Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.04.2016

Suvsar katta adron kollayderini vaqtinchalik ishdan chiqardi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 340

Yadroviy tadqiqotlar bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YaTYeT)dagi Katta adron kollayderida, suvsar transformatorlardan birini “tatib ko‘rgach”, elektr toki uzildi, deb yozadi TJournal.

Suvsar katta adron kollayderini vaqtinchalik ishdan chiqardi

Tashkilot hisobotida elektr toki uzilishiga suvsar sababchi bo‘lgani, u 66 kilovoltli transformatorda qisqa tutashuvni yuzaga keltirgani aytiladi.

YaTYeT matbuot xizmatidagilar tutashuvga kichik jonivor sabab bo‘lganini tasdiqladi. Kollayderning ishlash qobiliyati bir necha sutka ichida qayta tiklanishi mumkinligini ma’lum qilishdi.

Shunisi qiziqki, tashkilot hisobotida yuqori kuchlanishli simlarni chaynab ko‘rishga jasorat etgan jonivor “suvsar yoki sassiqkuzan” deya ikki xil nomlangan.

Katta adron kollayderi — zaryadlangan zarralarni tezlatuvchi majmua. U Fransiya va Shveysariya chegarasida, yer sathidan 175 metr pastda joylashgan. Aylana shaklida qurilgan tunnel uzunligi 27 km. U dunyodagi eng katta va quvvatli zarracha tezlatkichidir. KAKdagi eksperimentlar 2013-yil fevralida to‘xtatilgan, kollayderning o‘zi esa uch yillik faol ishlashdan so‘ng reja bo‘yicha ta’mirlash uchun yopilgan edi. 2015-yil aprelida esa KAK qaytadan ishga tushirildi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar