Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.04.2016

Ofisda ish samaradorligini oshirish uchun 7 maslahat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157
Ofisda ish samaradorligini oshirish uchun 7 maslahat

1. To‘g‘ri paytni tanlang

Har bir kishida ishlash samaradorligi darajasi, ya’ni eng faol bo‘ladigan va sustlashib qoladigan vaqtlar har xil. Shunga qarab eng mas’uliyatli vazifalarni kunning faolligingiz yuqori bo‘lgan qismiga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.

2. Avval qiyini

Sizga yoqimsiz bo‘lgan ishlarni eng avval va tez qilib qo‘yishga harakat qiling.

3. Kunlik maqsadga ega bo‘ling

Har kuni ertalab kun davomida erishmoqchi bo‘lgan bironta maqsadni belgilang. Yo‘nalish hissiga ega bo‘lgach, butun kunni shu ishni bajarishga sarflaysiz.

4. “Maqsadchalar” qo‘ying

Masalan, ishingiz maqola yozishdan iborat bo‘lsa, ish stoliga o‘tirishdan oldin o‘z-o‘zingizga: ”Beshta maqola yozmagunimcha o‘rnimdan turmayman!” – deng. Va bu maqsadga yetmaguncha to‘xtamang.

5. O‘xshash vazifalarni birga saralang

Elektron pochta bilan bog‘liq ishlarni bir vaqtda bajaring. Yana boshqa bir vaqtda barcha telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiring. Ishlaringizga bu tarzda yondashish ancha vaqtingizni tejaydi.

6. Pareto tamoyilini qo‘llang

Bu tamoyilga ko‘ra, siz bajarishingiz mumkin bo‘lgan ishlarning 20% i sizga 80% lik foyda keltiradi. Ya‘ni ishingizdagi ba‘zi vazifalar (odatda eng qiyin va yoqimsizlari) ishingizning asosiy qismini tashkil qiladi. Agar siz e‘tiboringizni shu 20% ga qaratsangiz vaqtdan yutasiz.

7. Vaqtni chegaralang

Vazifaga kirishishdan avval o‘zingizga bu ishni bajarish uchun vaqt chegarasini belgilang. Bu kuch va vaqtingizni jamlab shu ishga yo‘naltirishda sizga katta yordam beradi.

Maqolada mashhur “muvaffaqiyat murabbiysi” (success coach) Stiven Pirs maslahatlaridan foydalanildi.

Manba: Daryo.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar