Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.04.2016

Bugun Shekspir vafot etganiga 400 yil to’ldi: shoirning eng sara hikmatli…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 390
Bugun Shekspir vafot etganiga 400 yil to’ldi: shoirning eng sara hikmatli…

Uilyam Shekspir — mashhur ingliz shoiri va dramaturg. U haqli ravishda eng buyuk ingliz yozuvchisi va dunyoning eng yaxshi dramaturglaridan biri hisoblanadi.

Ijodiy yo’li davomida buyuk dramaturg 17ta komediya, 11ta tragediya, 5ta poema, 154ta soneta va 10ta xronika yaratgan.

Uning pesalari jahonning ko’plab tillariga tarjima qilingan. Biroq Shekspir o’limidan 400 yil o’tsa-da, uning mashhur asarlari borasidagi bahslar xali-hanuz tinmaydi, deb yozadi «Kun».

Shekspir 18 yoshida o’zidan 8 yosh katta Enn Xataueyga uylangan va bu ittifoq natijasida uch farzand — Syuzan hamda egizaklar Xemnet va Judit dunyoga kelgan.

Shekspir Londonga ko’chib o’tganidan so’ng ijod qilishni boshlaydi va tez orada omadli aktyor, dramaturgga aylanadi va «Lord-kamerger xizmatchilari» nomli teatrga asos soladi.

Shoir 49 yoshga to’lganda vatani Stratfordga qaytadi va o’sha yerda 1616 yilda vafot etadi.

Shekspir vafotining 400 yilligi munosabati bilan uning eng sara hikmatli so’zlarini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Chiroyga oshiq bo’lish mumkin, ammo faqat qalb seviladi.

2. Boshqalardan ayb qidirguncha, o’zingizga qiyo boqing.

3. Biror sababdan jiddiy xafa bo’lsak, arzimagan narsalardan asabiylashamiz.

4. Yovuzlik yaxshilikka olib kelmaydi.

5. O’ylamay qilingan har bir ishning o’z mantig’i bo’ladi.

6. Bo’ronda ichilgan qasamlar sokin havoda unutiladi.

7. Ko’ngilga yo’l qidirayotgan erkaklar aprelga, uylanganlar esa dekabrga o’xshashadi.

8. Men qachonlardir his qilgan tuyg’ularimni kechirdim, sen ham kechir — qaytar dunyo.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar