Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.04.2016

Rotshildlar sulolasining har kimni boy qilishi mumkin bo‘lgan 6 qoidasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 274
Rotshildlar sulolasining har kimni boy qilishi mumkin bo‘lgan 6 qoidasi

Rotshildlarning buyuk boylik ramziga aylanishiga sulola asoschisi Mayyer Amshel Rotshild erishgan, deb yozadi “Interesno”. U o‘z farzandlari uchun oltita qoidadan iborat Rotshildlar kodeksini yaratdi, uning sharofati bilan sulola haligacha badavlat va hashamatli hayot kechirmoqda.

1-qoida

Biznesda muhim lavozimlarning barchasini oila a’zolari egallashi kerak (yollanma ishchilar emas); ishlarda faqat erkaklarning avlodlari qatnashishi, faqat erkak jinsidagi bevosita merosxo‘rlar meros olishi kerak.

Agar aka-ukalar bir ovozdan boshqa qarorga kelmasa, to‘ng‘ich o‘g‘il oila boshiga aylanadi.

2-qoida

Oiladagi erkaklar to‘plangan boylik oila ichida qolishi va umumiy ishga yarashi uchun xolavachcha, amakivachcha, tog‘avachcha, ammavachchalariga uylanishi kerak.

Qizlar oqsuyaklarga turmushga chiqishi kerak. Mayyer Amshel avlodlari tuzgan 58 ta nikohning teng yarmi xolavachcha, amakivachcha, tog‘avachcha, ammavachchalar o‘rtasida bo‘lgan.

3-qoida

Har qanday vaziyatda ham oilaning mulkini tavsiflab bermaslik, davlat hajmini oshkor etmaslik kerak. Hattoki sudda va vasiyatnomada ham. Aka-ukalar o‘rtasidagi bahslar oila ichida, birdamlikni saqlagan holda hal etilishi kerak.

4-qoida

Hech qachon haddan tashqari ko‘p daromad ortidan quvmaslik kerak va o‘z-o‘zini har qanday tasodiflardan himoya qilish kerak, har narsada me’yorni bilish va nishonni hech qachon ko‘zdan qochirmaslik kerak.

Mayyer Amshel Rotshildning o‘g‘illari ushbu qoidaga rioya qilib, faqat chuqur o‘ylangan va ishonchli uzoq muddatli loyihalarga sarmoya kiritishga harakat qilgan. Ammo ular Napoleonning Vaterlooo yaqinidagi jangda qozongan muvaffaqiyatlaridan qayg‘urib, o‘z aksiyalarini London birjasida shoshilinch sotgani bilan bog‘liq holat haqida ma’lum.

5-qoida

Kamtarlik boylikka olib borishini hech qachon unutmang!

Rotshildlarning umumiy boyligi, ekspertlarning eng kamtarona baholariga ko‘ra, 3,2 trillion dollardan oshadi. Ammo aniq raqamni hech kim bilmaydi, chunki oila haligacha o‘z daromadlarini fosh etmaslikka urinadi.

6-qoida

Bilimi bor dunyoni egallaydi!

Ushbu qoidani Mayyer Rotshildning besh o‘g‘li amalda isbotlab berdi, ular Yevropaning turli burchaklarida yashasa-da, bu sulolaning muvaffaqiyatiga faqat ijobiy ta’sir o‘tkazdi, chunki global xabardorlik axborot bilan tez bo‘lishish va optimal yechimlar qabul qilish imkonini berardi.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar