Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.04.2016

Kitoblar Haqida Qiziqarli Faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 112
Kitoblar Haqida Qiziqarli Faktlar

Olimlarning aniqlashicha, Sankt-Peterburgning Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonasida saqlanadigan Alisher Navoiyning ilk she’rlari to’plami bundan besh asr ilgari buyuk adibning shaxsiy kutubxonasida saqlab kelingan. Kitob oltin suvi bilan ipak qog’ozda bitilgan, va har bir sahifasi naqshlar bilan bezab chiqilgan. Ushbu to’plam Sharning mashhur hattori Sultonali Mashhadiy tomonidan ko’chirilgan.

***
Har qanday matnni odatdagidan besh marotaba yozib olish imkonini beruvchi stenografiya eramizdan avvalgi 63 yilda Tiro ismli cho’ri tomonidan ixtiro qilingan. U Rimning taniqli davlat arbobi Sitseron huzurida xizmat qilgan.

***
Dunyodagi eng katta kitob Amsterdamning muzeylaridan birida saqlanadi. Bu kitob “Dengiz qoidalari to’plami deb nomlanadi”. Kitobning eni bir metr, qalinligi chamasi yarim metr, uzunasiga esa o’rta bo’yli kishidan ham balanddir.
***
Eng qimmat kitob fransuz Jozef Fore tomonidan nashr qilingan noyob “Apokalipsis” kitobi hisoblanadi. 100 million eski frank miqdorida baholangan ushbu kitob Parijning zamonaviy san’at muzeyida saqlanadi. Vazni – 120 kilogramm.
Amerika muzeylaridan biri Iogann Gutenberg uskunasida nashr qilingan Injil uchun eng yuqori baho, 200 ming AQSh dollari to’lagan.
***
Rohib Gabriel Chelani 80×60 sm o’lchamdagi varaqda Dantening “Ilohiy Komediya”sini sig’dira olgan. Shunday bo’lsa ham, asarning har bir misrasini yordamchi vositalarsiz bemalol o’qish mumkin.
Ushbu varaqqa ma’lum masofadan qaralsa, Italiyaning rang-barang xaritasini ko’rish mumkin. Bunga harflarni ranglar bilan muvaffaqiyatli uyg’unlashtirilishi orqali erishilgan. Gabriel Chelani bu san’at asariga to’rt yil umrini sarflagan ekan.
***
Dunyoning 12 ta eng kichik kitobi bir osh qoshig’ida joylashadi. Ular orasida:
1) Qur’oni Karimning mitti nashri;
2) 12 000 so’zli ingiz tili lug’ati;
3) Galiley Galileo asarlari to’langan kitobcha (uning kattaligi pochta markasining yarmicha keladi va 208 sahifadan iborat);
4) Yangi Ahd (bu kitobcha 1896 yilgacha dunyodagi eng kichik nashr hisoblangan);
5) Shoir Robert Berns sh’erlari to’plangan jild (pergamentda);
6) Fransuz spravochnigi;
7) Nemis spravochnigi;
8) Muso qonunlari kitobi (qadimgi yahudiy kitobidagi eng kichik kitob);
9) Hindlarning “Gita” kitobi (sanskritda);
10) Irland va shotland qo’shiqlari to’plami (notalari bilan);
11) Fransiya Konstitutsiyasi (kitobcha oltin suvi yuritilgan teridan qilingan muqova bilan qoplangan);
12) Prezident Linkolnning Gettisbergdagi nutqi (kitobcha katta barmoqning tirnog’i kattaligida).
***
Dunyodagi eng og’ir kitob Londonning Britaniya muzeyida saqlanadigan geografik atlas hisoblanadi. Kitobning bo’yi bir metrdan ortiq va og’irligi 320 kilogrammdir.
***
Birinchi bo’lib taxallaus ostida ijod qila boshlagan muallif yunon komediografi Aristofan hisoblanadi. Aristofan eramizdan avvalgi V-IV asrlarda yashab o’tgan.
***
Ko’pchilik o’ylaganidek, izquvar (detektiv) Sherlok Holms timsoli mashhur ingliz yozuvchisi Artur Konan Doylning fantaziyasi mahsuli emas. Aslida Sherlok Holmsning prototipi 1910 yilda vafot etgan London izquvari Filipp Big hisoblanadi. U shaharning eng iqtidorli eksperti bo’lib, hayotining oxirgi 25 yilida Londonning barcha eng yirik jinoyatlarini ochib bergan.
***
Yozuvchi Onore de Balzakning g’alati odatlari haqida u hayotlik chog’idayoq ko’p gaplar yurgan. Masaln, har safar yangi asar yozishdan oldin u bir-ikki oy muddatga o’z xonasida qamalib olar ekan. Yozuvchi pardalarni yorug’lik kirmaydigan darajada mahkam yopib olar va uy xalatiga burkanib olib, sham yorug’ida ishlagan. Balzak kuniga 18 soat ishlar va bu vaqt davomida unga kun va tunning farqini bilmaslik muhim edi.
***
Buyuk polyak yozuvchisi Adam Mitskevich fantast yozuvchi bo’lgani hammaga ham ma’lum emas. Mitskevich 1829-1850 yillarda Parijda “Kelajakning tarixi” asarining to’rtta versiyasini yaratadi. U mashhur fantast yozuvchilar Jyul Vern va Gerbert Uelslardan ancha ilgari kelajakning turli-tuman ixtorolari haqida tasavvuri bo’lgan: masalan, yozuvchi kamin oldida o’tirgan holda shaharning biron konsert zalida bo’layotgan konsertni eshitish imkonini beruvchi akustik asboblar haqida yozgan, Yer ahli uchun uzoq sayyoralar jonzotlari bilan aloqa bog’laydigan mexanizmlar tasvirlagan.
***
Volter bir vaqtning o’zida bir necha asarni yozish qobiliyatiga ega bo’lgan. Uning tugallanmagan asarlari odatda stol yoki pyupitr (notalar yoki kitoblarni ochib qo’yichga mo’ljallangan qiya ramka) ustiga yoyib qo’yilgan bo’lardi. O’zining ish stoliga yaqinlashar ekan, Volter nima yozishini bilmas edi – tragediyami, romanmi yoki poema.. U ayni paytdagi kayfiyatiga qarab, ma’lum qo’lyozmani olar va ishini davom ettirar edi.
***
Fantast yozuvchi Jyul Vernning 20 ming asar haqidagi ma’lumotni o’z ichiga oluvchi shaxsiy kartotekasi bo’lgan. Yozuvchi kunning katta qismini ilmiy adabiyot bilan tanishib chiqishga sarflar edi. Jyul Vernning o’z zamonasidagi turli-tuman sohalardan yaxshi xabardorligi uning asarlarida yaqqol ko’rinib turadi va shu bilan hali-hanuz o’z o’quvchilarini hayratga solib keladi. Hozirgi til bilan aytganda, shaxs sifatida Jyul Vern bir ilmiy institutning o’zi edi. Uning kartotekasi sifati va boyligi bilan ilmiy jamiyatlarni havasini keltrirgan.
***
XVI-XVII asrlarda yashab o’tgan ingliz yozuvchisi Jon Stov qirq besh yil davomida kutubxona va arxivlarda ishlab kelgan. Ammo umrining oxirini o’ta qashshoqlikda o’tkazgan. Shu munosabat bilan ingliz hukumati 1604 yilda maxsus farmon chiqaradi. Unda quyidagilar bitilgan ekan: “Stov umrining qirq besh yilini Angliya tarixi bo’yicha ma’lumotlar to’plashga, o’n ikki yilini London va Manchester shaharlarini o’rganishga sarflagani va butun hayotini mamlakatga xizmat qilishga baxshida etgani uchun qirollik marhamati ila unga fuqarolardan sadaqa so’rashini va berilgan hadyalarni o’z ehtiyojlariga ishlatishhiga ruxsat bergaymiz”.
***
“Tibbiyotning eng noyob sirlari” – golland shifokori German Burxavening 100 sahifadan iborat qalingina kitobi shunday nomlangan. Kitobni 1738 yilda shifokor vafotidn so’ng muhrlangan holda topib olishadi. Auksionda 10 ming dollar miqdordagi oltin bahosiga sotiladi. Muhr ochilgach, ma’lum bo’ladiki, sahifalar oppoq, hech narsa yozilmagan, faqatgina titul varag’ida “boshingni salqinda, oyog’ingni issiqda saqlasang, eng yaxshi tabibni ham qashshoqqa aylantirasan”.
***

Uilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” fojiasi asosida fransuz bastakori Guno “Romeo va Julyetta” operasini, rus bastakori “Romeo va Julyetta” simfonik poemasini va Prokovyev “Romeo va Julyetta” baletini yozishgan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar