Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.04.2016

Ishlarni keyinga qoldirishni qanday qilib tark etish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 193

Ko’pchilik insonlarning eng sevimli so’zlari “ertaga” yoki “keyinroq” bo’lsa ajab emas. Muhim ish qilish payti kelganda uni ortga suraveradigan insonlar o’sishga erisha olmaydilar. Ammo bu odatdan osongina qutulib olish mumkin. Bugun Gooper.uz‘da ishlarni keyinga qoldirishni bas qilishga yordam beruvchi maslahatlarni taqdim etamiz. Marhamat!

Ishlarni keyinga qoldirishni qanday qilib tark etish mumkin?

“Yaqinda” yoki “Yaqin kunlarda bajaraman” degan va’dalarni berishdan yiroqlashing.

“Yaqinda” tushunchasi bir kun yoki bir necha hafta ma’nosida ham tushunilishi mumkin. Agar insonlarga va’da berayotgan bo’lsangiz, aniq vaqtni aytishga odatlaning va va’dangiz ustidan chiqishga harakat qiling. Misol uchun: “Bu ma’lumot sizning stolingizda payshanba kuni soat 4:00 da bo’ladi” deganingiz ma’qul ishdir.

Enga muhim ishlarni birinchi navbatda bajarishga odatlaning.

Ishlaringizni muhimidan boshlang. Ko’pgina ishlar muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin: Sizga elektron xat kelgani yoki telefonda muhim ishingizni hal qilishingiz kerakligi haqidagi eslatma. Siz bu ishni muhimligini xatni o’qiganingizda yoki telefonda suhbat qurganingizdan so’nggina bilishingiz mumkin. Xatlarga kuniga 2 yoki 3 marta javob berishga odatlaning. Agar ishingiz ko’p bo’lsa, hamkasblaringizdan telefonga javob berishni iltimos qiling.

O’zingizga: “Buni hozir qilaman” deyishni uqtiring

Uy ishlarining eng muhimi ularni boshlash. Kiyimga dazmol qilish yoki unitazni tozalash hech kimga ilhom bag’ishlamaydi. Shunda “Buni hozir qilaman” deb ovoz chiqarib aytishni o’rganing.

O’zingizni rag’batlantirish tizimini tadbiq eting

Siz o’zingizga: “hozir, avval choy ichib olay, so’ngra boshlayman” deganingiz bilan bu choy ichish divanda televizor ko’rishga ulanib, so’ngra internetda muloqotga aylanib ketishi haqida nima deysiz? Internetdan chiqqaningizda qancha vaqtingiz o’tib ketganini bilasizmi? Bu holda quyidagi usulni qo’llang: O’zingizni rag’batlantirish uchun mukofot tayinlang. Masalan, bajargan ishingiz uchun choy bilan pechenya.

Sizni vaqtingizni o’g’irlovchilardan yiroqda bo’ling

Ish vaqtida keraksiz gaplar bilan sizni vaqtingizni o’g’irlovchilardan yiroqda bo’ling. Agar ular bilan suhbatlashishdan yuz o’gira olmasangiz suhbatni qisqaroq qilishga harakat qiling. Agar tanishingiz suhbatni quyidagi so’zlar bilan boshlasa: “Kecha kechqurun men bilan nima voqea bo’lganini bilsang edi” siz unga meni muhimroq ishlar kutmoqda deb javob berib, suhbatdan bosh tortishni o’rganing. Agar siz vaqt o’g’rilari bilan suhbatlashishni istamasangiz oldindan suhbatni qisqa qilish yo’llarini ishlab chiqing.

O’z bioritmlaringizdan foydalaning

Har bir insonning ish davomida ko’p yoki kam samara bilan ishlash soatlari mavjud. Lekin: “Men sayroqi qush emasman” deyish sizni ishingizni to’liq bajarmasligingizga omil bo’lmasligini bilishingiz zarur. Agar siz yuqori samara bilan ishlash soatingizni bilsangiz, shu vaqtni muhim ishlarni to’liq bajarishga sarf qiling.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar