Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.04.2016

Sochlarni qanday parvarish qilish kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 727
Sochlarni qanday parvarish qilish kerak?

Barcha sochlari doimo jilovkor va mayin bo’lib turishini hoxlaydi. Quyida sochlarni qanday qilib to’g’ri parvarish qilish borasida bir qancha maslahatlar berib o’tamiz.

Sochni parvarish qilish. Kir sovun bilan bosh yuvish tavsiya etilmaydi. Boshni chayqash uchun ishlatiladigan oxirgi suvga sirka yoki limon suvi qo’shilsa (1 litr suvga 1 choyqoshiq) soch ipakdek mayin bo’lib yaltirab turadi. Oqish va sariq rangdagi sochni chayish uchun moychechak damlamasini (2 osh qoshiq moychechak 1 litr suvda 10—15 minut qaynatiladi, so’ng dokadan o’tkazib, suzib olinadi) ishlatish mumkin.

Shunda soch chiroyli tilla rang tusga kiradi. Soch juda yog’li bo’lsa, boshni chayish uchun ishlatiladigan suvga novshadil spirt qo’shish mumkin (1 litr suvga 1 choy qoshiq.

Quruq sochni faqat sariyog’ qo’shilgan maxsus sovun bilan yuvish tavsiya etiladi. Xalqimizda qadimdan sochni sovun o’rniga qatiq surtib yoki tuxum sarig’ini ishlatib yuvish usuli keng qo’llab kelinadi. Bunda bosh terisi va sochga qalin qilib qatiq surtiladi va 10—15 miniut ro’mol bilan o’rab qo’yiladi, avval issiqroq, so’ng issiq suv bilan yaxshilab yuviladi. Hozirgi davrda ko’pchilik, ayniqsa yoshlar qatiq bilan yuvganda xidi kelib turadi, deb har xil kimyoviy moddalar aralashmasidan tayyorlangan shampunlar bilan yuvishni ma’qul ko’radilar. Sochning chiroyli, uzun bo’lishi uchun uni faqat yangi qatiq bilan yuvib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi qatiq bilan yaxshilab yuvilgan sochdan hech qanday hid kelmaydi, soch tomir va ildizlari mustahkamlanadi, shuningdek bir xil narsa bilan yuvishga soch odatlanadi, natijada kam to’kiladi, yaxshi o’sadi, rangi ham chiroyli bo’lib, kam oqaradi. Hozirgi yoshlarning boshiga nazar tashlasak, ularning 50 foizida 25—30 yoshidan boshlab sochlari oqarib ketayotganini va soch bo’yog’idan foydalanib yurishlarini ko’rish mumkin. Sochni erta oqarish, siyraklashib, to’kilib ketishidan saqlash uchun, uni bir xil tartibda, qatiq ishlatib yuvish o’zining ijobiy samarasini beradi. Bunday tartibga amal qilinganda 50—55 yoshdan so’nggina sochga oq oralay boshlaydi. Bu holni normal, tabiiy oqarish deb hisoblash mumkin. Agar bu yoshdan ancha ilgari oqargan sochlar bo’lsa, ular kasallikka chalirigan sochlar hisoblanadi. Agar soch yog’liroq bo’lsa, uni qatiq bilan yaxshilab yuvib bo’lgandan keyin 1 litr suvga 1 ta tuxum sarig’ini yaxshilab aralashtirib, yana bir bor yuvib tashlash tavsiya etiladi. Aksincha, soch ko’p to’kilayotgan yoki haddan tashqari qumq bo’lsa, istalgan o’simlik moyiga kanakunjut yoki qariqiz moyi qo’shib, bosh yuvishdan bir necha soat ilgari sochga surtib qo’yish lozim.

Soch kalta bo’lsa, uni ildizidan, uzun bo’lsa, uchidan boshlab taroq bilan tarash kerak. Yuvib bo’lgandan so’ng boshni yaxshilab yumshoq sochiq bilan artib quritish kerak. Uni boshga o’rab qo’yish yoki ro’mol bilan o’rab qo’yish kishi salomatligiga zarar etkazadi. Chunki boshni yuvganda, albatta, issiq, suvga yuviladi, shunday ekan, tabiiyki, bosh terisi isib bug’lanadi. Shu bug’lanish ochiq holda bo’lsa, soch tez quriydi, aksari holda bug’lanayotgan soch sovib, bosh terisini ham sovitib qo’yadi, ayniqsa ho’l holida ro’mol bilan bog’lab tangib olinsa, natijada bosh terisi yoki miya shamollaydi.

Hozirgi kunda sochni cho’tka (massaj taroq) bilan tarash ko’pchilikka urf bo’lmoqda. Bunday tarash vositasi ko’proq kalta sochlar uchun qulaydir. Aslida uzun soch uchun ham, kalta soch uchun ham xalqimizning qadimdan ishlatib keladigan shamshod va shu singari yog’och taroqlaridan foydalanish ayni maqsadga muvofiqdir. Chunki uning ikki tishi ikki holatda sochni tarashga mo’ljallarigan. Soch chigal bo’lgan vaqtda katta tishli tomoni bilan taralsa, turmaklash vaqtida esa mayda tishli tomonida taraladi. Bunday shamshod, yog’oq, tut daraxtlari parragidari tayyorlangan taroqlar bilan boshni yuvganda, avvalo soch yaxshi toza bo’ladi, sirka, bit tushishiga yo’l qo’ymaydi.

Shuningdek, bu taroqlar bilan sochni tarayotganda elektrlanmaydi, natijada soch ham kamroq to’kiladi. Cho’tkali taroqda taralganida esa soch elektrlanadi, ayniqsa quruq soch bo’lsa kuchli elektrlanadi, natijada soch tolasi taralayotgan vaqtda tez uziladi va ko’proq to’kiladi.

Наг bir kishida o’zining tarog’i bo’lishi kerak. Boshqalar tarog’i va cho’tkasidan foydalariish mumkin emas.

Bolalar sochini oldirish yoki kestirish ozodalik va ko’rkamlik maqsadida qilinadi, lekin u sochning yaxshiroq o’sishi uchun yordam bermaydi. Shuningdek, boshni o’stirada, qirdirish ham sochni mustahkamlamaydi.

Og’ir va tor bosh kiyim kiyish, ayrim ayollar kabi parik bilan yurish bosh terisini siqib qo’yadi va ayni vaqtda sochga havo tegib turishini qiyinlashtiradi, soch to’kilishini kuchaytiradi. Oftob, shamol, dengiz suvi, chang va boshqalar ta’sirida soch rangsizlanib, xira tortadi, quruq, mo’rt bo’lib qoladi. Sovuq, keskin harorat o’zgarishlari ham soch holatiga yomon ta’sir ko’rsatadi. Changda ishlaganda boshga ro’mol o’rash, cho’milgan vaqtda rezinka qalpoq kiyib olish kerak. Sochni qattik, bog’lash, tortib o’rash, shuningdek sochni qattiq qilib o’rash uni mo’rtlashtiradi va to’kilishiga sabab bo’ladi.

Soch kepakli bo’lsa, xalq tabobatiga ko’ra, lavlagi suviga chayilsa, uni yo’qotadi va sochni muloyim qiladi.

Harvaqt soch to’kilishi xilma-xil sabablarga: ichki sekretsiya bezlari, jigar, me’da-ichak yo’li a’zolari faoliyatining buzilishi, vitaminlar yetishmasligi yoki soch folikulalari (xaltachalari)ning tug’ma kamchiligi va shu kabilarga bog’liq. Soch to’kilishi asosan organizmning, eng avvalo nerv sistemasi umumiy ahvolining buzilishi tufayli boshlanadi. Seboreya (yog’ ajralishining buzilishi) natijasida ham soch vaqtdan ilgari to’kilishi mumkin.

Vaqtincha yoki doimiy soch to’kilishi boshning sochli qismi terisiga zamburug’lar yuqqariligi natijasida bo’lishi ham mumkin, bu holda soch har joydan to’kilib ketadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar