Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.04.2016

Oyoq terlashidan oson xalos bo’lamiz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 934
Oyoq terlashidan oson xalos bo’lamiz!

Ushbu nozik muammo haqida gapirish noqulay, biroq uzoq jim turib ham bo’lmaydi. Negaki o’zini o’zi oshkor qilib qo’yishi hech gap emas. Uni qanday bartaraf etish masalasi bo’yicha dermotolog Nodira AKRAMOVA yuzlandik.

Asosiy sabablar Tirnoq va oyoq kaftida zamburug’lar qo’nim topsa, tirnoq shakli va rangining o’zgarishi, terining dag’allashishi kuzatiladi. Agar o’zingizda shu belgilarni kuzatsangiz, dermotolog shifokorga murojaat qiling. Oyoqda haddan ziyod ter ajralishining yana bir sababi gipergidroz bo’lishi mumkin.

Gormonal muvozanatining buzilishi, masalan, testosteronning ortib ketishi. Buyrak o’z vazifasini bajara olmaganda ham organizmdagi suyuqlik ter orqali chiqib ketishga urinadi, natijada odatdagidan ko’proq terlash kuzatiladi. Qandli diabet. Tomirlarning varikoz kengayishi.

O’smirlarda biroz farqli

Avvallari farzandinizda uchratmagan bu noxushlikni o’smirlik davriga kelib seza boshladingizmi? Agar noxush hid kuchli ter ajralishi bilan kechayotgan bo’lsa, bu gormonal o’zgarishdan darak berishi mumkin. Endokrinolog qabuliga yozilsangiz, muammoning echimi tomon birinchi qadamni qo’ygan bo’lasiz. Davosi bor! Modomiki, sizni bu savol o’ylantirayotan ekan, oyoqlarni kuniga ikki bor yuvib, qurutish haqida ortiqcha gapirib o’tirmasak ham bo’ladi.

2 osh qoshiq qora choyni bir litr qaynoq suvda 15 daqiqa davomida damlang. So’ngra ustiga ikki litr qaynab sovugan suv solib, oyoqlarni vanna qiling. Bu usul bilan bakteriyalarga qirg’in keltirib, terlash jarayonini sekinlashtirgan bo’lasiz. 1 litrsuvga 1 osh qoshiq miqdorida 9 foizli sirka va bir necha tomchi efir moylaridan, masalan, lavanda yog’idan solib, vanna qilsangiz, noxushlikdan oson xalos bo’lasiz. E’tibor bering, bunday vannalarda oyoqni 15 daqiqadan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi.

Oshxonamizdagi yordamchimiz osh tuzi ham bakteriyalarning «urug’ini qurutuvchi» antiseptik hisoblangani uchun undan vannalar qilish juda foydali. Ammo oyoq kaftida mayda chaqalari bo’lsa, bu usuldan foydalanmang. Sizga biroz noodatiy tuyulsa-da, xuddi shu maqsadda foydalaniladigan dezodarant va antipersperanlardan yuvilgan oyoqlarga sepish ham samara beradi.

Poyabzalni tozalashni unutmang! Noxush ter isi uzoq vaqt kiyilgan poyabzalga o’tirib qolishi tabiiy. Bundan qutilishni istasangiz, dokani vodorod peroksidi bilan xo’llab, poyabzal ichini artib chiqing. Tinib-tinchimagan ishlab chiqaruvchilar ham maxsus ultrabinafsha nurlar yordamida poyabzalni qurutuvchi moslamalarni taklif qilishayapti.

Zamonaviy usullar

Ter ajralishi muammolarini hal etishda ionoforez usuli yaxshi foyda beradi. Ter bezlari natriy, kaliy va xlor ionlari ta’sirida o’z faoliyatini tiklashi isbotlangan. Bemor oyoqlarini suvli vannaga solib o’tiradi, suvdan esa ma’lum miqdorda elektr toki yuboriladi, natijada 5-10 muolajadan keyin muammo hal bo’ladi.

Bu usul organizmga zarar etkazmaydi, faqatgina bemor engil achishishni tuyishi mumkin. Kosmetologiyada qo’llaniladigan botoks inektsiyasi ham oyoq terlashini kamaytirish xususiyatiga ega. U ter beziga nerv impulslari etib borishida to’sqinliq qilgani bois terlashni kamaytiradi. Faqat muaolajani har 6-8 oyda takrorlab turishga to’g’ri keladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar