Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.04.2016

Dunyoni lol qoldirgan «telba» vazir

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 302

Londondagi ingliz parlamenti binosining qarshisida bir xaykal turibdi. Ushbu xaykal xech qanday maktov so’zlari bilan bezatilmagan. Unda fakatgina bir suz uyib yozilgan: «Cherchill». 1874 yilda Rendolf Cherchill xonim xomilador ayol bulishiga karamay tinimsiz ishlardi. Usha kun xam u ishxonada kulini kuymasdan mexnat kilayotgan edi. Natijada Angliyaning bulajak bosh vaziri ayollar kiyinadigan xonasida dunyoga keldi.

«Telba va ovsar bola»

Kichkina Uinston ota-onasini unchalik quvontirmasdi. Uning otasi Lord Rendolf bo’lajak bosh vazirni «telba va ovsar bola» deb atardi. Ona xam o’g’il tarbiyasiga unchalik e’tibor bilan qaramasdi. Natijada Uinston oilada uchinchi darajali shaxs bulib koldi. Xech kim u bilan ish olishmasdi. Maktabda xam Uinston qiynalib o’qidi. U doimo ikki baxo bilan kifoyalanib, unchalik xarakat qilmasdi. Bundan bezor bo’lgan ota o’g’ildan qutilishga axd qildi. U kichkina Cherchillni xarbiy maktabga topshirishga axd kildi. Ammo omadsiz Uinston xarbiy maktabga xam uchinchi urinishda kirdi.

Dunyoni lol qoldirgan «telba» vazir

Milliy qahramon

Vaqt o’tishi bilan u jurnalistikaga qiziqib ketdi. Adabiyot yo’nalishida Nobel mukofotini qo’lga kiritgan Uinston Cherchill o’z jurnalistik faoliyatini Kubadan boshlagandi. Aynan usha vaqtlarda kubalik partizanlar ispan bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashini olib borishayotgan edi. Ingliz xarbiy jurnalistining reportajlari xammada kizikish uygotdi. Shu asosda Cherchill ismi asta-sekinlik bilan tanila boshlandi. Kubadagi janglar tugagandan so’ng u Hindistonga karab yul oldi. U yerda jurnalist butun mamlakatni kezib chiqib, eng nodir va qimmatbaxo dalil va materiallarni to’pladi. Natijada Cherchill o’zining birinchi kitobini bosmadan chiqardi. Kitob yigirma olti yoshli Cherchillga 4 ming funt sterlinglik daromad keltirdi. Vaqt o’tishi bilan Cherchill ingliz-burlarning jang maydoniga qarab yo’l oldi. Ammo burlar uni xibsga olib, kamokxonaga tiqib kuyishdi. Chaqqon Cherchill o’z sayi-xarakatlari bilan qamoqxonadan kochib ketishga muvaffaq bo’ldi. Inglizlar qochoqni milliy qahramon sifatida kutib olishdi.

Siyosatga kirib kelishi

O’zining ilk siyosiy qadamini Cherchill 1900 — yilda qo’ygan edi. O’shanda u konservatorlar partiyasi nomidan parlamentga saylandi. U palatadagi eng yosh vakil edi. Bir deputat Cherchill xaqida quyidaginlarni yozgandi: «Aslida u eng yosh deputat bo’lgan. Ammo Cherchill o’zini xuddi eng yoshi katta deputatdek tutardi. Uning o’tirish — turishlari menga yoshi katta lordlarni eslatardi». E’tiborli tomoni shundaki, Cherchill birinchi nutqida konservativ partiyaning kamchiliklarini ochiq-oydin ochib tashladi.

1906 yilda Cherchill yana parlament a’zosi bo’ldi. Ammo avvalgi saylovdan farqlirok u liberallar partiyasidan saylandi. Shu vaqtdan boshlab uning siyosiy yo’li boshlandi. O’ttiz ikki yoshida Cherchill koloniyalar bo’yicha vazir o’rinbosari etib tayinlandi. O’ttiz to’rt yoshida u savdo vaziri etib saylangan bulsa, o’ttiz besh yoshida u ichki ishlar vaziri bo’ldi. 1911 yilda uni dengiz-xarbiy vaziri etib tayinlashdi. Ammo Dardanel operatsiyasidagi omadsizlikdan so’ng uni kechira olishmadi. Sababi mahsus operatsiya davomida ko’plab ingliz dengizchilari o’lib ketishgandi. Natijada parlament uni ishdan bo’shatdi.

Tushkunlikka tushmagan Cherchill olg’a xarakat qilaverdi. Mehnatning tagi roxat deganlaridek, 1924 — yilda Cherchill moliya vaziri etib saylandi. Ammo Cherchillni hayoti davomida bir narsa qiziqtirardi. U xam bo’lsa armiya. Cherchill yoshligidan askarlar bilan do’stlashardi. Ikkinchi jaxon urushi Cherchill uchun keng eshiklarni ochib berdi. Aynan shu urush Cherchill uchun zo’r imkoniyatlarni berdi. Imkoniyatni hech qachon boy bermagan Cherchill ishga kirishdi. 1940 — yilda u xarbiy qo’mita tarkibiga kirdi. Shu yilning 10 — mayida esa uni bosh vazir etib saylashdi.

Cherchill kommunizmning ashshadiy dushmani bo’lgan. U hattoki Gitler bilan kommunizmga qarshi shartnoma tuzishga tayyor edi. Ayniqsa, Stalin unda nafrat uyg’otardi. Amerika Qo’shma Shtatlarining prezidenti Ruzvelt esa ingliz bosh vaziri bilan juda iliq munosabatda bo’lgan. Ular tez-tez uchrashib va suhbatlashib turishga harakat qilishardi. Xatto Oq uyda xam Cherchillning yog’och xaykalchasi turardi. Vashington ingliz bosh vazirini qattiq hurmat qilardi. Ikkinchi jaxon urushi tugaganidan so’ng Cherchill saylovda yutkazib qo’ydi. Leyboristlar uni haydab yuborishdi. Ammo omad uni tark etmadi va 1951 yilga kelib Cherchill yana bosh vazir etib saylandi. Vaqt o’tishi bilan Cherchill tez-tez kasallikga uchraydigan bo’lib qoldi. Boz ustiga qariyachilik unga halaqit berardi. Shuning uchun ham u iste’foga chiqishga axd qildi. 1955 — yilda u bu qarorini rasmiy ravishda e’lon kildi. Xayrlashuv kechasida qirolicha Yelizaveta II unga gertsog unvonini berdi. Ta’kidlab o’tish kerakki, oxirgi yuz yillikda ushbu unvon xali xech kimga nasib etmagandi. Ammo Cherchill ushbu unvonni olishdan bosh tortdi! Ahir u parlament a’zosi bo’lib qolmoqchi edi-da. Dauning-strit kuchasidagi qarorgohni tark etayotgan Cherchill xammaga o’zining mashxur panja belgisi bo’lgan «V» (Victoria-galaba)ni kursatib, mashinaga o’tirdi…

Ta’kidlab o’tish kerakki, Cherchill o’ttiz to’rt yoshgacha bo’ydoq bo’lgan. U ko’plab ayollarga xushomad qilishiga qaramay, uylanishga shoshilmasdi. Bosh vazir Etel Berrimor, Margaret Xorn, Pamela Plauden kabi mashxur aktrisalar bilan iliq munosabatda bo’lgani hech kimga sir emas. Nixoyat, 1908 yilda u Klementina Xoze ismli qizchaga uylandi. Qizcha kuyovdan o’n bir yosh kichkina edi. Shaxsiy xayotda, Cherchill juda quvnoq inson bo’lgan. U bolalari bilan uynashni xush kurardi. Orada maqola va turli-xil kitobchalarni yozib turardi. Cherchill quruvchilik ishlari bilan ham qiziqardi. Ta’kidlab utish kerakki, bosh vazir o’z kuli bilan xamom va katta bog’ barpo qilgandi. Klementina Cherchilldan uzoqroq yashadi. U eridan 12 yil ortik yashab, 1977 yilda vafot etdi. Uinston Cherchill o’z barmoqlari bilan kursatgan «V» belgisi esa dune tarixida o’chmas iz qoldirdi.

Manba: Biznestrener.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar