Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.04.2016

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 401

Shunday paytlar bo’ladiki, inson qo’llari biron narsa qilishga ojizlik qiladi. Qo’rquv, nafrat ortidan turli ruhiy qiyinchiliklar, og’ir stresslar birin – ketin kela boshlaydi. Xuddi ozgina damdan so’ng aqldan ozadigandek his qilasiz o’zingizni. Bunday vaziyatda qanday qilib tinchlanish va barchasini qaytadan o’z qo’lingizga olishingiz, yashashda davom etishda kuch topa olishingiz mumkin? Bugun Gooper.uz da qiyin damlarni ortda qoldirishingizda sizga asqotadigan maslahatlarni taqdim etmoqchimiz. Marhamat.

1. O’zingizni xursand bo’lishga o’rgating.

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

Insondagi xursand bo’lish xislati ham bir odat hisoblanadi. “Agar siz sodir bo’layotgan hodisalardan ijobiy, quvnoq tomonlarini ko’ra olmasangiz hamda faqatgina yomon narsalar xotirangizda qoladigan bo’lsa, yaxshi yangiliklarga javob beruvchi neyron yo’llari yopiladi” – deydi psixoterapevt Filippo Peri.
Agar miya yaxshi xabarlarni qabul qilmay qo’ysa, bunday neyron yo’llarni o’zi mustaqil hosil qila olmas ekan. Oddiy so’z bilan aytganda biz ichki hislarimizni o’zimiz dasturlashtiramiz. Optimizm – amaliy ish. Nima bo’lganda ham bo’layotgan voqealardan pozitiv onlarni izlab topish, quvnoq damlarni payqash va ularni xotirada saqlab qolish – sizni a’lo kayfiyatda bo’lishingizni kafolatlaydi.
Pozitiv tuyg’ularni uyg’otish uchun esa siz har ishda o’zingizga “bu ishda qanday yaxshi jihat bo’lishi mumkin” deb savol bering.

2. Yomon ham xuddi yaxshidek qadrli.

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

“Asosiysi siz o’zingizga yoqmaydigan hislarni qabul qiling, undan qochib yurish yaramaydi. “ – Filippo Peri. Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori, taniqli amerikalik yozuvchi: “Men o’zimga tegishli bo’lgan va men his qilayotgan narsalarni his etishni xohlayman. Hatto, u baxtsizlik bilan bog’liq bo’lsa ham. Chunki, sen senda bor bo’lgan barcha narsaning o’zisan” — degan ekan. Sizni qiynayotgan fikrlardan qochib qayerga ham borish mumkin. Eng yaxshisi ularni tan olib, qabul qilib, kelgusida bunday bo’lmasligi uchun foydali xulosalar chiqarish lozim.

3. Devorga zarba bergandan ko’ra taslim bo’lgan afzal.

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

1934 – yilda chop etilgan, “Hayotni qanday boshqarish mumkin” deb nomlanuvchi juda eski kitobda Jeyms Gordon Gelki ajoyib maslahat yozib qoldirgan. Agar biz hayot qiyinchiliklariga duch kelsak, avval bu qiyinchiliklarga nima sabab bo’lganligini tushuntirishga harakat qilamiz. Albatta, bu o’ylar oxiri o’zimizni koyish bilan tugallanadi. “nimaga ko’pchilik uchun bu shunchalik qiyin?” – deya so’raydi muallif o’z asarida. “Chunki bolaligimizdan bizga g’alaba – bu kurash va zafar quchish deb aytilgan. Yoshlik davrida shunday bo’ladi ham. Yoshlikda duch keladigan qiyinchiliklar abadiy emas, yoshlik jasorati hamda metin iroda tujayli bunday mashaqqatlar yoshlik davrida yengiladi. Ammo yosh o’tishi bilan vaziyat boshqacha ko’rinish oladi. Bunday damlarda biz o’zimizni xuddi to’rt devor bilan o’ralgan kichik qamoqchaga tushib qolgandek, ushbu devorlarni hech qanday zarb bilan buzib bo’lmaydigandek his qilamiz. Bu devorlarda bizning yaxshilik kunlarimiz ham baxtsiz damlarimiz ham mavjud. Maslahatim shuki, ushbu devorlarni zarba bilan emas, balki ularni o’zingizga qabul qilgan holda mahv eting.” – Jeyms Gordon Gelki.

4. Diqqatingizni o’zingizdan atrofdagilarga qarating.

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

Ya’ni o’zingizga nimani tilasangiz boshqalarga ham shuni ravo ko’ring. Ularning muammolari ham siznikiga o’xshash ekanligini unutmang! Suratdagidek bo’lib qolmang)))

5. Qo’rqmang, aksincha seving.

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

Barchamizning his – tuyg’ularimiz umumiy ikki turga bo’linadi: sevgi va qo’rquv. Ikkovi bir vaqtning o’zida mavjud bo’la olmaydi. Turli vaziyatlarda tanlovga duch kelamiz: sevish(ishonish, qabul qilish, berish, g’amxo’rlik qilish) yoki qo’rqish(ishonchsizlik, qochish, olib qo’yish, xujum qilish). Agar siz sevgini tanlasangiz vujudingizni qo’rquvdan xalos etgan bo’lasiz, ammo aksi bo’lsa, hayotingizda sevgiga o’rin qolmaydi va barcha narsa qo’rquvdan iborat bo’lib qoladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar