Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.04.2016

Olimlar insoniyat tarixidagi eng qadimiy qotillik izlarini topishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 236
Olimlar insoniyat tarixidagi eng qadimiy qotillik izlarini topishdi

Ispaniya shimolida topilgan odamlar qoldiqlarini o‘rganish jarayonida olimlar ikki jarohati bor bosh suyagini topishdi. Olimlarning fikricha, insonga jarohat qasddan yetkazilgan – bu bundan kamida 430 ming yil avval sodir etilgan jinoyat belgisidir, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Olimlar keltirgan dalillarga ko‘ra, bosh suyakdagi jarohat boshqa bir inson bilan bo‘lgan to‘qnashuv vaqtida orttirilgan. Jarohat ov davomida yoki yiqilib tushish natijasida olingani haqidagi taxminlar o‘zini oqlamadi, chunki har ikkala jarohat ham bir xil bo‘lib, bu holat qurbonning boshiga bir qurol yordamida ikki marta urilganini taxmin qilishga asos bo‘ladi.

“Biz bu inson haqida amalda hech narsa bilmaymiz – uning jinsi ham, hayot tarzi ham noma’lum. Lekin bir narsa aniq: bu odam bosh suyagidagi jarohat shu kungacha ma’lum bo‘lgan qotilliklar orasida eng qadimiysidir”, – deydi tadqiqot hammualliflaridan biri Rolf Kvam Bingemton.

Qayd etishlaricha, bosh suyagi qazishmalar vaqtida topilgan 50dan ortiq qoldiq asosida qayta tiklangan. Suyak zamonaviy inson ajdodi deb hisoblanadigan Geybelberg odamlari turiga mansub.

Ularning qabilalari bundan 800-345 ming yil avval Yevropa huudida umrguzaronlik qilgan. Geydelberg odamlari yog‘och nayzalarda yirik jonivorlarni ovlashgan, biroq ularning go‘shtini xomligicha iste’mol qilishgan – bu tur odamlarning qo‘nalg‘alarida olov izlari topilmagan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar