Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.04.2016

Toshkentda Markaziy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi tashkil etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 313
Toshkentda Markaziy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi tashkil etildi

Joriy yilning 21–30-aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport saroyida og‘ir atletika bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladigan Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqa doirasida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi rahbarlari hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Turkmaniston va Tojikiston vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishni Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi bosh kotibi Muhammad Hasan Jolud va Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining vitse-prezidenti, doktor Abdulloh Al Jarmal olib bordi.

Unda Markaziy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasini tashkil etish masalasi bir ovozdan ma’qullandi.

Shundan so‘ng, yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining prezidenti etib, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shaxrullo Mahmudov tayinlandi.

Markaziy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga Omar Mustafin (Qozog‘iston), vitse-prezident lavozimlariga esa Omurjan Moldodosov (Qirg‘iziston), Bashim Agabayev (Turkmaniston), Sharif Davlatov (Tojikiston) tayinlandi.

Yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Markaziy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining qarorgohi Toshkent shahrida (O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining hozirgi joylashgan yuridik manzilida) joylashadi.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar