Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.04.2016

Rokfellerlar oilasining 10 ta siri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 321
Rokfellerlar oilasining 10 ta siri

Taniqli oilalar orasida Rokfellerlar alohida o‘ringa ega, ushbu familiyani eshitganda, kishining ko‘z oldiga ulkan boylik keladi. Ammo moliyaviy imperiya asosida nima yotishini ko‘pchilik bilmaydi, “Interesno” nashri dunyodagi eng badavlat sulolalardan biriga tegishli sirlarni oshkor etdi.

Ot o‘g‘risi

Tarixdagi birinchi milliarderning otasi Uilyam Rokfeller (o‘shanda uning familiyasi Rokenfeller bo‘lgan) 1810-yilda tug‘ilgan, u rasman dorilar savdosi bilan shug‘ullangan. Ammo u hech qayerda o‘qimagan va tabiblar bilan hamkorlik qilib, dorivorlar sotgan. 1849-yilda Uilyamning o‘g‘li Jon Rokfeller 10 yosh vaqtida oila zudlik bilan yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan: hujjatlar dalolat berishicha, Uilyam ot o‘g‘riligida ayblangan.

Firibgar bilan nikoh

Dunyodagi eng badavlat kishining onasi Elayza Devison bo‘lgan. U Uilyamni nabatdagi firibgarlikda ishtirok etayotgan vaqtida birinchi marta ko‘rib qoladi va: “Kar-soqov bo‘lmaganida, unga turmushga chiqqan bo‘lardim!” — deya xitob qiladi: Uilyam o‘shanda o‘zini kar-soqov qilib ko‘rsatgan edi. Ammo Uilyam bu foydali nikoh bo‘lishini tezda fahmlaydi va Elayza uchun 500 dollar qalin puli berib, unga uylanib oladi.

Katta Rokfeller

Eri uyga o‘z ma’shuqasini olib kelganida ham, kechalari pul ishlash uchun noma’lum tomonlarga ketib qolganida ham, Elayza erini tashlab ketmadi. Uilyam merganlik tanlovlarida mukofotlarni qo‘lga kiritar, “dunyodagi eng yaxshi zumradlar” deya shisha sotar, o‘zini tabiblikka solib, turli qo‘shimchalar (hozirda ular biologik faol qo‘shimchalar deyiladi) bilan savdo qilar edi.

1855-yilda esa u boshqa Margaret ismli qizga uylanib, qorasini o‘chirdi.

Kichik biznesmen

Jon oiladagi tarbiya natijasida kichikligidanoq “biznes” bilan shug‘ullana boshladi. U yetti yoshligida o‘zlari boqib katta qilgan kurka tovuqlarni qo‘shnilarga sotib, undan tushgan 50 dollarni boshqa qo‘shniga bir yil uchun 7 foiz ustama bilan qarzga berdi. Bola mustahkam xotirali, zehni o‘tkir va o‘ta xotirjam edi.

“Amakisi” qo‘lida ishlash

Jon Rokfeller maktabni bitira olmadi. 16 yoshida uch oylik hisobchilik kurslarini bitirib, Klivlendda ish izlay boshladi va olti haftadan so‘ng “Xyuitt va Tattl” savdo kompaniyasiga hisobchi yordamchisi bo‘lib ishga kirdi. Unga dastlab oyiga 17 dollar, keyinchalik 25 dollardan to‘lashdi. 18 yoshida Jon savdogar Moris Klarkning kichik sherigiga aylandi. 1861—1865-yillardagi Fuqarolar urushi tugagach esa Klivlend yaqinida neft koni ochildi. Rokfeller faqat neft bilan shug‘ullanishga qaror qildi, ammo Klark bunga qarshi chiqqach, Jon uning ulushini 72 500 dollarga sotib olib, boshi bilan neft biznesiga sho‘ng‘ib ketdi.

Neftni har qanday yo‘l bilan qo‘lga kiritish

1870-yilda Rokfeller o‘zining mashhur Standard Oil kompaniyasini ochdi. Do‘sti va biznes bo‘yicha sherigi Genri Flagler bilan u tarqoq neft qazib chiqaruvchi va neftni qayta ishlovchi korxonalarni yagona qudratli trestga birlashtira boshladi. Raqobatchilari unga qarshi tura olmas edi. Rokfeller ularga birlashish yoki barbod bo‘lish tanlovini qo‘yar edi. Bu ta’sir qilmasa, shafqatsiz usullar qo‘llar edi. Masalan, Standard Oil raqobatchining mahalliy bozorida narxni tushirib, uni zarariga ishlashga majbur qilar edi. 1890-yilda Shermanning trestga qarshi qonuni chiqdi, u monopoliyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan edi. 1911-yilgacha Rokfeller ushbu qonundan qochib yurishga muvaffaq bo‘ldi, ammo shundan so‘ng Standard Oil 34 ta kompaniyaga ajralib ketdi.

Uy iqtisodiyoti

Rokfeller o‘z farzandlarini mehnat, kamtarlik va kamsuqumlikka o‘rgatgan. U uyda o‘ziga xos bozor iqtisodiyoti maketini yaratib, qizi Laurani “direktor” qilib tayinlagan va bolalarga batafsil hisob-kitob daftarini yuritishni tayinlagan. Bolalarning har biri har bitta yumush uchun bir necha sentdan olgan, har biri polizda o‘z egatiga ega bo‘lgan va u yerda mehnat qilgan, nonushtaga kechikkanlarga jarima solingan.

AQSh yalpi ichki mahsulotining 2,5 foizi egasi

1917-yilda Jon Rokfellerning shaxsiy davlati 900—1200 million dollarga (hozir bu 150 milliard dollarga to‘g‘ri keladi) baholangan, bu o‘sha vaqtdagi AQSh yalpi ichki mahsulotining 2,5 foizi demakdir.

Umrining oxiriga kelib, Rokfeller Standard Oil’ning 34 ta sho‘ba korxonasidagi ulushlaridan tashqari, to‘qqizta bank, oltita paroxodchilik korxonasi, to‘qqizta riyeltorlik firmasi va uchta apelsinzorga egalik qilar edi.

Harbiy sulola

Sulolaning yangi rahbari — Jon D. Rokfeller II (kichik) o‘z otasiga munosib o‘g‘il bo‘lib chiqdi. Birinchi jahon urushi Rokfellerlar oilasiga 500 million dollar, ikkinchisi esa 2 milliard dollar sof daromad keltirdi. Kichik Rokfeller Amerikaning XX asr boshlaridagi eng nufuzli siyosat arboblaridan biri senator Nelson Oldrichning qiziga uylandi.

G‘alati kolleksiya

Kichik Jon Rokfeller o‘zining besh nafar o‘g‘il-qizlariga hashamatli saroy va villalarni qoldirdi. Qishda yosh Rokfellerlar Nyu-Yorkdagi to‘qqiz qavatli oilaviy uyda yashar edi. Ularning o‘z xususiy poliklinikasi, alohida kolleji, basseynlari, tennis kortlari, konsert va ko‘rgazma zallari, uy teatri, velodrom, yaxtada suzish uchun ko‘llari bo‘lgan. Bolalar ulg‘aygach, ularning har biri hashamatli hayot uchun zarur ko‘chmas mulklarga ega bo‘ldi. Aka-ukalarning eng kichigi — bugungi kunda oilaning moliyaviy biznesini boshqaruvchi Devid, Amerika matbuoti ta’kidlashicha, qo‘ng‘izlarni to‘plashga qiziqadi, hozirda kolleksiyasida 40 mingta hasharot yig‘ilgan.

Endi eng badavlat emas

Rockefeller Financial Services boshqaruvi ostida hozir 34 milliard dollarlik aktivlar bor. Ular orasida Vallares neft-gaz guruhi, Johnson&Johnson, Dell, Procter&Gamble va Oracle’dagi ulushlar bor. Kompaniyalarning ko‘pchilik aksiyalari Rokfellerlar oilasiga tegishli.

Ammo Devid Rokfellerning shaxsiy boyligi Forbes tomonidan bor-yo‘g‘i 2,5 milliard dollarga baholanmoqda. Rossiyalik biznesmen Roman Abramovichning shaxsiy davlati esa Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra 10,2 milliard dollarga teng.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar