Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.04.2016

Kema kapitanimisiz yoki yo’lovchi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 252
Kema kapitanimisiz yoki yo’lovchi?

Biznesda muhim xususiyatlardan biri – boshqaruvchilik qobiliyati. Agar boylikni bir dengiz deb bilsangiz, unda muvaffaqqiyatli sayohat qilmoq uchun siz albatta kema kapitani bo’lishingiz kerak.

Ammo, bu qo’lingizdan keladimi? Zarur o’rinda tadbirkorlik, qat’iyat va uddaburonlik ko’rsata olasizmi? Orqangizdan odamlarni ergashtirishni eplaysizmi? Quyida taklif etayotganimiz 15 savolga javob bering va ballarni hisoblab, ta’rifni o’qib ko’ring.

1. Hayotimda ro’y beradigan har bir hodisaga o’zim javobgarman.

Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball

2. Agar ba’zilar menga nisbatan munosabatini o’zgartirganda edi, hayotimda shuncha muammo bo’lmas edi.

Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball

3. Muvaffaqqiyatsizliklarim haqida o’ylab o’tirishni emas, harakat qilishni yoqtiraman.

Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball

4. Ba’zan «omadsiz yulduz” ostida tug’ilganday bo’laman.

Ha – 0 ball

Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball

5. Ichkilikbozni ko’rganda, hammasiga o’zi aybdor deb o’ylayman.

Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball

6. Ba’zan hozirgi ahvolimga boshqalar sababchi, deb o’ylayman.

Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball

7. Agar shamollab qolsam, shifokorga yugurmasdan, o’zim davolanaman.

Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bimayman – 5 ball

8. Ayollarning ko’pchilikka yoqmaydigan maydagap va injiqligiga ularning o’zi emas, atrofdagilar aybdor, deb bilaman.

Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball

9. Har qanday muammoni hal qilish mumkin, har qanday hayotiy qiyinchilikka uchraganlarni tushunmayman.

Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball

10. Menga bir zamonlar berilgan yordamdan hamon minnatdorligim uchun o’zim ham boshqalarga yordam berishni xush ko’raman.

Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 abll

11. Biror zoddiyat tug’ilib qolgudek bo’lsa ayb izlashni o’zimdan boshlayman.

Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball

12. Agar yo’limni qora mushuk kesib o’tsa, ko’chaning boshqa yuziga o’taman.

Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball

13. Inson vaziyatdan qat’iy nazar, kuchli va mustaqil bo’lishi shart deb hisoblayman.

Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball

14. O’zimning ayblarimni bilaman, ammo atrofdagilar bunga e’tibor bermasliklarini istayman.

Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball

15. Yuz bergan vaziyatga, agar uni o’zgartirishga ko’zim yetmasa, moslashaman.

Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball

49 ballgacha – Siz hayot kemasida yo’lovchisiz. Ro’y bergan hodisalarning hammasida boshqalarni aybdor qilasiz. Chin mustaqillik siz uchun yetib bo’lmas cho’qqi. Ammo, boshqalar bilan chiqishib keta olasiz.

50-90 ball – Siz kemani bemalol boshqara olasiz, ammo zarur paytda rulni ishonchli qo’llarga topshira olasiz. Shaxsiy muammolaringiz sabablarini xolis baholaysiz. Mulohaza, g’ayrat va sezgirlik sizning doimiy hamrohingiz. Qanday yo’l tutish lozimligini bilib, mas’uliyatni zimmangizga olishingiz mumkin. Qarashlaringizga xiyonat qilmagan holda, atrofdagilar bilan kengashib yashaysiz.

100-150 ball – Siz – kema kapitanisiz. Atrofingizda sodir bo’lgan har bir hodisaga javobgarman, deb o’ylaysiz. Ko’p narsani o’zingizga olasiz. Qiyinchiliklarni hech kimga ovoza qilmay, boshqa muammolarga aralshtirmay yengasiz. Yo’lingizda payo bo’lgan masalanigina ko’rasiz va uning yechimigina sizni qiziqtiradi. Bu paytda ko’nglingizdan nimalar kechayotgani atrofdagilarga qorong’uligicha qoladi.

Manba: biznestrener.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar