Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.04.2016

Nega insonlar o’zlarini sevishmaydi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 915
Nega insonlar o’zlarini sevishmaydi?

Ruhiyat. Jamiyatimiz odamlari o’zlarining omadsizliklarida kimnidir ayblashga o’rganib qolishdi. Boshqalar bo’lmasa , unda o’zlarini tinch qo’yishmaydi. Inson o’zining haqiqiy va o’ylab topilgan kamchiliklarini ko’radi, sabablar to’qiydi, ammo muammoni hal etishga u qadar shoshilmaydi. “Men o’zimga shuqadar ishonchsizmanki, ishimda ham mansabimni oshirishmaydi”, “men semizman, shuning uchun meni sevadigan odam yo’q”, ” ínsonlar bilan chiqishib keta olmayman, balki shuning uchun do’stlarim ham yo’qdir”. Umuman olib qaraganimizda, ruhiy mazoxizmzamonaviy odamlarning sevimli mashg’ulotiga aylanib qolgan.

Biz hardoim o’z shartlarini bizga qo’yadigan jamiyatda yashaymiz. Masalan, hechnarsaga qaramasdan ozg’in, sportivqad – qomatga ega bo’lish, yaxshigina ishda ishlash, chiroyli mashinada yurish, chet elga chiqish, shuhrat haqida qayg’urish. Axir baxt va talablar hamma da har xilku! Kimdir shirin narsalarni, kimdir insonlar davrasida bo’lishni, yana kimningdir uchun eng yaxshi xordiq – dalahovlidagi gullar ifori bo’lishi mumkin.

Dadil va realist insonlar esa yuqoridagi “standart”larni eshitib beixtiyor kulgiga beriladilar. O’ziga yetarlicha baho bera olmaydiganlar esa ushbu talablarga qattiq yopishib oladilar.Ular uchun atrofdagilarning e’tibori birinchi o’rinda turadi. Hamma kabi bo’lish – qulay albatta, lekin, o’zligingiz qayoqqa ketdi?!

Ota – ona mehri yetishmasligi.

Nega insonlar o’zlarini sevishmaydi?

Odatda psixik sog’lom ota – onalar farzandlarini jonlaridan ortiq sevadilar. Biroq ularda farzand psixikasiga ta’sir o’tkazuvchi shaxsiy kamchilik va muammolar bo’lishi ehtimoldan holi emas. Masalan, o’ta diqqatli onalar farzandlariga kuniga 100 martadan qo’ng’iroq qilib qayerdaligi, nima bilan bandligini so’rashligi mumkin. Asabiy ota – onalar esa stress va turli og’ir vaziyatlardan chiqib ketish o’rniga farzandlarini tinch qo’yishmaydi. Qonun va ta’qiqlar kayfiyatga qarab kundan – kunga o’zgarib boradi. Balog’at davrida bola ushbu omillarga javoban yig’lashi, achchiqlanishi mumkin, ammo uning ongida “men ota – onam mehriga, muhabbatiga loyiq emasman” deganfikr uyg’onishi hech gap emas. Xuddi mana shundan keyin o’zini sevmaslik “kasal”I boshlanadi.

Qanday qilib o’zini sevish mumkin?

Nega insonlar o’zlarini sevishmaydi?

Eng avvalo tushunish kerak bo’lgan narsa – ortiqcha o’zini tanqid qilish – normal holat. O’zingizga to’g’ri baho berishni qandaydir mashqlar yordamida sun’iy yo’llar bilan o’rganishga urinmang. Aynan muammo nimadaligini anglab yetish eng muhimi. Aks holda siz boshqalar bilan ishi bo’lmaydigan, faqat o’zi bilan mashg’ul inson – egoistga aylanib qolishingiz hech gap emas.

O’zingizni eshitishni o’rganing.

Agar muammoingiz mukammallikka intilish bo’lsa, eslab qoling, komil, mukammal narsalarning o’zi yo’q. Begonalarning xohish – istaklarini bajarish o’rniga o’zingizni tinglashni o’rganing. O’zingizga qarshi bormaslikka intiling. Barini kichik narsalardan boshlang. Masalan, dugonangiz siz bilan har dam olish kunlari shopingga boorish an’anasi bor. Siz esa, buni unchalik xushlamasligingizni sezdingiz. Siz uchun vaqtingizni uyda yaxshigina kitob mutolaasi bilan o’tkazish yoqimliroq. Bunday vaziyatlarda an’analardan chekingan holda sevimli mashg’ulotingiz bilan mashg’ul bo’ling. Pashshadan fil yasab, “dugonam bilan u istagan joyga bormay unga xiyonat qildim” degan o’y – hayollardan o’zingizni saqlang.

Tashqi ko’rinish bilan bandlik.

Agar tashqiko’rinishingiz “qo’rqinchli” holda bo’lsa, hech kim sizni ichki dunyoingiz qandayligiga qiziqib ko’rmaydi. Bu yo’lda qattiq jonbozlik ko’rsatish ham yaramaydi. Bu sizning asablarnigiz va sog’lig’ingizga jiddiy zarar yetkazadi. Masalan, sevimli sartaroshingizga navbat ko’pligi tufayli bora olmadingiz, tashrifni kechiktiring, yoki boshqa sartaroshga murojaat qiling. Bu har holda asabiylashishdan ko’ra yaxshiroq!

Yoqimli ko’rinishni 5 oddiy prinsiplari mavjud:

  • Toza soch va teri.
  • Qomatingizga yarashadigan ozoda kiyim. Uni qachon sotib olganingiz, eski yo yangiligi muhim emas. Muhimi sizga yarashib, yaxshi tomonlaringizni ochib bera olsin!
  • Yengil, ishonchli qadamlar.
  • Parvarishlangan qo’llar.
  • Soxta emas, haqiqiy o’ziga ishonch xissi.
  • Salbiylikni ijobiylikka o’zgartirish.

    Bir varoq qog’oz olib, uni ikki ustunga ajrating. Birinchi ustunga o’zingizning salbiy tomonlaringizni yozing. Ikkinchisiga esa o’sha salbiy jihatning foydasini yozing.

    Salbiy tomonlar 

    Men judasekinishqilaman.

    Men boshqalar bilan faol muloqotda bo’laolmayman.

    Ijobiy tomonlar

    Biroq men pala – partish, shoshib ish qilmayman. Barchasini o’ylab, shoshmasdan, puxta amalga oshiraman.

    Ammo, insonlarni diqqat bilan eshitib, ularni tushunaolaman.

    Barchada o’zi bilan faxrlanishiga asos bo’la oladigan jihati bo’ladi! Ha, bunga ishoning! Hammada, shuqatori sizda ham!!!

    - deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


    Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar