Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.04.2016

Tanishish odobi. Qanday qilib suhbatdoshingizda yaxshi taasurot qoldirish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 779
Tanishish odobi. Qanday qilib suhbatdoshingizda yaxshi taasurot qoldirish mumkin?

Notanish insonlar bilan tanishishdan oldin barchamizda unga yoqamanmi degan havotir bo’ladi. Insonlar bilan tanishishdan oldin shuni unutmaslik lozimki, har qanday vaziyatda ham o’zimiz qandoq bo’lsak, xuddi shunday ko’rinishimiz lozim! Hayolimizdagi ideal odamga yoki boshqa birovga taqlid qilib o’zni tutish yaxshi natijalarga olib kelmaydi.

Suhbatdoshimizda biz haqimizda iliq taassurot qolishini, uning maroqli suhbatdoshiga aylanishni istaymiz.Buning uchun esa etiket qoidalari bilan ozmi – ko’pmi tanish bo’lishimiz kerak. Bu qoidalar nafaqat notanish odam bilan suhbatda, balki kundalik hayoitimizning turli vaziyatlarida bizga qo’l keladi.

Barchamizga ayonki, ayollar birinchi bo’lib erkaklar bilan tanishishni boshlashmaydi. Ushbu hol qizlarning uyatchanligi yoki g’ururli ekanliklari tufayli bo’lishi mumkin. Lekin, ular shunday vaziyatda o’zlari bo’lmasa ham, birovdan ularni o’sha yigitga tanishtirishlarini iltimos qilishlari mumkin.

Ammo birinchi bo’lib, o’g’il bolalarni qizlarga, kichiklarni esa kattalarga taqdim etgan holda tanishtirish maqsadga muvofiq. Agarda bir insonni ko’p odam bo’lgan jamoaga tanishtiradigan bo’lsak, umumiy qilib barchaga ismini aytamiz. Javob tariqasida jamoadagi barchani ismini aytish shart emas. Birinchi taassurotimizda hammani ismini eslab qolmasak ham bo’ladi, keyinchalik sekin – asta yodda saqlab qolish mumkin. Notanish inson bilan tanishgach, yangi suhbatdosh ular bilan tanishganidan minnatdor ekanligini aytishi kerak. Bunda ozgina tabassum xalaqit qilmaydi. Shunday qilib, bundan keyingi uchrashuvlarda suhbatdoshingizda sizning tarbiya ko’rgan , yoqimli suhbatdosh ekanligingiz haqida taassurot uyg’otgan bo’lasiz.

Internet ma’lumotlari asosida Ergashev Mirmuhammad tomonidan tayyorlandi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar