Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.04.2016

Gulbahor Erqulova va Shoira Raufboeva Ozodbek Nazarbekovning jonli ijrodagi kontsertini qoraladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 586
Gulbahor Erqulova va Shoira Raufboeva Ozodbek Nazarbekovning jonli ijrodagi kontsertini qoraladi

Yodingizda bo’lsa, O’zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov joriy yilning 10-20 aprel kunlari Istiqlol san’at saroyida «Mehring sabab” nomli kontsert dasturini taqdim etgan edi. Ushbu kontsert yuzasidan fikrlarini aniq va dadil bayon etgan Gulbahor Erqulova Qalampir.uz saytiga bergan intervyusida O’zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni tanqid qildi.

Maqola boshida jurnalist Shoira Raufboevaning Ozodbek Nazarbekovning kontsertiga borgani, kontsert stsenariysi juda bo’sh tayyorlangani, qo’shiqlar ustida jiddiy ishlanmagani, raqqosalarning sahna harakatlari va dekoratsiyalarda ham kamchiliklar ko’pligini tomoshabinga nisbatan hurmatsizlik deb baholab, kontsertning yarmidan zalni tark etgani, bunday fikrlarni faqat Shoira Raufboeva emas, balki kontsertga borgan boshqa yosh xonandalar ham aytgani haqida keltirib o’tgan.

Bir oz avval Rayhon G’anieva, Shahzoda, Lola Yo’ldosheva va O’zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovani tilga olib, ularning ijodini hamin qadar deb baholagan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulbahor Erqulova galdagi achchiq fikrlari bilan Ozodbek Nazarbekovni nishonga oladi.

O’zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning suratini Facebook’dagi sahifasiga joylashtirib, Ozodbekning kontserti haqidagi mulohazalarini yozib qoldiradi. Doim jonli ijroda kuylashni ilgari suradigan Erqulova Nazarbekovning jonli ijrodagi kontsert dasturini qoralaydi.

“Kontsertlarda jonli kuylash qahramonlik emas, degan fikrlar ko’p bo’lyapti. Albatta, o’zini va xalqni hurmat qilgan san’atkor jonli kuylashi shart”, deb yozadi Erqulova o’zining Facebook’dagi sahifasida. Xonanda qayd etgan bu fikrlarni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham tasdiqlaydi.

Shuningdek, xonanda san’atkorlarning xalqni mensimay ketishi va kontsertlarda jonli ijroda kuylamasligi”da tomoshabinlarni ham ayblaydi.

“Jonli ijroda bo’lsin deb muhokama qilingani bilan fonogrammadagi kontsert dasturlarida zal bo’sh qolmayotgandan keyin, san’atkorlar ham shunga yarasha yo’l tutishi”ni kuyunchaklik bilan gapirgan Erqulova kuniga ikki seans qo’yilayotgan kontsertlarda ham odamlar fonogrammani eshitib ketayotganini, bularga faqat qonun yo’li bilan chek qo’yilmasa, shu alfozda qolaverishi”ni aytadi.

Muxlislardan biri esa Gulbahor Erqulovaning ushbu fikrlariga javoban: Jonli ijroda bo’ladi deyishganiga ishonib borgan edik. Kontsertga kirgan odamlarning 70 foizini ko’ngli sovub ketdi. Ikki seans kontsert beraman, deb yaxshi tayyogarlik ko’rishmagan. Birinchi qo’shiq tugamay, ikkinchisiga ulanib ketyapti. O’rtada qarsak chalish degan narsalar ham yo’q” deya o’z mulohazalarini qayd etadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar