Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.04.2016

Tonggi soat 6:00 da uyg’onishning 6 sababi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 278

Ko’pgina insonlar muavffaqiyat sababini erta tongda uyg’onish odati bilan izohlaydilar. Bloger Egoza Eyxining ta’kidlashicha ikki yil mobaynida 6:00 da uyg’onish, uning hayot tarzini butkul o’zgartirgan.
Quyida sizni erta tongda turish foydalarini muallif tomonidan izohlangan 6 sababini havola etamiz.

Tonggi soat 6:00 da uyg’onishning 6 sababi

1. Sizda o’z oldinga qo’ygan maqsadlaringiz haqida o’ylashga va fikringizga jamlashga vaqt paydo bo’ladi. Ko’pgina insonlarda buni qilish imkoni bo’lmagandan, o’z maqsadlari tomon ildam qadam bosa olmaydilar. Agar kunni birinchi navbatda qiladigan ishlarga fikringizni jamlagan holda boshlamasangiz, kun davomida qiladigan ishlaringiz baroridan kelmaydi.
Ma’lumki kunning birinchi yarmida miyaning o’ylash qobiliyati yuqori bo’ladi. Bu vaqtni o’z hayotingizni oqilona boshqarish uchun sarflasangiz, foydadan holi bo’lmaydi. Ehtiroslarga berilmaganingiz ma’qul.

2. Sizda kunni rejalashtirish uchun vaqt paydo bo’ladi. So’fito’rg’aylar o’z kunlik rejalarini avvaldan, ya’ni ishga bormasdan turib rejalashtirib oladilar. Agar kunlik ish rejalaringiz avvaldan tuzilgan bo’lsa, o’z ishlaringizni samarali va mukammal bajarishga vaqtingiz bemalol yetadi.
Tunda ertangi kuningizni rejalashtirish – samarasizdir. Miyangiz horiqqan holda rejalar tuzishdan ko’ra hordiq olganingiz afzaldir.

3. O’z ustingizda ishlash uchun – tong eng ma’qul vaqtdir. Kim sizga uyg’onishingiz bilanoq ishingizga shoshingizni aytgan? Ko’pchilik vaqt tanqisligi sababli o’z oilalariga, qiziqishlariga yoki sport zaliga borishga vaqtlari yo’qligidan shikoyat qiladilar.
Agar siz tonggi 6:00 da uyg’onishni odat tusiga kiritsangiz, ishga borguningizga qadar sport zalida shug’ullanishingizga yetarlicha vaqtingiz bo’ladi. Ertalabdan sport bilan shug’ullanish tanangizni endorfinlar bilan boyishiga sabab bo’ladi. Bu gormonlar esa o’z navbatida sport mashg’ulotlari davomida ajralib, sizga quvonch hissini taqdim etadi. Bu esa o’z navbatida kuningizni tetik va xursand holda o’tkazishingizga katta yordam beradi.

4. Siz nonushta qilishni boshlaysiz.
Hayot davomida shunga amin bo’ldimki, nonushta – kun davomida qabul qiladigan ovqatlarning eng muhimidir. Agar siz tongda uyg’onishni odat qilsangiz, nonushtani hech qachon o’tkazib yubormaysiz.
Xopkins-Blumberg sog’liqni saqlash maktabi tadqiqodlari shuni ko’rsatdiki, nonushta qilish odati sog’liq uchun juda muhim ekan. Sizni avtomobilingiz benzinga muhtoj bo’lgani kabi, sizning tanangiz ham ovqatga shunchalik muhtojdir. Ayniqsa tongda.

5. Bu ishni ko’pgina muavffaqiyatli insonlar qiladilar!
Twitter asoschisi Jek Dorsi haqida maqola chop etgan New York Magazine nashriyoti, o’z maqolasida uni ish jarayoni tonggi 5:30 da boshlanishini xabar bergan. Dorsi ish vaqtigacha bo’lgan vaqtni 10 kilometrlik yugurishdan hamda tafakkurini jamlashga sarflar ekan.
Apple bosh direktori Tim Kuk elektron xatlarga javob berishni tonggi 4:30 dan boshlaydi. Virgin Group asoschisi Richard Brenson ham tongda turish tarafdorlari safiga kiradi. Business Insider nashriyotiga bergan intervyusida u tonggi 5:45 da uyg’onishini ta’kidlab o’tgan. U kompyuterida bir muddat ishlab, so’ngra nonushtaga o’tirar ekan.

6. Siz boshqalardan ikki qadam oldinda bo’lasiz. Tadqiqodlar ko’rsatishicha, erta tongda uyg’onish sizni ijodiy salohiyatlaringizni ochilishiga katta yordam berar ekan. Bunga qo’shimcha tarzda sizni o’zingizga bo’lgan ishonchingizni oshishiga sabab bo’ladi. Siz ishlashni boshlaganingizda, raqobatchilaringiz hali uyqudalar.
Men hamma ishlarimdagi noxush hollarni soat tonggi 8:00 gacha hal qilishni o’rgandim. Bu odat menga kun davomida yuqori quvvat bilan hamda ishlarimni ko’ngildagidek bajarishimga juda katta yordam beradi. Erta tongda nohush bo’lgan ishlarni bajarish odati, kun davomida meni havotirlik hissini kamayishiga sabab bo’ldi.
Agar siz o’zingizni odatingizdan ikki yarim soat oldin uyg’onish odatiga o’rgatsangiz, kuniga 150 ish daqiqasini foyda qilasiz. Bu haftasiga 17,5 soat degani, oyiga esa 70 soat, yiliga esa 840 soat degani. Tanlash o’zingizga havola.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar