Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.04.2016

KEMBRIJ UNIVERSITETI HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 803

Oliy o’quv yurtlari bo’yicha dunyo reytingida Oksforddan keying o’rinda turuvchi eng zo’r universittlardan biri hisoblanadi. 2011 – yilda byudjeti 4 mlrd funtni tashkil qilgan – Yevropaning eng boy universitetidir.

Asl nomi: University of Cambridge

Xalqaro nomi: (lotincha)Universitas Cantabrigiensis

Shiori: (lotincha) Hinc lucem et pocula sacra. Bu yerdan biz yorug’lik va qimmatli bilim taratamiz.

Asos solingan yili: 1209

Kansler: baron Devid Seynsberi

Ilmiy boshqaruvchi: Leshek Borishevich

Talabalar soni: 18396

Joylashishi: Kembrij, Kembrijshir grafligi, Angliya, Buyuk Britaniya.

Universitet tarixi.

Kembrij universiteti Oksforddan keyingi Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy universitet bo’lib, 1209 – yilda Oksford Universitetini tark etgan olimlar tomonidan tuzilgan. Buning sababi mahalliy aholi bilan bo’lgan nizolar edi. 1214 – yilda ular tomonidan Kembrij Universiteti uchun qonun – qoidalar ishlab chiqilgan. Kebrijning ilk talabalariga falsafa, mantiq, matematika va klassik tillar o’rgatilgan. Keyinchalik majburiy fanlar ro’yhatiga bir qancha aniq va gumanitar fanlar ham qo’shilgan. Universitetning eng qadimgi binosi Pifagor Maktabi hisoblanadi. U universitet asos solinishidan avval, 1200 – yilda qurilgan. Birinchi kollejga esa Piterhaus (Piterhouse) 1284 – yilda asos solingan. Hozirgi kunda umumiy 31ta kollejga ega.

KEMBRIJ UNIVERSITETI HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT

Mashxur bitiruvchilari.

Yer sayyorasidagi hech qaysi universitet son jihatdan Kembrij kabi dunyoga Nobel mukofoti sovrindorlarini chiqarib bermagan. Universitetning 88 ta bitiruvchilari va o’qituvchilariga ushbu nufuzli ilmiy mukofot loyiq ko’rilgan. Ulardan 29tasi – fizika fani bo’yicha; 25 tasi – tibbiyot bo’yicha; 21tasi – kimyo fani bo’yicha; 9tasi iqtisodiyot; 2tasi adabiyot bo’yicha sovrindor bo’lganlar. Bu yerda o’rta asrlarning mashxur olimlari Isaak Nyuton va Frensis Bekonlar taxsil olishgan. Aynan Kembrij universitetida zamonaviy nuclear fizika kashfiyotchilari Ernest Rezerford, N. Bor, J.R Oppengeymerlar tadqiqot ishlarini o’tkazib, talabalarga darslar olib borishgan. Bundan tashqari Kembrijning siyosat borasidagi ko’rsatkichlari ham beqiyos: Kembrijda taxsil olganlarning 15 nafari Buyuk Britaniya premer – ministri bo’lgan, 25tasi esa boshqa davlatlarning boshqaruv raislari bo’lib faoliyat ko’rsatishgan.

KEMBRIJ UNIVERSITETI HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT
Kembrid  Univestiteti gerbi

Kembrij Universtiteti an’analari.

Kembrij universitetiga kirgan har bir talaba uning ko’p asrlardan beri davom etib kelayotgan an’analarining bir qismiga aylanadi. Misol keltiradigan bo’lsak, eng yomon o’quvchilarga – yog’och qoshiq berilar ekan. Oxirgi marta ushbu qoshiq 1990 – yilda Avliyo Ioann kolleji talabasi K.Xolthausga berilgan. Ba’zi bir kollejlarning oshxonalariga talabalar majburiy forma – kulrang kostyum, talabalik mantiyasi va shakli to’rtburchak kistochkali shapka kiyishadi. Bitiruv marosimi Senat binosida(Senat House) bo’lib o’tadi. Bulardan tashqari har bir kollejlarni o’ziga xos an’analari mavjud.

Kembrijda o’quv jarayoni.

Kembrij 150ta fakultet, kafedralar, 6ta alohida maktablarga bo’lingan ilmiy markazlar va institutlardan iborat:

— San’at va gumanitar fanlar

— Biologik fanlar

— Ijtimoiy – gumanitar fanlar

— Fizika fanlari

— Texnologiyalar

O’quv yili uch semestrga bo’lingan: Miklmas(oktabr – dekabr), Lent(yanvar – mart), Ister(aprel – iyun). Har bir semester 8 haftani tashkil qilib, Buyuk Britaniyaning boshqa universitetlaridan farq qiladi. Lekin, talaba semestrlar oralig’idagi ta’til paytida mustaqil ravishda faol shug’ullanishi lozim.

Kembrijda o’qitish dasturi.

Ta’lim darajasi – dasturlar soni

Birinchi oily ta’lim dasturi – 40ta

Magistratura dasturi – 55ta

MBA dasturi – 2ta

Tadqiqotlar dasturi – 192ta

Kembrijda talabalar hayoti.

Kembrij talabalarida arxeologik qazishmalarda ishtirok etish, speleologiya bilan shug’ullanish, J.R.R Tolkinning asarlarini o’rganish, kamondan o’q otish va boshqa qiziqarli ishlar bilan shug’ullanish imkoniyati bor.

Kembrij talabasining hayotida sport katta o’rin tutadi. Deyarli har bir Kembrij kollejida tennis, kriket, regbi va futbol maydonlari, trenajer zallari, lodkalar va qayiqlar bor. Har bir kollejda o’zining sport jamoasi bo’lib, ular Universitet miqyosida o’tkaziladigan chempionat va musobaqalarda qatnashishadi. Sport yilining markaziy chempionati – Versiti musobaqasi(Varsity matches) hisoblanadi. Ushbu musobaqada Kembrij o’zining azaliy raqibi Oksford bilan kuch sinashadi.

Kembrijning kampus, muzey va kutubxonalari.

KEMBRIJ UNIVERSITETI HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT

Universitet kampusi o’zida fakultetlar, kollejlar, umumiy yashash joylari, ilmiy markazlar va institutlarni o’z ichiga olib, shaharning e’tiborga loyiq qismi hisoblanadi. Kembrijga tushib qolgan odam xo’zini xuddi o’rta asrlarda yurgandek his qiladi va bundan rohatlanadi. Kembrij o’zining xiyobonlari, maydonlari va daryolari go’zalligi bilan Oksforddan qolishmaydi. Universitetda 114ta kutubxona mavjud. Markaziysi Universitet kutubxonasi hisoblanadi. U yerda turli xil mamlakat tillarida yozilgan 8 milliondan ortiq kitoblar va qo’lyozmalar saqlanadi. Kembrij kutubxonasining boshqa kutubxonalardan farqi – o’quvchi xohlagan kitobini o’zi bilan birga uyga olib ketishi mumkin. Kutubxonalar kun bo’yi faoliyat ko’rsatadi va bu o’quvchilarning sessiyalarga tayyorlanish vaqtidagi ishlarini yengillashtiradi. Kembrijdan 8ta ulkan muzey o’rin olgan. Ular ichidan eng ko’p qiziqish zamonaviy va qadimiy san’at eksponatlarini o’zida mujassam qilgan Fitsvilyam muzeyiga qaratilgan. Bundan tashqari Arxeologiya va Antropologiya, Zoologiya, Fanlar tarixi muzeylari va chiroyli botanika bog’i mavjud.

Joylashishi va Transport.

Kembrij shahri London shimolidan 88.5 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, u yerdan 45 daqiqa ichida poyezdda borish mumkin. 50 km uzoqlikdagi masofada esa Stansted aeroprti joylashgan.

Kembrij bitiruvchilari karerasi.

Universitet bitiruvchilarini ishga joylashishlarida maxsus markaz – The Careers Service yordam beradi. Г yerda internaturalar va mavjud vakansiyalar haqida ma’lumot beriladi. Bu yerda talabalarga kareralarini davom ettirishlariga yordam beruvchi maxsus kurslar ham ochilgan. Yana universitet bitiruvchilarga o’z mamlakatlarida ishlash eshiklarini ham ochadi. Universitet ish bilan o’qishni aralashtirishni maslahat bermaydi.

Kembrijda o’qish narxlari.

— Arxeologiya, antropologiya, iqtisodiyot, pedagogika, huquq, lingvistika, matematika, politologiya

— va boshqa fanlar 1-2 guruhlari uchun yiliga – 11 829 yevro;

— 3 – guruh fanlari: arxitektura, geografiya, musiqa – 15 480 yevro;

— 4 – guruh fanlari: muhandislik, informatika va menejment – 18 000 yevro;

— 5 – guruh fanlari: tibbiyot va veterinariya.

Bundan tashqari xorijdan kelgan talabaning yashashi uchun 8 060 yevro kerak bo’ladi.

Statistika

Xorijdan kelgan talabalar – 22%

Erkak talabalar – 46%

Ayol talabalar – 54%

Aspirant talabalar – 37%

Kunduzgi bo’linma talabalari – 60%

Tungi bo’linma talabalari – 40%

Birinchi kursda qolgan talabalar – 0%

Kontaktlar.

Veb – sayt: www.cam.ac.uk

Manzil: University of Cambridge, Cambridge Admissions Office, Fitzwilliam house, 32 Trumpington Street, Cambridge, CB2 1QY, UK

Telefon: +44(0)1223333308

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar