Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.04.2016

Plastik operatsiyasiz ham go‘zal chehraga ega bo‘lish mumkinmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 660
Plastik operatsiyasiz ham go‘zal chehraga ega bo‘lish mumkinmi?

Yuqorida berilgan savolga Gooper.uz «Ha!» deb javob beradi. Qanday qilib bunga erishishni bilishni hoxlaysizmi? Unda davomini o’qing.

Feysbilding (inglizcha «face» — chehra va «building» — qurilish so’zlaridan tashkil topgan) — maxsus gimnastika bo’lib, u yuzni massajchilar, plastik jarrohlar va kosmetologlarning yordamisiz taranglashtirish imkonini beradi…

Ushbu metod muallifi ingliz ayoli Kerol Madjio o’z tajribasida mazkur metodikaning samarali ekanini namoyish eta oldi. Uning «Yuz terisi va mushaklari uchun aerobika» bestsellerida taqdim etilgan 36 va 56 yoshdagi fotosuratlari buning yaqqol isbotidir. Xo’sh, feysbildingning siri nimada?

«Yuz 57 ta mushakdan iborat bo’lib, ular tana mushaklari kabi yuklamaga ehtiyoj sezadi, — deydi tibbiyot fanlari doktori, Plastik jarrohliq va kosmetologiya institutining dermatojarrohlik bo’limi mudiri Anna Stenko. — Ammo yuz mushaklari juda kamdan-kam holatlarda ishga tushadi — faqat mimika va chaynash jarayonida. Holbuki, yuz mushaklarining kam harakatlanishi — yoshga doir pstoz (terining solqib qolishi), teri so’lishi va yuz ovalidagi ko’zga tashlanadigan o’zgarishlar, ya’ni chakkalarning osilib qolishi, baqbaqa paydo bo’lishi va og’iz burchaklari osilib qolishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Feysbilding bilan muntazam ravishda shug’ullanish mushak tonusini faollashtiradi (buning hisobiga teri taranglashadi) va qon mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi — natijada yuz silliqlashadi va kishi yoshroq ko’rinadi».

Feysbilding haddan tashqari zo’riqqan mushaklarni bo’shashtirish imkonini beradi, shu tufayli mimik ajinlar (qoshlar o’rtasidagi, burun-lab ajinlari, ko’zlar atrofidagi ajinlar) tekislanadi. Muntazam mashqlar hatto lablar hajmini oshirish imkonini ham beradi. Ammo mashqlardan mo»jizaviy natijalarni kutmang. Yoshroq ko’rinish mumkin, ammo chehrangizni o’z didingizga qarab o’zgartirishning, afsuski, iloji yo’q.

Feysbilding bilan qanday shug’ullanish mumkin?

Har kuni 10-15 daqiqa shug’ullanish kerak. Ilq natijalar atrofdagilar uchun 1,5 oylik muntazam mashqlardan keyin seziladi. Mashqlar bir tizimli bo’lishi lozim — yuz mushaklari tanadagi boshqa muntazam harakatsiz qolgan mushaklar kabi tezda tonusini yo’qotadi.
Feysbilding — o’ziga xos kuch gimnastikasidir. Barcha mashqlar yengil qarshilik orqali bajariladi. Aynan shunisi bilan ular qo’shiqchilar va aktyorlar qo’llaydigan an’anaviy antikulyatsion gimnastikadan farq qiladi. Quyida eng oddiy mashqlarni keltiramiz.

Ko’zlar uchun

O’rta barmoqlaringizni ko’z kosasining tashqi chetiga yengil bosing. Ko’zlaringizni shunday yumingki, barmoqlaringiz mushaklarning qisqarishini his etsin.

Manglay uchun

Barmoqlaringizni manglayga qo’ying: ko’rsatkich barmoqlar — sochlarning o’sish liniyasi yoniga, nomsiz, ya’ni to’rtinchi barmoqlar — qoshlarning ustki liniyasiga. Qoshlaringizni, nomsiz barmoqlar bilan ushlab turgan holda, biroz ko’taring, katta va ko’rsatgich barmoqlar bilan esa, mashqlarni bajarish paytida peshonada burmalar paydo bo’lmasligi uchun manglay terisini oldinga va pastga torting.

Lablar uchun

Lablaringizni qattiq yuming. Lablar burchaklarida paydo bo’lgan burmalarni ko’rsatkich barmoqlaringiz bilan bosing.

Yonoqlar uchun

Ko’rsatkich barmoqlarni jilmaygan paytingizda burmalar hosil bo’ladigan joylarga qo’ying. Lab burchaklarini, barmoqlaringiz bilan biroz bosgan va harakatlarga to’sqinlikqilgan holda, xuddi jilmaygandagi kabi cho’zing.

Iyak uchun

Iyak pastiga mushtlaringizni qo’ying. Qo’llarning qarshiligini yenggan holda, og’zingizni oching.

Bo’yin uchun

Pastki labingizni pastga qarab shunday tortingki, pastki tishlaringiz ko’rinsin. Agar mashqni to’g’ri bajargan bo’lsangiz, bo’yningizda mushaklar bo’rtib chiqadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar