Selta” 2:1

Gollar: Fabio Orelyana, 13 (0:1). Arits Aduris, 38-pen (1:1). Raul Garsiya, 72 (2:1).
Chetlatish: Gustavo Kabral, 40 (S).

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar