Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.04.2016

PSIXOLOGIYAGA OID HAYRATLANARLI 8 FAKT

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 262
PSIXOLOGIYAGA OID HAYRATLANARLI 8 FAKT

1. Inson tashqi ko`rinishi va uning jinoyatga moyilligi orasida ma’lum darajada bog`liqlik bor. Asosan, jinoyatchilarning oddiy insonlarga nisbatan istarasi sovuq bo`ladi. Istarasi issiq, tashqi ko`rinishi chiroyli bo`lgan insonlar o`rtasida jinoyatga moyillik kam.

2. Erkaklar va ayollar jinoyat sodir bo`lgan paytda ushbu jarayon detallarini turlicha xotirasida saqlab qoladilar.
Misol uchun jinoyatchi ko`chadan ketayotgan odamning sumkasini qo`lidan yulib olib qochsa ayollar uning yuzida nima aks etganini (xavotir, g`azab) yani uning his-tiyg`ularini eslab qoladilar. Erkaklar esa, aksincha jinoyatchining tashqi ko`rinishi(bo`yi, gavdasi, sochlari)ni eslab qolishar ekan.

3. Agar siz o`zingizni qancha og`ir-bosiq tutsangiz atrofingizdagi odamlar sizning rayingizga unchalik qarshi chiqishmaydi. Aksincha, agar o`z nuqtai nazaringizni jon jahdingiz bilan, kuyib-pishib boshqalarga tushuntirmoqchi bo`lsangiz asoslangan va kuchli qarama-qarshilikka duch kelasiz.

4. Do`kon rastalrida baholarni to`g`ri yozib qo`yish ham katta ahamiyatga ega. Misol uchun “Apelsin donasi 0.25 $” degan yozuvni “Apelsin donasi ¼ $” deb almashtirish orqali savdoni ancha jonlantirish mumkin.

5. Kiyim-kechaklar do`konida xaridor ayollar asosan betartib joylashtirilgan polka va veshalkalarga e’tibor berishadi. Ularning nazarida eng qiziq narsalar mana shu yerda joylashganga o`xshab ko`rinadi.

6.Notanish joyda ko`pchilik odamlar o`zlari bilmagan holda o`ngga burilishadi. Shuning uchun tiqilinchda qolmay yoki navbatda turib qolmay desangiz chapga qarab yuring yoki navbatda turganlarning chap qatoriga o`ting.

7. Qora rangdagi forma kiyib olgan jamoalar hakam tomonidan ko`proq jazolanadilar. Bu MXL va MFL larning ko`pyillik statistikalari asosida tasdiqlangan.

8. Yaxshi baholar yomon baholarga nisbatan esda yaxshi qoladi. “A’lo” (5) baho 89% hollarda esda saqlab qolinadi, “Qoniqarli” (3) baho esa 29% hollarda esda qoladi. Shuning uchun ko`pchilik odamlar o`zlarining yoshlikdagi yomon baholarini eslay olmaydilar va yaxshi o`qiganliklarini eslab yurishadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar