Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.04.2016

Samarqandlik “odamfurush”ga 10 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 592
Samarqandlik “odamfurush”ga 10 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Tirikchilik o’tkazish, ro’zg’orini butlash ilinjida chet mamlakatga yo’l olgan Sanjar O’lmasovning o’zga yurtda omadi yurishmadi. Samarqandga qaytib kelganidan so’ng ishbilarmonlik borasida halollikni pisand qilmagan edi, pand yedi.

2010 yilda Samarqand shahar sudining hukmi bilan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, jarima jazosiga tortildi. Unga hukumat tomonidan bag’rikenglik ko’rsatilib, amnistiya aktiga asosan jarima jazosidan ozod qilindi.

S.O’lmasov g’arazli va past niyatlarda moddiy boylik orttirishni maqsad qilib, O.Zubaydulloeva, N.Tajibaeva (jinoyat ishining ularga nisbatan qismi mazmunan hal etilgan) va boshqa noma’lum shaxslar bilan til biriktirib, odam savdosidek jirkanch jinoyatga qo’l urdi.

O.Zubaydulloeva boshchiligidagi uyushgan guruhning a’zosiga aylangan Sanjar «rahbar» tomonidan taqsimlangan vazifaga ko’ra, jinoiy to’da a’zolarining Birlashgan Arab Amirliklaridagi supermarketda yuqori maoshli ish bilan tayyorlangan xo’ragiga ilinib, o’zga mamlakatga yo’l olgan sodda fuqarolarni BAA davlatiga olib borish, keyinchalik ulardan shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tadbirlari bilan shug’ullanish lozim edi. U bu ishni qoyillatib bajaradi.

Avvaliga N.Tajibaeva bilan aldov qurboniga aylanib, o’zga mamlakatga borgan, guruh a’zolari tomonidan fohishalik bilan shug’ullanishga mahkum etilgan fuqaro K.Qulmurodovaga (jabrlanuvchilarning ism-familiyasi o’zgartirilgan) BAAda yurishi uchun viza hujjatlarini tayyorlab beradi, deb yozadi «Kun».

Keyinchalik esa V.Eralievaning BAA davlatiga borishi uchun zarur bo’lgan viza hujjatlarini tayyorlab, jo’natib yuboradi. Fuqaro u yerda 40 ming dirham ishlab berish sharti bilan fohishalik qilishga majbur bo’ladi.

Jinoyat ishlari bo’yicha Mirobod tuman sudi tomonidan S.O’lmasovga O’zbekiston Respublikasi JKning 135 moddasi 3–qismi  «g» bandi bilan 10 (o’n) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar