Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.04.2016

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 627
Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Biz stressli jarayonlarni hayotimizdan butunlay olib tashlay olmaymiz. Ammo bo’layotgan hodisani boshqa nuqtayi nazardan olib, turlicha tasavvur etishimiz va his qilishimiz mumkin. Hozir esa Gooper.uz da mashhur psixoterapevtlarning stressni boshqarish borasida aytgan samarali usullari haqida bayon qilamiz.

Stress holatiga tushib qolgan inson barchasini har xil tomondan, his tuyg’uni bir chetga surib qo’yib o’ylashi zarur. Barcha muammolar ham qisqa vaqtda hal etilishni talab qilmaydi. Hamma ishlar ham sizning unda ishtirok etishingizni talab qilmaydi. Muammolaringizni o’zingizning xohish – istaklaringizdan keyin ikkinchi o’ringa qo’yishga intiling!

1. Shaxsiy orzularingiz ro’yhatini tuzib chiqing.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Doimo qaysidir sevgan narsangiz bilan mashg’ul bo’lishni xohlaysiz, ammo noma’lum sabablarga ko’ra uni ortga surasizmi? Unday holdda o’zingizga har oyda bir marta, yoki yarim yilda bir marta eng sevgan mashg’ulotingiz bilan mashg’ul bo’lishni odat qiling. Shu orqali hayotingizda zavq olib yashash imkoniga ega bo’lasiz. Bu esa stressga qarshi eng yaxshi vositadir.

2. Meditatsiya bilan shug’ullaning.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Eng kuchli stress vaqtida yengil nafas oling va tafakkuringizda suzayotgan fikrlarni ohista kuzating. Hayolingizga kelgan hamma fikrlarga o’z munosabatingizni qisqacha bildirib o’ting: “Bu menga halaqit beryapti”, “Bu esa men afsus chekayotgan narsa”. Tasavvur qilingki, barcha salbiy o’y – hayollaringiz boshingiz ustidagi osmonda suzib yuripti. Sizning chiqarayotgan nafasingiz o’sha salbiy “bulutlar”ni haydab, musaffo osmonni vujudga keltiryapti.

3. Hayotingizni qurishda qanday qoidalarga tayanganingiz haqida mulohaza eting.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Ular nimaga asoslangan? Masalan, nega ishdan bo’shatilyapsiz, birgina xatoni depmi? Yoki doimiy mukammallikka intilishingiz ortida qanday urinishlar turipti?

4. Barcha yumushlarni yelkangizga olavermang.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Mayda yumushlarning og’iri bir kishi uchun katta bo’ladi – ammo uni bajara olishni aytish juda oson. Uy yumushlaringizga yaqinlaringizni jalb qilishga harakat qiling.

5. Faqat ishni emas o’zingizni ham o’ylang.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Kuningizni chiroyli rejalashtirishni o’rgandingizmi? Unday bo’lsa, unda dam olish uchun vaqtni ham joriy qiling. O’z imkoniyatlaringizni xolisona baholang va sog’lig’ingiz, shaxsiy ehtiyojlaringizga jiddiy ko’z bilan qarang. Esda tuting, xuddi kasallik kabi stressni ham oldini olgan zarur.

6. Uyga kelayotganingizda barcha elektron qurilmalarni o’chiring(telefon, kompyuter).

Ishga bog’liq barcha narsalardan uyga qaytayotganingizda voz keching. Uyqudan oldin yaqinlaringiz bilan sayrga chiqib, toza havodan to’yib nafas oling. Siz uchun qadrli bo’lgan inson bilan vaqtingizni o’tkazing.

7. Sport bilan shug’ullanadigan bo’lsangiz, o’zingizni zo’riqtirib qo’yishdan qoching.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Agar fitnessni yoqtirmasangiz – u holda tezroq u bilan shug’ullanishni boshlang. Chunki bu stresslarni bosish uchun ajoyib imkoniyat. Mashqlarni shunday tanlangki, ular sizni jismoniy kuch bilan emas, balki energiya bilan ta’minlasin.

8. Ish kuningizda bir nechta to’xtalishlar(pauza) qiling.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Yarim daqiqaga ko’zlaringizni yumib, o’zingizni bo’sh qo’ying. Yoki bir necha muddatga toza havoda sayr qiling, tinchlantiruvchi musiqa eshiting. Agarda toliqish sabablarini bartaraf eta olmasangiz, kuningizni shunday rejalashtiringki, stress bir vaqtda yig’ilib qolmasin.

9. Imkoniyatlaringiz chegarasini o’rganing.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Qaysi ishni qila olasiz, qaysinisi sizning imkoniyatlaringiz doirasidan tashqarida; qancha topshiriqni o’z zimmangizga olasiz, qaysilaridan voz kechish kerak. Agar qattiq stressni boshingizdan kechirayotgan bo’lsangiz birovlarga yordam berishdan ham voz keching.

10. Barchamiz “yo’q” deyish huquqiga egamiz.

Stresslarni boshqara olishni bilasizmi?

Biz hech kimga 100% vaqtimiz davomida aqlli, mas’uliyatli, barchaga yordam beruvchi, mehribon bo’lishga majbur emasmiz. Charchash huquqiga ham egamiz. Ulgurmagan narsalaringizga emas, qilgan ishlaringizga diqqatingizni qarating – hatto eng ahamiyatsiz tuyulayotgan yutuqlaringizni ham ko’ra biling. Shu bilan siz o’zingizga to’g’ri baho bera olishni hamda stresslardan himoyalanishingiz uchun “immunitet”ni shakllantira olasiz.

Ergashev Behzod,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar