Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.04.2016

Rossiyaga Ravon R2 yetkazilishining kechikishi sababi ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 239
Rossiyaga Ravon R2 yetkazilishining kechikishi sababi ma’lum bo‘ldi

Ravon R2 ixcham xetchbeki Rossiyadagi dilerlarga aprel oxirigacha yetkazilishi kerak edi, ammo obyektiv sababga ko‘ra, yetkazib berish jarayoni kechikib qoldi, deb yozadi “Kolyosa” nashri.

“Bungacha O‘zbekistondan Rossiyaga barcha avtomobillar temir yo‘l orqali yetkazib berilar edi, — deya izohlashdi kompaniya matbuot xizmatidagilar. — Temir yo‘l orqali tashish tariflari keskin oshib ketdi. Bu tufayli avtomobillar narxi ham oshishi muqarrar edi”. Shu sababli yangi avtomobilni tashishning boshqa usuli topildi.

Ravon R2’ning birinchi partiyasi Rossiyaga avtovoz (avtomobil tashuvchi yuk mashinasi)larda yetkaziladi. Bunday yechim modelning avval e’lon qilingan narxini saqlab qolish imkonini berdi. Qolgan partiyalar narxi qanday o‘zgarishi ma’lum qilinmayapti.

Avvalroq Ravon R2 avtomobili Rossiyada 10-aprel — dastlabki buyurtmalar qabul qilina boshlaganidan bir oy o‘tib, savdoga chiqishi xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobilning 1,25 litrli, 4 silindrli, 85,5 ot kuchiga ega dvigatel va minimal komplektatsiyadagi Comfort AT versiyasi bahosi 369 ming rubl (taxminan 4920 dollar)dan boshlanadi.

Optimum AT versiyasida xaridor ikkita o‘rniga to‘rtta xavfsizlik yostiqchasi, eshiklarni blokirovka qilish tugmalari, passiv signalizatsiya, bort kompyuteri, konditsioner va boshqa qulayliklarga ega bo‘ladi. Bunday mashina narxi 439 ming rubldan (5850 dollar atrofida) boshlanadi.

Elegant deb nomlangan maksimal komplektatsiyada oldingi versiyalarga qo‘shimcha oltita xavfsizlik yostiqchasi, oldingi o‘rindiqlarning isitilishi, olti kolonkali audiotizim, to‘rtta eshikda elektr oyna ko‘targichlar, rulga o‘rnatilgan audiotizimni boshqarish pulti taklif etiladi. Bunday avtomobilga 469 ming rubl (6250 dollar atrofida) va undan yuqori narx belgilangan.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar