Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.04.2016

Uyali Telefondan Foydalanish Qoidalarini Bilasizmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 283
Uyali Telefondan Foydalanish Qoidalarini Bilasizmi?

XXI asr — axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davr. Xususan, uyali aloqasiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Biroq telefondan uzzukun foydalanish ham zararli. Bu zararni kamaytirish uchun quyidagi ayrim tavsiyalarga amal qilinsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

1. Suhbat 5 daqiqadan ortiq davom etmasligi va suhbatlar orasidagi vaqt 15 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.

2. Suhbat davomida mobil telefonni boshdan 3 sm.dan yaqin bo‘lmagan masofada ushlang, chunki bu oraliq masofada telefon o‘zidan maksimal darajada nur tarqatadi.

3. Telefoningiz elektr tarmoqdan quvvat olayotgan paytda gaplashmang! Signal bu paytda ko‘p marotaba kuchayadi va bu nurlanish quvvatini oshiradi.

4. Telefonni iloji boricha tananing kam himoyalangan a’zolaridan uzoqroq tutishga harakat qiling. Masofaning uzoqlashishi nurlanishni kamaytiradi. Telefon apparatini sumkada olib yurishni maslahat beramiz. Hattoki telefondan foydalanilmaganda ham tarmoqlararo ma’lumot almashinib turadi.

5. Aloqaga ulanmaguncha telefonni quloqqa olib bormang: telefon displeyida suhbat boshlanganini ko‘rganingizdan keyin quloqqa yaqinlashtirishingiz mumkin.

6. Telefon orqali aldamang va urishmang. Stress holati elektromagnit nurlanish ta’sirini kuchaytiradi.

7. Mashina yoki avtobusning ichida mobil telefondan foydalanmang, chunki elektromagnit to‘lqinlar metall korpusdan qaytib bir necha bor kuchayadi.

8. Chaqmoq paytida telefondan foydalanmang. Sababi, telefondan foydalanayotgan insonni foydalanmayotgan insonga nisbatan chaqmoq urish ehtimoli yuqori.

9. Bolalarning telefondan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Bolalardagi bosh suyagi juda yupqa, ularning miyasi esa shakllanish bosqichida.

10. Dars jarayoni va turli tadbirlar oldidan telefonni o‘chirib qo‘ying. Chunki nurlanish atrofingizdagilarga zarar yetkazishi bilan birga, axloqiy madaniyatga ham to‘g‘ri kelmaydi.

§ Elektromagnit to‘lqinlarning bola organizmiga ta’siri
Bolalarda mobil aloqa vositalariga qiziqishning ortishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki bola organizmi elektromagnit nurlanishga ta’sirchan, bu esa quyidagi kasalliklarga olib keladi:

— glioma (bosh miya o‘simtasi)dan kasallanish ehtimolini 39 foizga,

— so‘lak bezi o‘simtasi paydo bo‘lishini 50 foizga,

— nevrilemma (quloq va miyani bog‘lab turuvchi) asab tolalari o‘simtasi hosil bo‘lishi ehtimolini 3,9 foizga oshiradi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar